Yosh
buxoroliklar
|
Young
bukharians
|
Младобухарцы
|
Buxoro jadidlarining so‘l oqimidan tashkil topgan partiya. Taraqqiyparvar va mahalliy burjuaziya vakillarini birlashtirgan. Yosh Buxoroliklar dastlab mavjud feodal tuzumga qarshi demokratik islohotlar o‘tkazish tarafdorlari bo‘lganlar. Amir hokimiyatiga qarshi kurashda muayyan tajriba orttirib, o‘zbek va tojik tillarida jurnallar tashkil etganlar.
|
Yosh xivaliklar
|
Young khivans
|
Младохивинцы
|
Xiva jadidlarining so‘l oqimidan tashkil topgan partiya. O‘z safida savdogarlar, mayda dindorlar va xon xizmatida bo‘lgan Ayrim taraqqiyparvar amaldorlarni birlashtirgan. Uning ilg‘or qismi feodal aristokratiya hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o‘tkazish, ommani ma‘rifatli qilish tarafdori bo‘lgan. Umuman, yosh xivaliklarning maqsadi xon hokimiyatini cheklab, konstitutsiyaviy monarxiyaga o‘tish,amaldorlarga oylik tayinlash tartibini joriy etish,“shariat bo‘yicha tenglik”, ya‘ni burjuaziyaning huquqlarini hukmron sinf bo‘lgan feodallar bilan tenglashtirish edi.
|
GLOSSARIY
10-mavzu bo’yicha
|
Bolsheviklar
|
Bolsheviks
|
Большевики
|
Rossiyada 1903-yil RSDRPning II s’ezdida partiyaning rahbar organlariga o‘tkazilgan saylovlarda V.I. Lenin tarafdorlari ko‘pchilik ovozni olishga muvaffaq bo‘ladilar. Shu vaqtdan boshlab RSDRP tarkibidagi V.I. Lenin tarafdorlari bolsheviklar (ko‘pchilik ma‘nosida), unga muxolif bo‘lgan kuchlar mensheviklar (ozchilik) deb yuritila boshlangan.Partiyaning nomi ham 1917-yil RSDRP dan RSDRP(b) ga o‘zgartiriladi. Bolsheviklar 1917-yil 25-oktabrda Rossiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirib podsho hokimiyatini ag‘dardilar. XX asrning 20-30-yillarida o‘tkazilgan qator ijobiy va salbiy ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qurilish va buzg‘unchiliklar, qatag‘on va repressiyalarni ham aynan ana shu bolsheviklar amalga oshirgan edilar.
|
Harbiy
|
Do'stlaringiz bilan baham: |