Oqmachit
|
Oqmachit
|
Акмечеть
|
Qo‘qon xonligining eng shimolidagi chegara qal‟asi. Hozirgi Qozog‘istonning Qizil-O‘rda shahriga to‘g‘ri keladi. Rossiya qo‘shinlari 1853-yilda Oqmachitni egallashlaridan O‘rta Osiyo xonliklarini istilo qilish jarayoni boshlangan.
|
Otin
|
Otin
|
Атин
|
Eski diniy maktablarda qizlar o‘qituvchisi. Otinlar ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarni o‘tkazishda boshchilik qilib, ularga diniy ta‘limot berib, ulardan tushadigan daromad hisobiga yashaganlar.
|
Protektorat
|
Protektorat
|
Протекторат
|
(lotincha “protektor”–homiy) – mustamlaka mamlakatlar qaramligining bir shakli. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki siyosatda birmuncha mustaqilligini saqlab qolsada, lekin tashqi siyosati va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat o‘rnatgan davlat ixtiyoriga o‘tadi. Masalan: Rossiya imperiyasi Xiva xonligi va Buxoro xonligini o‘ziga qaram qilib olgach, ular ustidan o‘z protektoratini ham o‘rnatgan edi.Xonlarichki siyosatda mustaqil bo‘lsalarda,tashqi siyosiy masalalarni rus imperatori rozi-rizoligi bilan, ular bilan maslahatlashib yuritishga majbur bo‘lganlar.
|
Vassal
|
Vassal
|
Вассал
|
1) Ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada xo‘jayin (senor, feodal)ga qaram bo‘lgan xizmatkor (dehqon).
2) XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida bir davlat tomonidan ikkinchi davlatni siyosiy jihatdan o‘ziga to‘la qaram qilib olib, u yerda o‘z siyosatini yurgizishi vassallik deb atalgan.Masalan: 1868-yilda Rossiya imperiyasi Buxoro Amirligini, 1873-yilda Xiva xonligini bosib olgach, imzolangan shartnomaga ko‘ra bu ikkita xonlik Rossiyaning vassaliga aylantirilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |