O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet133/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Otaliq

Аtaliq

Аталык

otasining o‘rnini bosmoq mazmunini beruvchi mansab. Dastlab Saljuqiylar sulolasi davrida (1038-1194) hukmdor e’tiborini qozongan kishilarga berilgan. Otaliqning vazifasi shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog‘atga yetganlariga qadar boshqarishdan iborat bo‘lgan. Tarixda ba’zi otaliqlar hokimiyatni o‘z qo‘llariga olgan hollari ham bo‘lgan.Chunonchi Ashtarxoniylar sulolasi davrida(1601-1753) Balxda Mahmudbiy otaliq (XVIII asr boshlarida), Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida (1753-1920) Buxoroda Muhammad Raxim otaliq (1753-1758) mana shunday yo‘l bilan hokimiyatni egallagan edilar.

Ponsad

Ponsad

Понсад

O‘rta Osiyo xonliklarida qo‘llanilgan harbiy unvon. Ponsad 500 kishidan iborat otryadga qo‘mondonlik qilgan. Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan mansablar ichida 16-o‘rinda, harbiy unvonlar orasida esa mingboshidan keying o‘rinda turgan.

Qo’rchi

Qorchi

Корчи

Turkiy so‘z bo‘lib, “quroldor, qurolbardor” demakdir (qo‘r - qurol). XVII asrda Buxoro xonlarining boshqa mamlakatlardan keltirilgan qullardan iborat shaxsiy gvardiyasi qo‘rchi deyilgan. Keyingi asrlarda Buxoro amirligida qo‘rchi – o‘q-dori omborlarini qo‘riqlab turgan qorovul bo‘lgan.

Sarkor

Sarkor

Саркор

Qo‘qon xonligida inoq bilan birga xazinaga tushadigan mahsulotni saqlab turish vazifasini bajargan amaldor.


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling