DODHOH
|
DODHOH
|
ДОДХОХ
|
O‘rta Osiyo xonliklarida yuqori martabalardan biri. Buxoro amirligida amir saroyining yuqori lavozimlaridan biri bo‘lib,u Buxorodagi yuqori xizmat doirasidagi 10 toifa (daraja) dagi mansab hisoblangan. Uning vazifasiga amir nomiga yozilgan ariza-shikoyatlarni qabul qilib olish va ularning egalariga yozma yoki og‘zaki javob qaytarish bo‘lgan. Shuningdek u elchilarni qabul qilish, elchilik yumushlarini tashkil etish va xatto shaxsan elchi sifatida boshqa mamlakatlarga borib kelish kabi tadbirlarni ham amalga oshirgani ma’lum.
|
DORUG’A
|
DАRUGA
|
ДАРУГА
|
1) Hokim. Mo‘g‘ullar, temuriylar va Shayboniylar hukmronligi davrida dorug‘alar viloyat, shahar hokimi bo‘lishgan.Ularning zimmasiga viloyat va shaharni idora qilish, mudofaa qilish,aholini ro‘yxatga olish, ulardan soliq undirish vazifalari yuklatilgan.
2) So‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklarida mirshablar boshlig‘i.
|
HOJIB
|
HАJIB
|
ХАДЖИБ
|
Xiva va Qo‘qon xonliklarida darvozabon hojib deb atalgan. Buxoro amirligida esa darvozabon darbon deb yuritilgan.
|
IXROJOT
|
IXRАJАT
|
ИХРАЖАТ
|
Buxoro xonligi (Shayboniylar) davrida davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq.
|
JUL
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |