AVARIZOT
|
AVARIZАT
|
АВАРИЗАТ
|
Urush paytida dehqonlardan va shaharliklardan yig‘ib olinadigan favqulodda soliq.Avarizod ko‘p hollarda pul tarzida undirilgan.
|
AXYA
|
AXYA
|
АХЬЯ
|
Xiva xonligida sug‘oriladigan yerlar.
|
BAKOVUL
|
BAKАVUL
|
БАКАВУЛ
|
Buxoro amirligida saroy oshxonasini boshqaradigan amaldor
|
DARBON
|
DARBON
|
ДАРБАН
|
Buxoro amiri qarorgohi eshigida turuvchi soqchi.
|
DAFTARDOR
|
DAFTARDOR
|
ДАФТАРДОР
|
Qo‘qon xonligida xonning shaxsiy daromadi hisob kitobini olib boruvchi amaldor. Daftardor xazinachiga axborot berib turgan.
|
DAHYAK
|
DAHYAK
|
ДАХЬЯК
|
(forscha “o‘ndan bir”) – 1) Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa, mullavachchalariga beriladigan qismi. Davlat yerlariga qo‘shib olingan yerlardan ham dahyak ajratilgan. Dahyak olishlari uchun madrasa talabalari arab tili va shariat Qoidalaridan imtihon topshirishlari lozim bo‘lgan.
2) Xiva xonligida soliq turi,ushr. Dahyak chig‘ir bilan sug‘oriladigan yerlarda hosilning 1/10, ariq bilan sug‘oriladigan yerlarda 1/5 qismini tashkil qilgan.
|
|