JUL
|
ЖУЛ
|
Buxoro amirligida urush uchunolinadigan soliq turi.
|
KAFSAN
|
KAFSAN
|
КАФСАН
|
xon otlarining yem-xashagi uchun aholidan olinadigan soliq.
|
KORANDA
|
KORANDA
|
КОРАНДА
|
Qo‘qon xonligida hosilning yarmini olish uchun yollanib ishlovchi dehqonlar.
|
MEHTAR
|
MEHTAR
|
МЕХТАР
|
1) forscha “ulug‘”, “katta” degan ma‘noni anglatib, xon va podshohga tegishli biron kichik muassasa, korxona boshlig‘i. Masalan: mehtari kutubxona, mehtari to‘shakxona.
2) O‘rta asrlarda saroy sozandalarining boshlig‘i, yetakchi sozanda.Temuriylar zamonida mehtarlar nog‘orachilardan keyinchalik surnaychilardan tayinlangan.
3) Buxoro amirligida zakotchilar boshlig‘i. Qo‘qon va Xiva xonliklarida davlat xizmatchisi.
|
Miroxur
|
Mirаxur
|
Мирахур
|
Buxoro amirligida yuqori bosqichdagi 6-darajalimansabbo‘lib, oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov va ularning ta‘minoti bilan shug‘ullangan. Miroxur dasturxonchi va parvonachidan keyingi mansabdor shaxs hisoblangan.
|
Munshi
|
Munshi
|
Мунши
|
O‘rta Osiyo xonliklari davrida xonlar va ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi.Munshi lavozimiga odatda, ma’lumotli va chiroyli yozadigan kishilargina olingan.
|
|