Suverenitet
|
Sovereignty
|
Суверенитет
|
(fransuzcha “souverainite”–oliy hokimiyat) – quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
1) Davlat suvereniteti – hozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va tashqi siyosatidagi to‘la mustaqilligi sifatida talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidada davlat suvereniteti masalasiga alohida bob ajratilgan bo‘lib, uning 1-moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” deyilgan.
2) Xalq suvereniteti – xalqning davlatni boshqarishdagi to‘la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq boshqaruvi ma‘nolarini anglatadi.
|
GLOSSARIY 13-mavzu bo’yicha
|
Auksion
|
Auction
|
Аукцион
|
Maxsus kimoshdi savdo bozori, tovarlarni talabgor xaridorlarga sotish usuli. Auksion savdo tovarlarining nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha o‘tkaziladi.Xaridorlar savdo boshlanguniga qadar auksion omborlariga qo‘yilgan tovar va uning namunasi lot) bilan tanishadilar. Xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgani tovarni sotib oladi. Har qanday auksionlarning umumiy sharti –sotuvchi namoyishga qo‘yilgan tovarlar sifatiga mas’ul hisoblanmaydi.
|
Grant
|
Grant
|
Грант
|
ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishda davlat tomonidan moliyalashtiriladigan buyurtma.
|
Dehqon
(fermer)
xo’jaligi
|
Farming
|
Фермерство
|
oila a‘zolarining shaxsiy mehnati asosida, umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer maydonida qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiradigan va uni realizatsiya qiladigan oilaviy tovar xo‘jaligi. Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi.Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi a‘zolarining qaroriga binoan; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
|
|