Ikki palatali
parlament
|
Parliament
of two houses
|
Двухпалатный
парламент
|
Umummilliy vakillik muassasasi – parlamentning tuzilishi. Bunda parlament odatda xar xil tarzda shakllantiriladigan va turli vakolatlarga ega bo‘lgan ikkita palatadan iborat bo‘ladi. Ikki palatali parlament hozirgi vaqtda federativ davlatlarda ham, unitary davlatlarda ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi doimo aholi tomonidan bevosita saylanadi.Yuqori palata turli mamlakatlarda turli usulda shakllantiriladi.U ba’zi mamlakatlarda bevosita saylov yoki bilvosita saylov orqali shakllantirilsa, ba‘zan meros bo‘yicha shakllantiriladi, yohud ularning a‘zolarini davlat rahbari taynlaydi.Bir qator holatlarda yuqori palata aralash usulda shakllantiriladi: a‘zolarining bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi. Ba’zi mamlakatlarda quyi palatadan farqli ravishda yuqori palata uchun vakolatlar muddati belgilanmagan, ularning tarkibi qismlab yangilanadi.2002-yil 27-yanvarda O‘zbekistonda ikki Palatali parlament tizimiga o‘tish bo‘yicha umumxalq so‘rovi referendum o‘tkazildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 93 foizi ikki palatali parlament tizimini joriy qilishni yoqlab ovoz berdi. 2004-yil 26-dekabrda Oliy Majlisning Quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar, 2005-yil 17-20- yanvarda esa Oliy Majlis yuqori palatasi – Senatga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2005-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston ikki palatali parlament tizimiga o‘tdi.
|
Ijroiya
hokimiyati
|
Executive
power
|
Исполнительная
власть
|
Hokimiyatlarning bo‘linishi tamoyiliga ko‘ra, davlatdagi mustaqil ommaviy hokimiyatlardan biri. O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Vazirlar Kengashi va tuman (shahar) hokimliklari ijroiya hokimiyati organlari hisoblanadi.
|
“Mustaqillik
|
Do'stlaringiz bilan baham: |