O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet151/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Xalqaro
Valyuta Fondi

International
Monetary
Bank

Международ
ный
валютный
банк

1944-yil Bretton-Vuds (AQSH)da o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada tashkil etilgan. BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti maqomiga ega. Qarorgohi Vashington shahrida joylashgan. Uning asosiy maqsadi a‘zo davlatlar valyuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish, a‘zo davlatlar valyuta kursini, to‘lov balansini qo‘llab-quvvatlash,ularga qisqa muddatli va o‘rta muddatli qarzlar berish kabilardan iborat. 1991-yilga kelib unga a‘zo mamlakatlar soni 153 ta bo‘lib, kapitali 120 mlrd. dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1992-yil 21-oktabrda a‘zo bo‘lgan.

YUNIDO

UNIDO

ЮНИДО

BMTning sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti. Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1946-yilda tashkil etilgan. 1995-yilda 166 ta davlat a‘zo bo‘lgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1994-yil aprelda a‘zo bo‘lib kirgan.

SHHT

SCO

ШОС

(Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) tinchlik,havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. 2006-yildan oltita davlatni (Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) o‘z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992-yildan Xitoy bilan chegaradosh beshta Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining o‘zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishdan boshlandi. 1996-yil Shanxayda,1998-yilda Almatida, 1999-yilda Bishkekda o‘tkazilgan besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib hal etishga qaratildi. 2000-yil iyulida Dushanba sammitida sifatida qatnashdi. 2001-yil 15-iyunda SHHTga oltinchi a‘zo bo‘lib O‘zbekiston qo‘shildi. 2003-yil 28-29-mayda Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, 2003-yil Sentabrida Pekinda “SHHTga a‘zo Davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qabul qilindi. 2004-yil iyunidan tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005-yil iyulida Ostona sammitida Eron, Pokiston va Hindiston, kuzatuvchi maqomidagi Mongoliyaga qo‘shildilar.




Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling