O’zbekiston Respublikasi hududidagi tarixiy-me’moriy yodgorliklar soni
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 294 ta arxeologiya, 26 ta me’moriy, 39 ta monumental san’at yodgorligi, Qashqadaryo viloyatida 602 ta arxeologiya, 192 ta me’moriy va shaharsozlik yodgorligi, Samarqand viloyatida 1452 ta arxeologik, 291 ta me’moriy va 185 ta monumental-haykaltaroshlik yodgorligi, Buxoro viloyatida 997 ta tarixiy yodgorlik, Navoiy viloyatida 30 ga yaqin arxeologiya, 10 dan ziyod me’moriy yodgorlik, Xorazm viloyatida 16 ta arxeologik, 21 ta monumental, 149 ta me’moriy-shaharsozlik yodgorligi, Qoraqalpog’iston Respublikasida 237 ta tarixiy yodgorlik ro’yxatga olingan bo’lib, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 tasi me’morchilik va 67 tasi monumental yodgorlik hisoblanadi. Andijon viloyatida 200 dan oshiq, Namanganda 133, Farg’onada 51, Toshkent viloyatida 700 dan oshiq tarixiy yodgorlik joylashgan. Respublikamiz miqyosida tarixiy yodgorliklarning soni 6 mingdanortiq.
|
2-mavzu tushunchalar tahlili
SIVILIZATSIYA (lot. «civilis» - fuqaro jamiyati, harbiylarsiz va cherkovsiz hayot) jamiyat erishgan moddiy va ma’naviy taraqqiyot darajasi. Faqat insonga xos sun’iy olamni moddiy va ma’naviy jihatdan takomillashuvidagi muvaffaqiyatlari ko’rsatkichi. Insoniyat jamiyatining hayvonot olamidan asosiy farqi shundan iboratki, inson o’z mehnat faoliyati, aql va zakovati bilan yaratgan sun’iy dunyoda yashaydi.
ANTROPOGENEZ (yunoncha «antropos» - odam, «genezis» - rivojlanish) - odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni. Bu jarayon to’g’risida turli fikrlar mavjud. Darvin, Geksli va Gegelь inson oliy darajada taraqqiy etgan odamsimon maymunlardan kelib chiqqan deydilar. Zamonaviy fan antropogenez jarayonining ijtimoiy mehnat nazariyasini tasdiqlamoqda. Insonning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayoni (antropogenez) bir necha bosqichlarga bo’linadi. Antropogenez jarayonining birinchi bosqichi Avtralopitek va Zinjantrop odamlar yashagan davr hisoblanib, bu ibtidoiy odam turlari taxminan 3-2 mln. yil ilgari yashagan. Odam taraqqiyotining ikkinchi bosqichi Pitekantrop va Sinantroplardir. Ular bundan 1 mln.-800 ming yil ilgari yashaganlar.
Avstralopitek, Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop odamlari fanda arxantroplar (eng qadimgi odamlar) deb yuritiladi. Arxantroplarga mansub odam izlari O’zbekiston (Sulung’ur g’ori) dan ham topilgan bo’lib, fanda u Fergantrop (Farg’ona odami) deb aytiladi. Antropogenez jarayonining uchinchi bosqichi Neandertalь odamlariga to’g’ri kelib, ular bundan 100-40 ming yil muqaddam yashashgan. Fanda bu odam turi paleoanroplar (qadimgi odamlar) deb nomlanadi. Neandertallar ibtidoiy odam shakllanishi jarayonining so’nggi bosqichi bo’lib ulardan keyin 40-35 ming yillikka kelib zamonaviy qiyofadagi Kromanьon odamlari (Neontroplar) shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |