Hozirgi kunda tarix so’zi beshta ma’noni ifodalash uchun qo’llanilmoqda:
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot;
O’tmishga oid dalil va hodisalar majmui – o’tmish, kechmish;
Biror voqea-hodisaning izchil taraqqiyot yo’li;
Jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan;
Biror ishning bajarilganligini, biror voqea-hodisaning qachon bo’lib o’tganligini ko’rsatuvchi aniq vaqt, sana.
Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o’tgan taraqqiyot yo’lini, ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanish bosqichlarini, uning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini dunyoga tanitgan buyuk siymolari, davlat arboblari, qatag’on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab milliy, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish tomon borganligini o’rgatadi.
|
«Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutloqo qarshiman. Mustamlakachi qachon qaram bo’lgan xalq haqida xolis va adolatli fikr aytgan! Ular bor kuch-g’ayratilarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar».
I.A.Karimov.
|
METODOLOGIYA (yunon. «methodos» - yo’l, usul, «logos» - ta’limot) - insonning amaliy va nazariy faoliyatini to’g’ri uyushtirish va tuzish to’g’risidagi ta’limot. Boshqacha qilib aytganda 1) ilmiy bilish metodlari va usullari to’g’risidagi ta’limot; 2) inson faoliyatining biron bir sohasiga qo’llaniladigan metod, usullar majmuasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |