O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet168/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

KALTAMINOR MADANIYATI.Qadimgi Xorazm hududidan topilgan bo‘lib, mil. avv. 5-4 ming yilliklarga oiddir. Topilmalar Kaltaminor qabilalarining baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi
HISOR MADANIYATI. Asosan, Hisor-Pomir tog’laridan topilgan. Miloddan avvalgi 5-4 ming yilliklarga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug’ullanganlar
ISHLAB CHIQARUVCHI XO’JALIK. Insoniyatning tabiatdagi tayyor maxsulotlardan foydalinib qolmasdan balki xo’jalik va hayot uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat, xom ashyo va mehnat qurollarini bevosita o’zlari tomonidan yaratishga o’tilgan xo’jalik shakli. Dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik ishlab chiqaruvchi xo’jalik turlaridir. Insoniyat ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakliga asosan mezolit-neolit davridan o’ta boshlagan.
ENEOLIT (lotincha «aeneus» - mis, yunoncha «litos» - tosh) mis-davri. Mehnat qurollari ishlab chiqarishda birinchi marta mis ma’dani qo’llanila boshlangani uchun shunday nom berilgan. Eneolit davri 4-3 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.
Eneolit davridan ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi, sinfiy jamiyatning shakllanish jarayoni boshlangan. SHarqda (Old Osiyo va Mesopotamiyada) dastlabki davlat birlashmalari vujudga kela boshladi, O’rta Osiyoning janubiy hududlari (Turkmaniston)da esa sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati va paxsa, xom g’ishtdan ko’p xonala uylar qurish boshlandi.


ENEOLIT DAVRI

Mil.avv.4-3 ming yilliklar


Dastlabki metall – Misdan foydalanish
Sug’orma dehqonchilik
Dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi
Paxsa va xom g’ishtdan tiklangan ko‘p xonali uylarKulolchilik xumdonlari
Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug’i (matriarxat) ga xos haykalchalari
Rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar
Anov, Nomozgoh, Oltintepa (Turkmaniston)
Qadimgi SHarqda dastlabki davlat birlashmalari (Misr, SHumer, Akkad)

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling