O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Arab istilosiga qarshi xalq xarakatlari


Download 3.87 Mb.
bet176/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Arab istilosiga qarshi xalq xarakatlari
♦ Sug‘diyonada 720-722-yillarda G‘urak va Devashtich boshchiligida.
♦ Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729-yillarda.
♦ Tohariston va Sug‘dda 736-737-yillarda.
♦ Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchi- ligida 747-750-yil larda.
Muqanna qo‘zg‘oloni 776-784-yillarda.
♦ Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni 806-810-yillarda.

Muqanna qo‘zg‘oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asorati- ga qarshi olib borgan kurash ixida alohida o‘rin tutadi. Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu qo‘zg‘olong zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg‘usi va maqsadlarini chuqu hungan, asl ismi Hoshim ibn Hokim, ammo Muqanna (ya’ni, yuziga niqob kiygan ma’noda mi bilan tanilgan shaxs rahnamo bo‘ldi. Muqanna umaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko’rsatgan Abu Muslim qo‘zg‘olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta shaqqatli yo‘lini bosib o‘tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirli ajasiga ko‘tarilgan (757—759). 759-yilda Xuroson Amiri Abdujabborning xalilifaga qarshi qo’zg’olonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769-yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g‘oyalarini o‘ziga og’dirgan taniqli siymo bo‘lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo‘lishi harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko‘ris jarayonlarini ham hisobga olganda 14 yilni o‘z ichiga oladi) sabab bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo‘zg‘olon 776-yilda Marvda boshlangan bo‘lsada, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo‘zg‘oloni davomida Samarqand-u Buxoro, Naqshab-u Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg‘ona vodiysining ko‘p sonli aholisi ham quvvatlab chiqadi. Qo‘zg‘olonning bosh g‘oyasi — muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo‘lga kiritish g‘oyasi bo‘lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi qo‘zg‘olonchilarga ma’naviy madaniy kuch bag‘ishlagan, ularni uzoq vaqt davomida arablarning katta harbiy kuchlari bilan mardonavor kurash olib borishiga sabab bo‘lgan. «Oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug‘ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi.





Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling