O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet177/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Nazorat savollari
♦ Eftaliylar davlatining yuzaga kelishi, hududiy kengayishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
♦ Eftaliylar davrida yerga egalik qilish munosabatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
♦ Eftaliylar davriga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar namu- nalaridan so‘zlab bering.
♦ Mazdakchilar qanday g‘oyalarni ilgari surganlar?
♦ Turk xoqonligiga qachon asos solingan?
♦ Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyo hududidagi davlat bosha- qaruvi tizimi qanday bo‘lgan?
♦ Arabistonda islom dini qanday omillar ta’sirida yuzaga keldi?
♦ Arab istilochilarining O‘rta Osiyoga yurishlari haqida so‘z- lang.
♦ Arab bosqinchilariga qarshi yurtimiz zaminida qanday xalq qo‘zg‘olonlari yuz bergan?
♦ Qur’oni Karim g‘oyalarining hayotiyligi va yashovchanligi- ning boisi nimada, deya olaysiz?


6-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar

Chingizxon. O‘z dovyurakligi, ustomonligi, makkorligi bilan mashhur bo‘lgan Temuchin1155—1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat, mo‘g‘ullarning ko‘p sonli urug‘-qabilalarini, hu bilan birga, ular bilan yonma-yon yashab kelgan ko‘plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, yratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg‘izlar, uyg‘urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo‘ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga soslanganligi bilan ajra- lib turardi. Qo‘shinlarga: o‘n jangchiga bir boshliq o‘n boshi, shuingdek, yuz boshi, ming boshi va tuman boshilar boshchilik qilardi. Tuman, deganda o‘n inglik qo‘shingina emas, balki shu qo‘shin safini doimiy to‘ldirishi kerak bo‘lgan butun bir man, ya’ni besh- o‘n ming o‘tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo‘lgan hudud nazarda tutilardi. ar bir shunday tumanga tayin qilingan tumanboshi faqat o‘n ming jangchining qo‘mondoni o‘libgina qolmay, ayni zamonda o‘z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuvchi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy javobgarlik va fuqarolik ishlari ham to‘laligicha uning tasarrufida bo‘lgan.


Temuchin tumanlarda hokimiyat boshqaruvini o‘zining o‘g‘illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo‘jixon, hig‘atoy, O‘qtoy, Tulixonlar birinchi bo‘lib tuman sohiblari bo‘lganlar. Temuchinning mo‘g‘ullarning ulug‘ xoqoni sifatidagi o‘rni va mavqeyini har jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206-yili poytaxt Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan umum mo‘g‘ul qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo‘ldi. Qurultoyda Temuchin barcha mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni (qooni), deb e’lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yasoq» hujjati (mo‘g‘ullar davlatining asosiy qonunlari majmua- si) ulug‘ xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yasoq» yangi paydo bo‘lgan hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko‘zda tutardi.
Chingizxon ulug‘ xoqon, deb e’lon qilingan birinchi kundayoq o‘zining eng yaqin kishilaridan 95 afarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beridi. Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta’sis etadi va mingta dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shaxsiy gvardiya tuzadi (keyinchalik uning soni 10 ing kishiga yetkaziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo‘l tartib o‘rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o‘z oldiga qo‘ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib berdi.
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo‘shni davlatlar va xonliklarni birin-ketin bosib olishga kirishadi. Agar 1206-yilga qadar bepoyon Gobi sahrosidagi qavm-qabilalar itoatga ettirilgan bo‘l-sa, 1206-1211-yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, oqut, oyrat, qirg‘iz va uyg‘urlar) bo‘ysindiriladi. Mo‘g‘ul sarkardasi Xubiloy Yettisuvning shimoliy hududlarini ishg‘ol etib, bevosita xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi. 1211-yilda uyg‘urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum boshlaydi. 1215-yil oshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg‘ol etiladi. 1217-yilda Xuanxe daryosining himolidagi barcha yerlar mo‘g‘ullar tasarrufiga olinadi. Ayni chog‘da, 1218-yilga kelib g‘arb monda Yettisuv hududining qolgan qismi ham egalla- nib, mo‘g‘ullarga tobe bo‘ladi. ndilikda Chingizxonning bosh maqsadi - xorazmshohlar qo‘shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o‘z qo‘l ostiga kiritish edi.

Bu davrda xorazmshohlar davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g‘oyatda murakkab, iddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan qudratli saltanat tarzida ko‘rinsa-da, uning ukmdori Muhammad Xorazmshoh o‘zini «Iskandari soniy», «xudoning yerdagi soyasi», deb bilsa-da, haqiqatda esa xorazmshohlar sulolasi ichdan yemirilishga, tanazzulga yuz tutgan edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan iborat ufuzli siyosiy kuchlar doimiy muxolifatchilik munosabatida bo‘lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan isoblashmay, o‘zboshimchalik qilar, xalqqa haddan ziyod jabr-zulm o‘tkazardi. Uchinchidan, alqning hokimiyatdan noroziligi ko‘plab g‘alayonlarni keltirib chiqarmoqda edi. Bunday qaltis aziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora zaiflashtirayotgan edi.


Chingizxon qo‘shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan to‘liq xabardor edi. U Xorazm avlatidan Mo‘g‘ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o‘z josuslik ahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, usuf O‘troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois, Chingizxon va uning o‘rdasi orazmshohlar davlatida kechayotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan abardor edi. 1218-yili Chingizxon amiri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyada qim- matbaho ovg‘alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan orat 450 kishilik karvon yuboriladi. Karvon O‘trorga keladi. O‘tror hokimi Inolchiq (G‘oyr-on) karvon ahlining mo‘g‘ul josuslari ekanini fahmlab, Xorazm- shohning maxsus farmonini utmay, uni yo‘q qilishga buyruq bera- di. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, qirg‘in qilinadi. hingizxon uchun endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati yetgan edi. Bu vaqtga kelib hingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 200 ming kishilik jangovar qo‘shin tayyor holga eltirib qo‘yilgandi.
Chingizxon qo‘shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganligini Muhammad orazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar bo‘rish, shaharlarning mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, qo‘shinlar safini ko‘paytirish arakatida bo‘ldi. Biroq, asosiy harbiy strategik masalalarda u o‘ta nodonlik va kaltabinlik qiladi. o‘zining sarkarda o‘g‘li Jaloliddin, Xo‘jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to‘plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to‘g‘risidagi to‘g‘ri, dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o‘z o‘shinlarini turli shaharlarda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat xato taktikani ma’qul ko‘rdi. 1219-yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo‘shinlari mamlakatga bostirib kira oshlagach, Xorazmshoh mamlakat taqdirini o‘z holiga tashlab, yaqin xesh-u aqrabolari bilan nubga tomon siljishni ma’qul ko‘rdi. Bunday holat tez orada butun mamlakatni fojiali qibatlarga olib keldi.
Mo‘g‘ullarning birinchi hujumiga duchor bo‘lgan hudud O‘tror bo‘ldi. Chingizxon va ning lashkarining o‘trorliklardan alohida qasdi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni xuddi shu yerda saranjom qilinganligi ularning yodidan ko‘tarilmagandi. Chig‘atoy va O‘qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal’alariga bosqin uyushtirgan kezlarda o‘trorliklarlarga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G‘oyrxon va Qorachor bahodirlar etakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaa- si 5 ydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to‘xtovsiz davom etdi. Biroq oxir-oqibatda shahar ushman tomonidan egallandi. Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida ta’kidlangani- dek: «.. O‘trorning butun holisini sahroga haydab chiqdilar va qatliom qildilar... O‘tror hisorini qo‘lga kiritib, yer bilan arobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibsga oldilar, ba’zilarni esa qul qilib haydadilar».
Mo‘g‘ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlarida ham ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-yashnagan uxoro, Samarqand, Xo‘jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan behad yovuzliklari misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, Chingiz qo‘shini 1220-yilning fevralida musulmon Sharqining yirik islom markazlaridan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan qarshilik ko‘rsatadi. Bu esa Chingizxonni darg‘azab etadi. Natijada, u shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg‘in qilishga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. Mo‘g‘ullar ondirilgan, kuli ko‘kka sovurilgan shaharni egallagach, ko‘ngillariga kelgan noma’qulchiliklarni malga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi
Chingizxon qo‘shinlari 1220-yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri Samarqandni qo‘lga kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo‘lladilar. Atrof joylarni ldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan ajratishga harakat qiladi. Boshqa bahodirlar o‘shinidan qo‘shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan so‘ng Chingizxon qo‘shini haharga yorib kirishga va uni butunlay o‘ziga bo‘ysundirishga erishadi.Chingizxon o‘z hukmronligining so‘nggi davrlariga kelib, 1224- yilda u o‘z qo‘l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o‘rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan G‘arbga tomon to «mo‘g‘ullar otining tuyog‘i yetgan joygacha» bo‘lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoli-g‘arbiy qismlari to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jiga, sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr yerlari uning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga berildi. Uchinchi o‘g‘li Q‘qtoyga esa G‘arbiy Mo‘g‘uliston va Tarbag‘atov yerlari ajratildi. Kenja o g‘il a voris Tuliga Mo‘g‘uliston, Xitoy va Qirg‘iziston yerlari meros qilib berildi. Keyinchalik, Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin O‘rdaga asos solgan nabirasi Botuxon hukmronligi davrida (1227-1256) Movarounnahrning qator hududlari ham uning ta’sirida bo‘lgan.

♦ Mo‘g‘ul zodagonlarining yurtda qilgan o‘zboshimcha xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.


♦ O‘lkada nisbiy tinchlik, yaratuvchilik jarayoni hukm surdi.
♦ 1271-yilda o‘tkazilgan pul islohoti va bir xil vazndagi sof kumush tangalarning zarb etilishi o‘lkaning iqtisodiy- moliyaviy ahvolini, savdo-tijorat ishlarining ancha yaxshi- lanishiga turtki berdi.
♦ Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Farg‘ona shahar- larining yangidan tiklanishi, ularning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatidagi mavqeyi ko‘tarildi.
♦ Islom dini va uning peshvolari nufuzi tiklandi. Islom- ning Movarounnahrning rasmiy dini sifatidagi mavqeyi ortib bordi.
♦ Mo‘g‘ullar va bir qator turkiy qavm, elatlarning Movarounnahrga kelib o‘troqlashuvi va muqim yashashga mos- lashuvi jarayoni faollashdi.
Nazorat savollari
1.Chingizxon shaxsi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2.Chingizxon 1219-yilgacha qanday hududlarni istilo etgan edi? Xaritada belgilab ko‘rsating.
3.Muhammad Xorazmshoh davlatining ichki ahvoli qanday edi?
4.Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi?
5.Jaloliddin Manguberdning mo‘g‘ullarga qarshi kurashlardagi beqiyos jasorati haqida so‘zlab bering.
6.Jaloliddin Manguberdi yubileyi yurtimizda qachon nishon- langan?
7.Chig‘atoy ulusi qanday vujudga keldi, u qanday tarzda bosh- qarildi?
8.Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni to‘g‘risida tushuncha berin
9.Torobiy qo‘zg‘oloni nima, uchun mag‘lubiyatga uchradi
10. Mas’udbek Movarounnahrda qanday islohotlar o‘tkazdi
11. Kebekxon o‘lkada qanday o‘zgarishlarni amalga oshirdi
12. Nima sababdan XIV asrning 40-60-yillariga kelib Chig‘atoy ulusi iqtisodiy tushkunlik, hududiy parchalanishga yuz tutdi?



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling