O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 3.87 Mb.
bet185/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

10-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


FEVRAL INQILOBI – Rossiyada podsho hokimiyati (samoderjavie)ga barham bergan inqilob. Fevral inqilobi birinchi jahon urushi (1914-1918)dagi harbiy mag‘lubiyatlar va xo‘jalikdagi vayronagarchilik bilan bog‘liq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibatida 1917 yilning 23-27 fevralida ro‘y bergan edi. 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda namoyishlar boshlanib, ularni tarqatish uchun yuborilgan askarlar ham qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib keta boshladilar. 27 fevralda qo‘zg‘olonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egallaydilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat Dumasining Muvaqqat komiteti hukumat tuzdi. Rossiyada monarxiya tuzumiga barham berildi. 1 mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun Rossiyada yangi hokimiyat o‘rnatildi. Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.
SHO‘ROI ISLOMIYA” – Toshkentda Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917 yil 14 martda tuzilib, 1918 yil bahorigacha faoliyat yuritgan (olib borgan). Tashkilotga, dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyinchalik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev raislik qilgan. Tashkilotning tashabbusi bilan 1917 yil aprel oyida Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi o‘tkaziladi. Qurultoyda qabul qilingan tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona g‘oya ostida birlashtirib, Turkistonga muxtoriyat berish uchun kurash vazifasi ilgari surilgan edi. 1917 yilning aprel oyida Turkistonning bir nechta yirik shaharlarida tashkilotning sho‘‘balari tashkil etiladi. Tashkilot ichidagi taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tashkilot safida tarafkashlikni keltirib chiqaradi. 1917 yil iyun oyida tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, yangi jamiyat– “SHo‘ro ulamo”ni tashkil etdilar.
SHO‘ROI ULAMO” – 1917 yil iyunda “SHo‘roi islomiya”dan ajralib chiqqan Turkiston ulamolari jamiyati. Ushbu jamiyat 1918 yil 13 maygacha faoliyat yuritgan. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash aytilgan. Dasturda maishiy turmush va ayollar masalasida konservativ qarashlar ustunlik qilgan. Tashkilotning qator yirik shaharlarida sho‘‘balari tashkil etilgan. Toshkent sho‘‘basiga SHerali Lapin va eng yirik sho‘‘balardan biri Qo‘qon sho‘‘basiga Mulla Ulug‘xon To‘raev raislik qilishgan. Tashkilot 1917 yil iyun – 1918 yil may oylarida “Al-Izoh” (muharrir Abdumalik Xoji AbdunabieB) va “Al-Isloh” (muharriri Abdurahmon Sayyoh, 1917-1918) jurnallarini nashr ettirgan. Ulamochilar orasida ham hokimiyat masalasida turli qarashlar mavjud bo‘lgan.
SHO‘RO (ar. – maslahat, kengash) – 1917 yil oktyabr davlat to‘ntarishidan keyin Turkistonda o‘rnatilgan Sovet hokimiyatining XX asr 20-40-yillaridagi tarixiy va ilmiy adabiyotlarda ishlatilgan nomi. (Sovet hokimiyati – SHo‘ro hokimiyati). Keyinchalik Afg‘oniston va boshqa SHarq mamlakatlari xalqlari ham sovet hokimiyatiga nisbatan bu so‘zni qo‘llagan.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling