O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Xiva xonligidagi soliq va majburiyatlar


Download 3.87 Mb.
bet183/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Xiva xonligidagi soliq va majburiyatlar

1.

Bagar

12 kunlik mehnat majburiyati (hashar ishlari)

2.

Qazu

Aholini kanallarni tozalash ishiga safarbar etish

3.

Abxo‘ra qazu

Kanallarning taqsimlagich tarmog‘ini tozalash ishi

4.

Xachi

Himoya dambalari qurish va mustahkamlash majburiyati

5.

Salg‘ut

Er solig‘i

6.

Alg‘ut

Bir yo‘la to‘lanadigan soliq

7.

Miltiq puli

Aholidan qurol xarid qilishga pul olish

8.

Arava oluv

Aholi aravalarini davlat ishlariga safarbar etish

9.

Uloq tutuv

Aholi otlari va tuyalarini safarbar etish

10.

Qo‘nalg‘a

Amaldorlarga turar-joy berish majburiyati

11.

So‘ysun

Qo‘nalg‘a chog‘ida uy egasiga qarashli chorvani so‘yib mehmondorchilik qilish

12.

CHopar puli

Soliq yig‘ish xabarini etkazganlik uchun haq to‘lash

13.

Torozuyona

Tarozibonga haq to‘lash

14.

Mirobona

Mirob foydasiga yig‘im

15.

Darbozabon puli

Yukni o‘tkazganlik uchun shahar darvozasi qoravuliga to‘lanadigan haq

16.

Otlanuv

Xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish

17.

Quruqbonga

O‘rmonchiga yoki yaylovlar nazoratchiga to‘lanadigan haq

18.

Mushrifona

Hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini belgilovchi amaldorga haq to’lash

19.

Afanak puli

Begar habarini etkazuvchiga to‘lanadigan haq

20.

Chibik puli

Ommaviy ishlardan ozod etilganlik uchun to‘lanadigan haq

21.

Manat puli

Xunarmandlardan olinadigan soliq



Turkiston xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketish sabablari


Ob’ektiv sabablar
1.Buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz-suv yo‘lining ochilishi, Buyuk Ipak yo‘lida savdo - sotiqning to‘xtashi;
2.Janubiy qo‘shni mamlakat Eronda Safaviylar va Xojarlar sulolasi davrida shia mazhabining davlat dini darajasiga aylanashi;
3.Eron shohi Nodirshohning Buxoro va Xivaga istilochilik yurishlari;
4.1747 yilda tashkil topgan Afg‘oniston davlati


Sub’ektiv sabablar
1.So‘nggi uch asr mobaynida shonli o‘tmishga ega mamlakatni birlashtirib boshqara oladigan har tomonlama etuk tarixiy siymo etishib chiqmadi;
2.Xonlar, amirlar, beklar manmanlik, mahalliychilik illatlariga berilib, mamlakat ahvoliga beparvo bo‘ldilar, o‘z manfaatlarini yurt va xalq manfaati- dan ustun qo‘ydilar;
3.Hukmdorlarning atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizli




Buxoro xonliligidagi sulolalar hukmronligi



Shayboniylar sulolasi
(1500 - 1601)

♦ Muhammad Shayboniyxon

1500—1510.

♦ Ko‘chkunchixon

1510—1530.

♦ Abu Saidxon

1530—1533.

Ubaydullaxon

1533—1540.

♦ Abdullaxon I

1540

♦ Abdulazizxon (Buxoroda)

1540—1550.

♦ Abdulatifxon (Samarqandda)

1540—1551.

♦ Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon)

1551—1556.

♦ Pirmihammadxon I

1557—1561.

♦ Iskandarxon

1561—1583.

♦ Abdullaxon II

1583—1598.

♦ Abdulmo‘minxon

1598— (6 oy).

♦ Pirmuhammadxon II

1598—1601.

Ashtarxoniylar
(1601 - 1756)

♦ Boqi Muhammadxon

1601—1605

♦ Vali Muhammadxon

1605—1611 (taxtdan hayd

♦ Imomqulixon

1611—1642

♦ Nodir Muhammadxon

1642—1645 (taxtdan hayd

♦ Abdulazizxon

1645—1680

♦ Subhonqulixon

1680—1702

♦Ubaydullaxon II

1702—1711 (o‘ldiriladi)

♦ Abulfayzxon

1711(o‘1diriladi)

♦ Abdulmo‘minxon (soxta xon)

1747—1751 (o‘ldiriladi)

♦ Ubaydullaxon III (soxta xon)

1751—1754 (o‘ldiriladi)

♦ Sherg‘ozi

1754—1756 (o‘ldiriladi)

♦ xiroj (yerdan olingan hosilning beshdan bir qismi);


♦ zakot (chorvador va savdogarlar uchun molning qiriqdan bir miqdorida);
♦ tamg‘a (hunarmandlar va do‘konlar maxsus soliq to‘lagan);
♦ taxti joy - tagjoy (o‘z mahsulotlarini ijaraga olingan do‘konda sotuvchilar uchun);
♦ juzya (boshqa dinga mansub savdogarlar o‘z mahsulotining beshdan bir qismini to‘lagan);
♦ ixrojot (saroy xarajatlarini ta’minlash uchun yig‘iladigan soliq);
♦ qo‘nalg‘a (elchilar, amaldorlar, choparlarni tekinga mehmon qilish);
♦ tarixiy manbalarda qayd etilishicha, xonliklarda 60 dan 90 gacha turdagi soliqlar undirilgan.


Buxoro amirligidagi mang’itlar sulolasi

Mang’itlar sulolasi
(1756-1758)

♦ Muhammad Rahim

1756—1758

♦ Doniyolbiy (otaliq)

1758—1785

♦ Shohmurod

1785—1800

♦ Haydar

1800—1826

♦ Nasrullo

1827—1860

♦ Muzaffar

1860—1885

♦ Abdulahad

1885—1910

♦ Olimxon

1910—1920



Xiva xonligidagi qo’ng’irotlar sulolasi



Qo’ng’irotlar sulolasi
(1770-1920)

Muhammad Amin Inoq

1770-1790

♦ Avaz Inoq

1790-1804

♦ Eltuzarxon

1804-1806

♦ Muhammad Rahimxon I

1806-1825

♦ Olloqulixon

1825-1842

♦ Rahimqulixon

1842-1845

♦ Muhammad Alimxon

1846-1855

♦ Abdullaxon

1855-1856

♦ Sayid Muhammadxon

1856-1864

♦ Muhammad Rahimxon II

1864-1910

♦ Asfandiyorxon

1910-1918

♦ Sayid Abdullaxon

1918-1920



Qo’qon xonligidagi minglar sulolasi



Minglar sulolasi 1710 - 1876)

Shohruxbiy

1710—1721

♦ Abdurahimbiy

1721—1733

♦ Abdulkarimbiy

1733—1750

♦ Abdurahmon

1750—1751

♦ Erdonabiy

1751—1752

♦ Bobobek

1752—1753

♦ Erdona (ikkinchi marta)

1753—1766

♦ Sulaymon

1766

♦ Norbo‘tabiy

1766—1801

♦ Olimxon

1801—1810

♦ Umarxon

1810—1822

♦ Muhammad Alixon

1822—1841

♦ Sheralixon

1842—1845

♦ Murodxon

1845

♦ Xudoyorxon

1845—1858

♦ Mallaxon

1858—1862

♦ Xudoyorxon (ikkinchi marta)

1863

Sulton Sayyidxon

1863—1865

♦ Xudoyorxon (uchinchi marta)

1865—1875

♦ Nasriddinbek

1875—1876



9-mavzu
Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi bosqichlari
Birinchi bosqich
1847-1864
Ikkinchi bosqich
1865-1868
Uchinchi bosqich
1873-1879
To‘rtinchi bosqich
1880-1885
Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishining birinchi bosqichi (1847-1864 yillar)
♦ 1847-Podsho Rossiyasi tomonidan Raim (Orol) istehkom-qal’asi qurildi
♦ 1850-Qo‘qon xonligining Qo‘shqo‘rg‘on qal’asi bosib olindi
♦ 1851-Qo‘qon xonligiga qarashli To‘ychibek qal’asi vayron etildi
♦ 1853-Perovskiy Oqmachit qal’asini bosib oldi
♦ 1854-Ili vodiysi egallandi, Almati yonida Verniy istehkomi qurildi.1854-Sibir istexkomlari liniyasi tashkil etildi
♦ 1856-Xiva xonligining Xo‘ja Niyoz qal’asi zabt etildi
♦ 1859-Imperator Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olish to‘g‘risida farmon chiqardi
♦ 1860 23 sent - Qo‘qon xonligining YAngiqo‘rg‘on qal’asi zabt etildi
♦ 1860-polkovnik Simmerman Pishpakni egalladi
♦ 1861-Oqsuv, Pishtepa, CHoldevor qal’alari bosib olindi
♦ 1862-CHu orti xududlari, Marki qal’asini bosib olindi
♦ 1863 9 mart - Rossiya hukumati Rus podshosi ishtirokida «Toshkent masalasi»ni ko‘rib chiqdi. Dyugaelga uni harbiy josuslik tomonidan o‘rganish topshirildi
♦ 1863-Oltin Amal dovonini egallandi
♦ 1863-So‘zoq ota qal’asi egallandi
♦ 1864-Pishpek va To‘qmoq bosib olindi
♦ 1864 y. 4 iyun - M.CHernyaev Avliyoota (Jambul)ni egalladi
♦ 1864 12 iyul - Veryovkin Turkistonni bosib oldi


Turkistonni Rossiya tomonidan bosib olinishining ikkinchi bosqichi (1865-1868 yillar)
♦ 1865 y. 29 apr - Niyozbek qal’asi bosib olindi
♦ 22 may - CHernyaev Toshkentga xujum boshladi
♦ 26 iyun - Toshkentning Kamolon darvozasiga xujum boshlandi
♦ 29 iyun - Toshkent taslim bo‘ldi
♦ 12-15 sent - CHirchiqorti xududlarining egallandi
♦ 1865-Rossiya Xitoyning G‘arbiy qismi – Ili o‘lkasini egalladi
♦ 1866 12 yanvar - Rus qo‘shinlari Sirdaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududlarini bosib ola boshlaydi
♦ 21 may - Rossiya qo‘shinlari b-n Amir qo‘shinlari o‘rtasidagi Erjar jangi
-6 iyun - Xo‘jand egallandi
-10-15 okt - O‘ratepa egallandi
-18 okt - Jizzax bosib olindi
♦ 1867 27 may - Polkovnik Abramov qo‘shini YAngiqo‘rg‘onni egalladi
♦ 1868 may - Fon Kaufman b-n Amir qo‘shinlari o‘rtasidagi CHo‘ponota jangi
-14 may - CHor qo‘shinlarining Samarqandga xujumi
-24 may - Urgut egallandi
-31 may - Kattaqo‘rg‘on bosib olindi
-15-21 iyun - amir Muzaffarning Samarqandni qaytarib olish uchun bo‘lgan Zirabuloq jangida mag‘lubiyati
♦ 1868 28 iyun - amir Muzaffar va Kaufman o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Buxoroga 500 ming rubl tovon belgilandi
12 avg - SHaxrisabz egallandi
14 avg - Kitob egallandi



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling