7-mavzu yuzasidan materiallar
AMIR TEMUR Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda dunyoga kelgan. Uning amakisi Hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. 1360-1361 yillarda Tug‘luq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr erlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor hissiyoti kuchli bo‘lgan yosh Temur esa amakisi
SARBADORLAR (f. – «boshini dorga tikkanlar») – XIV asrda Xuroson va Movarounnahrda mo‘g‘ullarga qarshi ko‘tarilgan xalq ozodlik harakati qatnashchilari. Sarbadorlar harakati dastavval Xurosonda boshlandi. Xurosonning g‘arbiy qismida ular mo‘g‘ullar hukmronligini tugatib, mustaqil Sarbadorlar davlatini barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida bo‘lib, 1337 yildan 1381 yilga qadar qariyb 45 yil hukm suradi. 1365 yilda Samarqandda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi sarbadorlar qo‘zg‘oloni bo’lib o’tgan.
♦ XIV asrning 60-yillariga kelib butun Movarounnahr erlarida o‘zaro urushlardan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashib ketgan edi. Mana shunday bir vaqtda, mamlakatda o‘zaro urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda zarur edi. Buni birinchi bo‘lib anglagan Amir Temur 1365-1370 yillar mobaynida Amir Husaynga qarshi kurash olib bordi va 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi.
♦ 1370 yilda Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda Amir Temur Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Temur o‘z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tib, uni Movarounnahrning poytaxtiga aylantiradi. Sohibqiron aniq mulohazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish va uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo‘lgan erda markazlashgan davlat tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan saqlash maqsadida asosini barlos urug‘lari tashkil etgan engilmas va jangovor qo‘shin tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |