Vaqt o’lchov birliklari. Soat, minut, sutka
Download 1.28 Mb.
|
bolalarni vaqtni chamalashga o\'rgatib olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soatning millari nechini ko’rsatmoqda
MAVZU: Bolalarni vaqtni chamalashga o’rgatish vazifalari. Bolalarning vaqt hakidagi tasavvurlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so’zlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini mustaxkamlash. Bolalarni xafta kunlari bilan tanishtirish va xafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o’rgatish. Kecha xaftaning kaysi kuni bo’lganligini , bugun qanaqa kun, ertaga kaysi kun bulishini aniklashni o’rgatish. Bolalarning vakt xakidagi tasavvurlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to’g’ri ketma-ketlikda aytishga o’rgatish. Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o’tkazish kerak. Aniq kun tartibi (qat’iy o’rnatilgan turish vakti, ertalabki badantarbiya, mashgulotlar, ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka kismlari haqida tasavvurlarki shakllantirish uchun real sharoitdir. Soatning millari nechini ko’rsatmoqda?Soatning millari nechini ko’rsatmoqda?1 soat = ? Min25 minutdan keyin nechini ko’rsatadi? 1-soat necha minut? Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog’liq har xil vakt oraliqlari o’rtasidagi munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab utadi, masalan: “Xozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Xozir kunduzi. Kunduzi ota- onalarimiz ishlashadi, biz esa shugullanamiz” Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan sukbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uygonganlaridan keyin), kunduzi nima kilganliklarini gapirib berishni suraydi. Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bagishlangan mashgulotlarda bolaning sutka kakidagi tasavvurlari mustakkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kar bir vakt oraligi uchun xarakterli bulgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar uzlariga ko’rsatiladi va ulardan suraladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda?”, “Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda?” Bolalarni soatlarning turlari va ularning tuzilishi (strelkalari, tsifrblati) bilan tanishtirish. Vaktning eng kichik birliklari soniya va daqiqa xakida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniklikdagi vaktni belgilashga urgatish. Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana bulganligini, ertaga qanday sana bo’lishini aytishga o’rgatish. Xafta kunlari va yil fasllari izchilligi xaqidahi bilimlarni mustaxkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq kildirish. Urta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lugatlarida sutka qismlarining nomlarini mustaxkamlaydi, bolalarning vaqtning bu oraliqlari xaqidagi tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling