O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


EVROPADA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI


Download 3.87 Mb.
bet198/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

EVROPADA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI, EXHT – Xalqaro mintaqaviy tashkilot. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari 1975 yilda Xelsinkida imzolangan YAkunlovchi hujjat, 1990 yilda Parijda qabul qilingan YAngi Evropa uchun Xartiya va unga qo‘shimcha xujjat, 1992 yilda Xelsinkida qabul qilingan “O‘zgarishlar vaqti chaqirig‘i” Deklaratsiyasi hisoblanadi. SHunga muvofiq EXHT ning asosiy faoliyat sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari va erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat.
EXHT tarkibiga geografik jihatdan Vankuver (Kanada)dan Vladivostokkacha bo‘lgan hududda joylashgan 55 mamlakat a’zo bo‘lgan xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi umumevropa tashkilotidir. O‘zbekiston ham ushbu tashkilot bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 1992 yil 18 fevralda O‘zbekiston hukumati nomidan I.A.Karimov Xelsinkida EXHTning YAkunlovchi aktini imzoladi. Xuddi shu yilning 9-10 iyulida EXHTning Xelsinki uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etib, uning ishiga raislik qildi.


EVROPA ITTIFOQI – 1993 yilda Evropa Hamjamiyatlari asosida yuzaga kelgan hamda xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan davlatlararo birlashma. 1991 yilda Maastrixtda (Niderlandiya) Evropa Hamjamiyati a’zolari bo‘lgan 12 ta rahbarlari imzolagan Evropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma 1993 yil 1 noyabrda kuchga kirdi. SHartnoma milliy fuqarolikka qo‘shimcha ravishda EI fuqaroligini ham joriy etdi. 2007 yil 1 yanvarga kelib EI ga Bolgariya va Ruminiya davlatlari 26-27 a’zo bo‘lib kirishdi.
Evropa Ittifoqi quyidagi organlardan iborat: Evropa Kengashi, Evropa Parlamenti (Evroparlament), Evropa Ittifoqi kengashi, Evropa komissiyasi, Evropa sudi.
Evropa Ittifoqining asosiy maqsadi Evropa xalqlarining mustahkam ittifoqini tashkil qilish (2001 yilda Evropa Ittifoqi doirasida yagona valyuta “Evro” muomalaga kiritildi), a’zo davlatlar bilan xavfsizlik masalalarida yagona siyosat olib borishdan iborat.


YUNESKO (United Nations Edicational, Scientifik and Cultural Organisation)– BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 44 davlat vakillari Londonda konferensiyaga yig‘ilib, YUNESKOni ta’sis etuvchi Ustavni qabul qilishlari bilan tashkil topgan. YUNESKOning amaliy faoliyati 1946 yil 20 noyabrdan boshlangan. Qarorgohi Parijda. Tuzilish davrida 28 ta davlat a’zo bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda unga 186 ta davlat a’zo. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 29 oktyabrda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan. YUNESKOning maqsad va vazifalari: ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shish; qonunchilik va adolatlilikka hurmat, irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutdan qat’iy nazar, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishni ta’minlash.
O‘zbekistonda YUNESKO bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning 1000 yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, Amir Temurning 660 yillik tantanalari, shuningdek Buxoro va Xiva shaharlarining 2500, Termizning 2500, SHahrisabz va Qarshining 2700, Samarqandning 2750, Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari keng nishonlandi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling