O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


VKP(b). Vsesoyuzno’y Kommunisticheskiy Partiya (bolshevikoB)


Download 3.87 Mb.
bet91/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

VKP(b). Vsesoyuzno’y Kommunisticheskiy Partiya (bolshevikoB). 1898 yilda V.I.Lenin tomonidan tashkil etilgan RSDRP 1917 yildan RSDRP (b) ga, 1918 yildan RKP (b) ga, 1925 yildan esa bu partiyaning nomi VKP (b) ga o’zgartirilgan. 1952 yildan 1991 yilgacha esa partiya KPSS (Kommunisticheskaya Partiya Sovetskogo Soyuza) deb yuritilgan.
Kompartiya (Komfirqa). Sobiq SHo’rolar davlatida ijtimoiy siyosiy, madaniy, g’oyaviy va mavkuraviy hayotning barcha sohalarini o’z iskanjasiga olgan partiya. Bu partiya 1898-1917 yillarda RSDRP, 1917-1918 yillarda RSDRP (b), 1918-1925 yillarda RKP (b), 1925-1952 yillarda VKP (b), 1952-1991 yillarda KPSS deb qisqartma nomlar bilan yuritilgan
Er-suv islohotlari. O’zbekistonda mustabid sovet (sho’ro)lar hokimiyati o’rnatilgach qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayonida 1925-1929 yillarda o’tkazilgan islohotlar. Yirik dehqon xo’jaliklarining tugatilib, o’rnida mayda dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish va o’ziga to’q xo’jaliklarni g’ayriqonuniy ravishda «quloqlashtirish» bilan xarakterlanadi. Yer suv islohotlari qishloq xo’jaligini zo’ravonlik yo’li bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar hozirladi.
Jamoalashtirish (kollektivlashtirish) -qishloq xo’jaligida mulkdorlar tabaqasini tugatish maqsadida sovet hukumatining 1929-1933 yillarda o’tkazgan siyosati. Unga ko’ra xususiy tadbirkor va o’ziga to’q dehqon xo’jaliklariga qarashli yerlar davlat foydasiga tortib olinib, ularning o’rnida davlat xo’jaliklari (sovxoz) va jamoa xo’jaliklari (kolxozlar) tashkil etildi. Yeri tortib olingan zamindorlar, boy dehqon xo’jaliklari, o’ziga to’q xonadon sohiblari kolxozlashtirishga qarshi chiqishi mumkin deb, ichki ishlar xodimlari tomonidan xalq dushmani deb e’lon qilindilar. «Quloq» qilinganlar Ukraina, Sibir va Qozog’istonning odam yashamaydigan cho’llariga, o’rmonlarga surgun qilindi. «Mehnatkashlar uchun» amalga oshirilgan jamoalashtirishning mamlakat xo’jaligi uchun yutug’idan ko’ra zarari ko’proq bo’lib chiqdi. CHunki bu tadbir o’zbek xalqining yer mulkchiligi bilan bog’liq bir necha ming yillik tarixiy ana’anasiga tamomila zid amaliyot edi. SHuning uchun ham jamoalashtirishga qarshi noroziliklar aksariyat hollarda siyosiy tus ham olgan edi.
«Xujum» harakati. O’tgan asrning 20 yillari oxirida, aniqrog’i 1927 yilning bahoridan boshlangan o’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish (paranji tashlash, erkin kasb tanlash, huquqiy tenglikka erishish) kompaniyasi. «Hujum» harakatini boshlash, eski turmushga hujum qilish, ya’ni o’zbek xotin qizlarini ozodlikka chiqarish uchun zarurat bor edi, biroq bu harakat bolsheviklar tanlagan tezkorlik yo’li bilan emas, asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak edi. Bolsheviklar zo’ravonlik, ma’muriy yo’l bilan bir yo’la 100 ming ayolning paranjisini tashlattirdilar. Lekin partiyaning bu siyosati mahalliy xalqlar o’rtasida (hatto ayollar o’rtasida ham) norozilikni keltirib chiqardi. Endi hujumga qarshi bo’lgan ayollarga nisbatan zulm o’tkazila boshlandi. 1927-28 yillarda bu borada O’zbekistonda 2,5 minglan ortiq faol xotin-qizlar hayotdan ko’z yumishgan ...

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling