O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet92/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

«Inog’omovchilik»-mustabid Sovet davlati jazo organlari tomonidan ataylab to’qib chiqarilgan va 1926-1931 yillarda bir qator milliy rahbar kadrlar va ziyolilarni aybsiz qatag’on qilinishiga sabab bo’lgan bolsheviklar rejimining bo’xtonidir. «Inog’omovchilik»ning «sababchisi» O’z KP (b) MQ Ijroya byurosi a’zoligiga nomzod, O’z KP(b) MQ Matbuot bo’limi mudiri va O’zSSR Maorif xalq komissari Raxim Inog’omov edi.
R.Inog’omov 1926 y. oxirida «O’zbekiston ziyolilari» risolasini matbuotda e’lon qiladi. Unda «1917 yil oktyabrdagi o’zgarish o’zbek xalqi uchun kutilmagan voqea bo’ldi va unga o’zbek mehnatkashlari tayyor emas edi». Oktyabrgacha bo’lgan davrda «... rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni ziyolilar o’ynagan», degan fikrni ilgari suradi. SHuningdek
R.Inog’omov o’zining qator nuto’larida Kompartiya va Markaz tomonidan yuborilgan «nazoratchi» organlarni zo’ravonlikda ayblagan edi.
«Qosimovchilik»-1929-1930 yillarda sovetlar rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag’on qilish maqsadida ataylab uyushtirilgan navbatdagi uydirmasi edi.
1929 yilning ikkinchi yarmida O’zSSR Oliy Sudining raisi Sa’dulla Qosimov qamaladi. Bolsheviklar hukumatining jazo organlari tomonidan «to’qib chiqarilgan» ayblov asosida bu ishga ataylab siyosiy beriladi. «Qosimovchilar» «respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa qilganlikda» ayblanganlar.
Staxanovchilik. SHo’rolar davridagi industirlashtirish jarayonida mehnatkashlarni sanoatlashtirishga kengroq jalb etish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sotsialistik musobaqa. 1935 yil avgustda Donbassdagi «TSentralnaya-Irmino» shaxtasining ko’mir qazuvchisi A.G.Staxanov o’z mehnatini yangicha tashkil etib, bir smenada 102 tonna ko’mir qazidi va o’sha vaqtdagi normani 14 hissa ortig’i bilan bajardi. Bu ko’mir qazishda jahonda misli ko’rilmagan rekord bo’ldi. Uning ketidan boshqa shaxtyorlar va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlovchi mehnatkashlar anashunday zarbdor mehnat samaralarini qayd qila boshladilar. Lekin staxanovchilik harakati bora bora rasmiyatchilikka aylana bordi. Oshirib ko’rsatishlar, qo’shib yozishlar avj oldi. Aksariyat hollarda moddiy boylik yaratuvchilar zo’r berib qilgan mehnatlari samarasidan manfaatdor bo’lmadilar.
Totalitarizm (lot. Totalis –butun, hammasi, to’la)-davlat boshqaruvining g’ayridemokratik shakllaridan biri bo’lib, unda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat hokimiyat organlari to’liq nazorati o’rnatiladi. Siyosiy erkinliklar bo’g’ilib, ommaviy axborot vositalariga tsenzura (davlat nazorati) o’rnatiladi. Erkin fikr ta’qiqlanadi va qatag’on qilinadi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling