О’zbеkistоn rеsрublikаsi оliy tа’lim, fаn va innovatsiyalar vazirligi


Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni bilvosita va bevosita usullari


Download 123.73 Kb.
bet4/6
Sana24.04.2023
Hajmi123.73 Kb.
#1394000
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
REFERR

1.2 Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni bilvosita va bevosita usullari
Hozirgi paytda dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy siyosatni yuritishda yuqoridagi holatlarnii hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimidan samarali foydalanilmoqda va uning tarkibiga kirgan tashkilot va muassasalar faoliyati takomillashtirilmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimning asosiy vazifilari bo’lib quyidugilar hisoblanadi: Respublika milliy manfaatlanga javob bcruvchi va uning jahon hamjamiyntidagi o’rnini ta'minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va amalga joriy etish; • tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini takomillashtirish va yanada erkinlashtish; •mulkchilik ko'rmishining turli shakllaridan qat'iy nazar tashqi iqtisodiy faoliyatnmg barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradoriikni taminlash, ularning foliyati va manfaatlarini himoya qilish; - milliy iqtisodiyotning tarkibiv bo’g’inlarini modernizatsiyalashda tashqi iqtisodiy omillardan oqilona foydalanish. Ushbu vazifalami amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solishda va erkinlashtirishda umumetirof etilgan quyidagi usullardan foydalaniladi: tashqi iqtisodiy faoliyatni tartitga solishning bilvosita va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita (iqtisodiy. ma’muriy, me’yoriy-huquqiy) usullardir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari bo'lib tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlarini, ularning daromadini taqsimlashga. bitim shartlarini bajarishga ta'sir etuvchi, bojxona tariflari va bojlari, turli soliqlar, valyutadan tushgan puldan airatmalar mcyori, xalqaro operatsiyalarni kreditlash va sug'urtalashning foiz stavkalari kabilar hisoblanib u subyektlarning u yoki bu harakati tanlash imkonini beradi. Bojxona bojlari iqtisodiy mazmuni va ko’rinishlari Iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida tashqi iqtisodiy aloqalarning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan tashqi savdo tartibga solinadi Tariflarni o'zgartirish orqali davlat eksport va importni rag’batlantirishi yoki qisqartirishi orqali umumiy ishlab chiqarish va istemol munosabatlariga ta’sir etishi mumkin. Bojxona boji - bu mamlakatga olib kelinayotgan yoki mamlakatdan olib chiqilayotgan tovar (ishlar xizmatlar) larga solinadigan majjburiy soliqdir. Xalqaro amaliyotda bojxona bojlarining turli xillari qo’llanadi va ularni hisoblash yo’llari. Undirish usuliga ko'ra guruhlanishini ko’radigan bo’lsak, mahsulotni bojxona qiymatiga nisbatan foizda belgilanadigan advalor hollar jahonda ko'proq tarqalgan. Shu sababdan ham bojning bu turi qo’llaniladigan mamlakatlarda mahsulotning boj qiymatlari, ya’ni advalor bojlarini hisoblashiga asos bo'lgan mahsulotning bojxona qiymatini (narxini) aniqlash usullarga каtta e’tihor beriladi. Boj qiymati import va eksport qiluvchi, tashuvchi yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan mahsulotlar bayonnomasida ko’rsatiladi va shunga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Ammo ba’zi hollarda bojxona mahsulotining e’lon qilingan narxini tan olmasligi va uni o‘zi mustaqil aniqlashi mumkin. Amaldagi qollanilayotgan usulga qarab mahsulot narxi 20-25 foiz hatto 2 martagacha ko’paytirilishi mumkin. Shuning uchun mahsulot narxini belgilashning muhimligi hisobga olinib, uni belgilash qoidalari tariflar va savdo haqidagi bosh bilimga (GATT) kiritilgan. Tashqi savdoni tartibga solishda o'ziga xos (spetsifik) usuliga ko’ra mahsulotning har bir o‘lchov birligidan (dona, klogramm, metr, metr kub va b.) undiriladi. Bundan tashqari yuqoridagi ikki usulni uyg'unlashgan aralash bojlar ham qo’llaniladi. Bojxona bojlarining ikkinchi guruhi avvalo import bojlari va eksport bojlari hamda tranzit bojlariga ajratiladi. Import bojlar ichki bozorlarga chel el tovarlar oqimini tartibga solish va davlat budjetini to’ldirish maqsadida belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng ko’p miqdordagi hojlarga bo’linadi. Eng kam miqdordagi import bojlar o’zaro qulay sharoitlar tartibini yaratib berishni ko‘zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo'lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnatiladi.Eng ko‘p miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlnr tuzilmagan mamlakatlar mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi. Undan tashqari ko’plab mamlakatlarda imtiyozli bojlar ham qo’llaniladi va bu bojlar asosan rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan o’rnatiladi. Eksport bojlar mamlakatda ushhu mahsulotga talab ko’p bo’lgan holda uning taqchilligini oldini olish maqsadida belgilanadi. Tranzit bojlari mamlakat hududida tovarlarni olib o’tilayotganida bojxona hududida (tovarlardan undiriladigan bojlar hisoblanadi. Bojxona tarifi — aniqlangan belgilariga ko’ra guruhlashtirilgan mahsulotlar (klassifikator) ro‘yxati asosida mahsulotni bojxona chegarasidan olib o’tilayotganda to’lanishi lozim bo'lgan bojxona bojlari haqidagi umumiy ma’lumotdir. Mahsulotni guruhlashlitirishda asosiy belgilar sifatida ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o’simlik dunyosi). qayta ishlash darajasi (hom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar)ni misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy sharoitda jahon savdosida tovarlar klassifikatorlari sifatida BMTning xalqaro savdo klassifikatordan, Bryussel Bojxona Nomenklaturasi nomlagan klassifikatoridan keng foydalaniladi. Bu klassifikatolar mahsulotlarni tariflash va shartli belgilashning uyg’unlashtirilgan tizimi bo’lib, unda olti xonali shartli raqamli belgiga ega bo’lgan mahsulot haqidagi asosiy ma’lumotlar hamda uning mahsulotlar nomenklaturasidagi oqimi ko’rsatilgan. Bojxona tariflari asosan milliy darajada qo'llaniladi va bunda qator vazifalarni bajaradi. 1)Fiskal - davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbayi bo’lib xizmat qiladi: 2) proteksionistik — milliy ishlab chiqaruvchilani chet el raqobatidan himoya qiladi; 3) tartiblovchi, ya’ni ichki mahsulotlar bozorlari (tarkibini muvofiqlashtirish maqsadida mahsulotni chetga chiqishini cheklaydi va mamlakat iqtisodiyotidagi yetakchi tarmoq mahsulotlari eksportini rag’batlantiriladi. Ko‘pgina davlatlar proteksionizm siyosatini iqtisodiyotni tiklanishi sharoitida o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar “sinishi” jamiyatda ishsizlik xavfi tug’iladi. Bojxona tariflari va bojlaridan tashqari tashqi iqtisodiv faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy, egiluvchan usullari sifatida turli soliqlar kcng qo’llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham foydalaniladi. Ko‘pgina mamlakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo‘llaniladi eksport mahsulotini sotishdan tushumlarga soliqlar esa imtiyozlarga ega. Bu eksportni rag‘batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardagi narxlar farqi ko‘p bo‘lganda o’z mahsulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish uchun bir xil sharoitlar yaratish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar o’zining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriyhuquqiy ko’nnishga ega bo’lishi mumkin. Bevosita usullariga liiscnziyalash va kreditlash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisohlanadi. Litseniziyalash - bu tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tadbidir.Tashqi iqtisodiy operatstyalarga mahsulotlar, ishlar va xizmatlar eksporti hamda importi, moliya operatsiyalari o’tkazish, xorijda ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O'zbekistonda litscnziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi, boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. Litsenziyalash ma’lum vaqt davomida umumdavlat maqsadlariga mo’ljallangan mahsulotlar, xizmatlar bilan bitimlar bo’yicha eksportni (importni) chegaralash va nosog’lom raqobatni ogohlantirish chorasi sifatida qo’llaniladi Litsenziyalar - bosh litsenziyalar va bir martalik litsenziyalarga bo’linadi Bosh litsenziyalar markaziy hukumat tomonidan heriladi va o’zida ma’lum mamlakatlarga strategik bo’lmagan, litsenziya hujjatlarini haqiqatda rasmiylashtishni talab qilinadigan mahsulotlar eksportiga rasman ruxsat berishni aks ettiradi. Bir martalik litsenziyalar litsenziya berish huquqiga ega bo’lgan davlat idoralari tomonidan eksport yoki import bo’yicha bari-bir alohida bitimiga ruxsat ko’rinishida beriladi. Moliya operatsiyalarini litsenziyalash davlatga mamlakat ichida valyuta oqimi harakatini tartibga solihs imkonini beradi. Milliy davlat va shunga o’xshash tug’ilmalarga beriladigan ishga joylashtirish litsenziyalari, ularga horijiy sheriklar bilan bilan kelishgan holda xorijga o‘z ishchi kuchini yetkazib berish huquqini beradi.

Download 123.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling