Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) amaliy kimyoning
rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, lekin al
kimyogarlarning temirni oltinga aylantirish yo’nalishidagi
ishlarini asossiz, amalga oshirib bo’lmaydigan jarayon deb
qaragan. Abu Ali ibn Sino bu haqda «Bir xil metallni
ikkinchi bir metallga aylantirish imkoniyati menga tushunarli
emas. Aksincha men buning imkoniyati yo’q deb
hisoblayman, chunki bir metall jismni ikkinchi metall jismga
aylantirishning iloji yo’q. Oddiy jism o’zidan boshqa jismni
ajratmasligi kerak », deb yozgan edi. Shunday qilib, Abu Ali
ibn Sino asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari
paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |