O’zbekiston resrublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston resrublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) o’zining «Minerologiya» deb nomlangan mashhur asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarni rudalarini kovlab olish va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaho toshlarning xossalarini o’rganish, ayniqsa minerallarningsolishtirma massalarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. «Hindiston» deb nomlangan asarida u «rivojlantirish- bir narsaning ikkinchi boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o’zgarishda va rivojlanishda-tabiatning kuchi aynan shundadir» degan muhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o’zining shu asarida «Har bir narsani o’rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarni (elementlarni o’rganishdan boshlanadi)» deb yozgan edi.
Aytilganlar shundan dalolat beradiki o’rta asrda sharq mamlakatlarida xususan O’zberiston Respublikasi xududida kimyiviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo’lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xududida mis (Zarafshon, Istara tog’lari, Soh, Oloy, Navkent, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv atrofida), qo’rg’oshin va kumush (Oltinnopgan, qo’rg’oshin konda), simob (Chovoy, Haydarkon, Laylakda), oltin (Oltinqozg’on, Obirahmatda), qalay (Turkiston tog’larida), temir
(Chirchiq, Sayram,
Shahrisabzda) rudalari topilib, ulardan metall olish yo’lga qo’yilganligini eslatib o’tish yetarlidir. Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunos olimlardan Buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi ishlari bilan olamga mashhurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kеrak.
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayhon Bеruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma'lumotlar to’plami” dеgan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Еvropada ham ma'danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling