- Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻfisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi.
Harbiy sohadagi xamkorlik to`g`risida Muammoga oid fikr va muloxazalar - Tashkilotning xar galgi yigilishida harbiy soha yani havfsizlikning muhim omillaridan bo`lganligi uchun alohida to`xtalib o`tiladi. Chunki bugungi kunda siyosiy , harbiy va mafkuraviy kurashlar jadal kechmoqda , shu sababli ushbu muammolar yuzasidan ularni hal etishga doir fikr muloxazalar va hal etishga doir xar-bir davlat boshkig`i takliflarini bayon etadilar.
Havfsizlikni taminlash yo`lida Har – bir davlatning harbiy jihatdan faoliyati : qurol-yaroq boshqa davlatlar bilan harbiy hamkorlik, yadro quroli kabi masalalar ham kuriladi. Bunda har qanday davlat yashirin ish olib borishi taqiqlanadi. Tashkilot muntazam ular faoliyatidan habardor bulib turadi va nazoratni olib boradi. Transchegaraviy masalalar : Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Transchegaraviy masalalar shunisi bilan harakterlanadiki – bunda bevosita bir qancha chegaradosh davlatlar manfaatlari to`qnashadi. Hech bir davlat o`z manfaatlariga zid faoliyat olib borishni xoxlamaydi. Shu sabali ushbu davlatlar chegaradosh davlatlar bilan har doim ham hisoblashishni yoqtirmaydilar. Ana endi transchegaraviy masalalarni hal etishda bevosita xalqaro tashkiloylarga murojat qilinadi. Xalqaro tashkilotlar esa xalqaro meyorlarga muvofiq hech bir davlatni mafaatlarini suistemil qilmagan holda masalaning yechimini taklif etadi. Shanxay Hamdo`stlik Tashkiloti ham O`rta-Osiyo davlatlari, Rossiy a va Xitoy masalalarini hal etishni bosh maqsad qilib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |