Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston ssr, Oʻzssr
Download 42.96 Kb.
|
tarix 1917-1991 O\'zbekistonSSR
Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati (Rossiya SFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq avtonom viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi. Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17-fevral)da „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan). Oʻzbekiston SSR Butunittifoq sovetlarining 3-sʼyezdida (1925-yil 13-may)da SSRI tarkibiga kiritilgan. 1927-, 1937-, 1978-yillarda Oʻzbekiston SSR konstitutsiyalari qabul qilingan. 1920-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash] Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–1933-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi. Xalqaro xotin-qizlar kunida paranjilarni yoqib yuborish marosimi. Andijon, 1927-yil. Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. 1925–1929-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi, biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini „quloq“ („mushtumzoʻr“) sifatida tugatish siyosatini olib borgan. Download 42.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling