Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston ssr, Oʻzssr


Download 42.96 Kb.
bet3/6
Sana25.10.2023
Hajmi42.96 Kb.
#1718691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarix 1917-1991 O\'zbekistonSSR

1930-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Lotin alifbosida yozilgan oʻzbekcha plakat: „Kolxozlarda mehnat intizomini mustahkamla!“ Toshkent, 1933-yil.
30-yillar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari Oʻzbekiston SSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi. Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937–1938-yillarda „millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish“da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. Fayzulla XoʻjayevAkmal IkromovSulton Segizboyev kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi.
Oʻzbekiston SSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. XX asr oʻzbek adabiyotining arboblari; FitratChoʻlpon va Abdulla Qodiriy va boshqalar otib tashlandi.
1937–1939-yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937–1953-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936–1940-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi.

Download 42.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling