Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston ssr, Oʻzssr
Download 42.96 Kb.
|
tarix 1917-1991 O\'zbekistonSSR
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, OʻzSSR (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) – Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Oʻzbekistoni deb yuritiladi. Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand, 1930-yil oxiridan Toshkent. Tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR kirgan. Respublika 11 oblastga boʻlingan, 156 rayon, 123 shahar, 98 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan[1]. Oʻzbekiston SSRning maydoni 447 400 km² boʻlgan. Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbekiston SSR aholisi 1926-yilda 5 milliondan ortiq boʻlgan, 1989-yilga kelib 20 millionga yetgan. 1989-yilda Oʻzbekiston SSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan. Oʻzbekiston SSR hududi shimol va shimoli-gʻarbda Qozogʻiston SSR, janubi-gʻarbda Turkmaniston SSR, janubi-sharqda Tojikiston SSR, shimoli-sharqda Qirgʻiziston SSR, janubida Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan. Oʻzbekiston SSRda boshqa sovet respublikalaridagi kabi bir necha ommaviy qatagʻon amalga oshirilgan, biroq bunday holatlarga qaramasdan, mamlakatda yuzlab sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borilgan, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va institutlar ochilgan. Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Oʻzbekiston SSR 1990-yilning 20-iyunida suverenitet eʼlon qildi, ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Download 42.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling