XOQ prezidenti Xuan Antoniyo Samaranj tomonidan birinchi prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden.
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan.
O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi (27-rasm).
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi:
olimpiya harakati printsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga ko’maklashadi;
Xalqaro olimpiya qo’mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida O’zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;
Sportchilarni Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo’ravonlikning har qanday shakllari yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashadi;
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrog’i, madhiyasidan,”olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo’lgan haquqlarini O’zbekiston Respublikasi hududida himiya qilish choralarini ta’minlaydi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi o’z vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |