O’zbekiston ta'lim muassasalarida amal qilinayotgan adabiyot õqitish


Download 348.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi348.45 Kb.
#1639928
  1   2
Bog'liq
2 O’zbekiston ta\'lim muassasalarida amal



O’zbekiston ta'lim muassasalarida amal qilinayotgan adabiyot õqitish 
matodlarini xorijdagi õqitish metodlar bilan qiyoslab õrganish
Reja: 
1. O’zbekistonda amal qilayotgan adabiyot o’qitish metodlari 
2. Xorijdagi adabiyot o’qitish metodlari 


Oʻzbek adabiyoti ta‘limi mazmunida uzviylik va uzluksizlikni 
ta‘minlash — murakkab va keng qamrovli muammolardan. Shu bois bu 
borada yanada samarali natijalarni qoʻlga kiritish uchun, avvalo, xorijiy 
tajriba asosida uning ilmiy va metodik asoslarini yaratish lozim. Bugun 
maktablarimizda adabiyot ta‘limida kо'proq shaklga e‘tiborberilayotgani 
kuzatilmoqda. 
Oʻzbek adabiyoti ta‘limida mazmuniy uzviylikni ta‘minlashda 
tabiiyki, oʻquv-uslubiy adabiyotlar, darsliklar sifatini yaxshilash, 
adabiyot fanidan beriladigan bilimlarning bosqichlararo uzluksizligini 
ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, oʻquvchi-
talabalarning yosh xususiyatini ham hisobga olish zarur. Ushbu 
masalaning samarali yechimlari adabiyot fanlarini integrasiyalash va
uzviylikka yordam beradigan oʻqitish turlarini aniqlashda ham aks etadi.
Bugun ta‘limi rivojlangan koʻplab xorijiy mamlakatlarda adabiyot 
oʻqitilish, shu jumladan badiiy asar tahliliga yondashuvlarda bizdan farq 
qiladigan bir qancha jihatlari bor. Ta‘lim standartlari oʻquvchilar 
egallashi lozim boʻlgan kompetensiyalarni belgilaydi. Ulardagi 
kompetensiyalar aniq va obyektiv belgilanib, spiralsimon shaklda 
rivojlanib boradigan kichik kompetensiyalarga boʻlinadi. Masalan, 


oʻquvchi asar syujetining tarkibiy elementlari, (perspektiva, 
retrospektiva, badiiy asardagi stilistik figuralar (metafora, metonimiya 
kabi), ayrim epizodlarning badiiy matn mazmuniga ta‘sirini izohlay 
olish koʻnikmalariga ega boʻladilar. Shuningdek, standartlar oʻquvchida 
badiiy asarni toʻliq oʻqish koʻnikmasini shakllantiradi. Bunda 
oʻqituvchilarga oʻquvchilar oʻqishi uchun tavsiya qilingan mualliflar va 
asarlar roʻyxati beriladi. Oʻqituvchi tavsiya qilingan roʻyxatdagi adiblar 
va asarlarni oʻquvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga 
olgan holda oʻzi tanlaydi. Bunda oʻquv yili davomida oʻtilgan asarlar 
soni muhim rol oʻynamaydi, tanlangan asarlar toʻliq oʻqiladi va badiiy 
matn atroflicha tahlil qilinadi. Qolaversa, koʻplab gʼarbmamlakatlaridagi 
adabiyot darsliklarida ―asar haqida" degan boʻlim berilmaydi, balki 
savol va topshiriqlar vositasida oʻquvchining asarga munosabati 
shakllantiriladi. Savol va topshiriqlarning oʻquvchilarni 
asargaqiziqtirishi, asar mazmunini tushunishga tayyorlashi, badiiy 
matnni tushunish — tahlil qilishga, mustaqil fikrlashga, badiiy asar 
ustida chuqur mushohada yuritishga, adabiyotni san‘atning boshqa 
turlari, boshqa fanlar va oʻquvchi hayoti bilan aloqasini ta‘minlash, 
oʻquvchida ogʼzaki va yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga 
qaratilganligi bilan oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Masalan, Angliya va 


Amerikada nashr qilingan adabiyot darsliklarining deyarli barchasida 
―Think critically (tanqidiy tafakkur), ―Connect to life‖ (asarning 
bugungi kun bilan bogʻiqligi) ―Extend interpretation‖ (Keng koʻlamli 
talqin) kabi qismlar mavjud boʻlib, bularning barchasi oʻquvchining 
tafakkuri rivojiga xizmat qiladigan savol va topshiriqlardan iborat 
boʻladi. Ularda badiiy matn bilan ishlashning muayyan bosqichlari 
(asarni oʻqishdan oldin, oʻqish davomida va oʻqishdan keyin) 
mavjud.Har bir bosqichning оʼz maqsadi va uslublari bor.
Xorijda adabiyot oʻqitilishining bizdan farq qiladigan yana bir 
jihati – adabiyot oʻqitish metodikasida badiiy matn bilan ishlashning 
muayyan bosqichlari (asarni oʻqishdan oldin, оʼqish davomida va 
оʼqishdan keyin) mavjudligi. Har bir bosqichning оʼz maqsadi va 
uslublari bor. Оʼqishdan oldingi mashqlar оʼquvchini asarga qiziqtirish, 
asar mazmunini tushunishga tayyorlashga xizmat qilsa, оʼqish
davomida bajariladigan mashqlar bevosita badiiy matnni tushunish — 
tahlil qilishga qaratiladi. Bunda asar tahlili faqat syujetni qayta 
hikoyalash bilan cheklanmaydi.
Оʼqishdan keyingi mashqlar esa asar ustida chuqur mushohada 
yuritish, adabiyotning, san‘atning boshqa turlari, boshqa fanlar va 


оʼquvchi hayoti bilan aloqasini ta‘minlash, оʼquvchida ogʼzaki va 
yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratiladi.
Оʼzbek adabiyotini оʼqitish metodikasi bugun ―mahalliy‖ 
оʼqitish strategiyalardan оʼqituvchi va оʼquvchining adabiy ta‘lim 
haqidagi fikrlarini tiniqlashtirishga xizmat qiladigan global 
yondashuvlar tomon qadam tashlashi, adabiy matnni qanday оʼrganish 
emas, nima uchun оʼrganish kabi muammolarni masala qilib qоʼyishi va 
badiiy asar mazmunini chuqurroq tushunishga olib borish yоʼllarini 
kashf etishi talab etiladi. Ma‘lumki, badiiy estetik jihatdan san‘at 
darajasiga kоʼtarilgan, chuqur ijtimoiy gʼoyaviy mazmunga ega badiiy 
asarlargina оʼquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va adabiyot haqidagi 
fikrlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu borada оʼzbek adabiyoti 
ta‘limidagi murakkab va keng qamrovli muammolardan biri bоʼlgan 
uzviylik va uzluksizlikni mantiqan tоʼgʼri ta‘minlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Оʼzbek adabiyoti ta‘limida mazmuniy uzviylikni 
ta‘minlashda, tabiiyki, оʼquv-uslubiy jonliroq bоʼlishini ta‘minlaydi. 
Ikkinchidan, ta‘lim bosqichlarida badiiy asar mutolaasiga erkin 
yondashuv shakllanadi. 


Bugungi yoshlar virtual olamda ulgʼayaptilar. Virtual, texnika 
olamining bir qancha ijobiy xislatlari barobarida uning salbiy oqibatlari 
kоʼplab balogʼat yoshidagi farzandlarimizni ―siylab оʼtayotgani ham 
ma‘lum haqiqat. Оʼn yetti, оʼn sakkiz yosh yuqori sinf оʼquvchilari 
ongidagi оʼzgarishlarning eng muhim davri hisoblanadi. Bu davrda ular 
umid va umidsizlik, topish va yоʼqotish, sevgi va nafrat, sadoqat va 
xiyonat, qadriyat, insoniylik kabi masalalar mohiyatini toʻgʻri va 
atroflicha anglashga ehtiyojmand boʻladilar. Kоʼpchiligi esa ―pul 
hamma narsani hal qiladi qabilidgi notoʻgʻri qarashlarga ergashib boshi 
berk kоʼchalarga kirib qoladi. Moddiylik gʼam alamni, gunohni, 
yоʼqotishlarni, umidsizlik bilan bogʼliq muammolarni hal qila 
olmasligini anglashda esa ulardagi hayotiy tajriba yetmaydi. Mana 
shunday davrda ular ongidagi ma‘naviy bоʼshliqni adabiyot tоʼdiradi. 
Adabiyot ularga najot quroli bоʼlib xizmat qiladi. Zotan inson 
huquqlarini ilk bora himoya qilish va ularni zalolatdan qutqarish 
maqsadida nozil bоʼlgan Allohning kalomi QURʼONI karim 
yaratilgandan davrdan boshlab sоʼz san‘ati insoniyatning ogʻir 
kechmishi, qirgʼin va halokatida, unga ozodlik, erkinlik, оʼzlikni anglash 
kabi eng ulugʼ tuygʼularni in‘om etib, muallimlik qilganligi isbotlangan. 


Hayot hech kimga ―qanday qilib‖ degan savolga javob bermaydi, 
shuningdek, inson muammolarining yechimiga kоʼrsatmalar berish 
imkoniga ham ega emas. 
Badiiy asar, jumladan roman, hikoya yoki drama ham bugun 
yoshlarimizni оʼrab olayotgan muuammolarni bartaraf etish imkoniga 
ega emas. Aniqroq qilib aytganda, adabiyot davolash shakli emas, ammo 
оʼrganish vositasidir. Chunki asarlarda savob va gunohlar, hayotiy 
yоʼqotishlar, adolat, yaxshilik, yomonlik va yana bir qancha 
umuminsoniy xususiyatlar aks etgan voqea hodisalar bayon qilinadi. 
Keng doiradagi nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, munosabatlar, 
tushunchalar eshigini ochadiki , badiiy asarda aks etgan voqea hodisalar 
orqali оʼquvchi eng kamida оʼzini taftish etish, tahlil qilish majburiyatini 
his qiladi, hayot haqidagi chalkash tushuchalarning asl mohiyatini 
anglaydi. Оʼzi sevib, ma‘naviy ehtiyoji оʼlaroq mutolaa qilgan badiiy 
asar namunasi va undan olgan xulosalari оʼquvchining hayot haqidagi 
qarashlarini, konsepsiyalarini tartibga solishda, tоʼgʻri tushunchalar 
strategiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar 
orqali оʼquvchi yangi dunyoni kоʼrishni оʼrganadi.
Adabiyot darslarida ―nima uchun bu asarni оʼqishimiz kerak? yoki 
―falon asar оʼrniga falon asarni оʼrgansak bоʼlmaydimi? degan 


savollarni kоʼp eshitamiz.Оʼqituvchining mazkur savolga javobi – 
оʼquvchining notanish badiiy asarga mehr-muhabbatini uygʼotishga 
bоʼlgan dastlabki qadam. Оʼqituvchining savolga munosabati talabalarni 
adabiyotga yaqinlashtirish va ularni badiiy asarga bogʼlashga, qiziqishini 
orttirishga ragʼbat berishi kerak. Zotan adabiyot оʼqituvchisi boshqa fan 
оʼqituvchilariga nisbatan maxsus intizom va tartibga, muayyan kognitiv 
maqsalargaega bоʼladi. Uning eng muhim, fundamental maqsadlaridan 
biri mudom ma‘naviy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishda bоʼlishdan 
iboratdir. Adabiyot оʼqituvchisi bergan ta‘lim ragʼbati yoki Qodiriy, 
Chоʼlpon, Tolstoyni оʼqish jarayonlaridagi ta‘limiy yondashuvlar ularni 
bir kun kelib adabiyot оʼqituvchisi bоʼlish orzulariga katta turtki beradi.
Adabiyot оʼqitish metodikasi ham boshqa fanlar kabi 
оʼzgaruvchan, rivojlanish xususiyatiga ega. Qolaversa, bugun 
zamonaviy оʼzbek adabiyoti shakl va ham mazmun jihatdan rivojlanib, 
sharq va gʼarb tajribasiga asoslangan оʼziga xos badiiyasar namunalari 
yaratilmoqda. Bugungi zamonaviy adabiyot jahoniy tafakkur natijasi 
оʼlar yaratilayotgan ekan, uni оʼrganishda, san‘at darajasidagi jihatlarni 


kashf etishda ham yangicha yondashuvlar, jahon adabiy ta‘limining 
ibratli nazariyalari, ilmiy metodologik qarashlar asosidagi 
yondashuvlaridan foydalanib, adabiyot оʼqitish metodikasini yuqori 
bosqichlarga olib chiqish vaqti keldi, bizningcha. 
Keyingi оʼn yil badalida jahon adabiy ta‘limi maydonlarida 
adabiyot fanlarini оʼqitishning zamonaviy tamoyillari, xalqaro 
strategiyalari, adabiy ta‘limning jahon standartlari darajasidagi ilmiy-
nazariy, ilmiy-metodologik asoslari aks etgan kоʼplab tadqiqotlar 
yaratildi va hanuz yaratilmoqda. Ta‘lim berish (adabiy ta‘lim nazarda 
tutilmoqda) nazariyalarining takomillashi barobarida о„rganishning 
konstruktivizm, bixevorizm, gumanizm kabi yangicha yondashuvlari, 
о„rganish uslublariga xos klassifikasiyalar, badiiy tahlilga kulturologik 
yondashuv, badiy tahlilda metatil tushunchasi, tranzaksiya nazariyasi 
(ayrim manbalarda reseptiv estetika, kitobxon javobi nazariyasi deb 
berilgan) kabi kоʼplab yangi tushunchalar, nazariyalar paydo 
bоʼlyaptiki, milliy metodika yuqoridagi global ta‘lim imkoniyatlaridan 
bebahraAdabiyot оʼqitish metodikasi ham boshqa fanlar kabi 
оʼzgaruvchan, rivojlanish xususiyatiga ega. 


Xulosa 
Qolaversa, bugun zamonaviy оʼzbek adabiyoti shakl va ham mazmun 
jihatdan rivojlanib, sharq va gʼarb tajribasiga asoslangan оʼziga xos 
badiiy asar namunalari yaratilmoqda. Bugungi zamonaviy adabiyot 
jahoniy tafakkur natijasi оʼlaroq yaratilayotgan ekan, uni оʼrganishda, 
san‘at darajasidagi jihatlarni kashf etishda ham yangicha yondashuvlar, 
jahon adabiy ta‘limining ibratli nazariyalari, ilmiy metodologik 
qarashlar asosidagi yondashuvlaridan foydalanib, adabiyot оʼqitish 
metodikasini yuqori bosqichlarga olib chiqish vaqti keldi, bizningcha. 



Download 348.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling