"O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining 1996-1999- yillarga mo’ljallangan faoliyat dasturi" ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi. Вu chora- tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo’nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog’onaga ko’tarishga ko’maklashmoqda. O’zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) instituti xalqaro аmаliyotni o’rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bordi. Oliy Маjlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul qilingan "Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida" gi qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |