O`zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo`li va uning ahamiyati. Reja


Download 33.27 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi33.27 Kb.
#1253825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M 4 mavzu

Birinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Respublika Оliy Kengashi rasman O’zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mаr­kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O’zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hoki­miyatni mustaqil amalga oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi. Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari to­monidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko’ppartiyaviylik va muqobil­lik asosida o’tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi­da shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti­rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Oliy Majlisga say­lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara­katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod­larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun­mohiyatini inobatga оlib ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldilar. To’rtinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish­lamoqda. Deputatlarning ko’pchilik qismi esa oldingi xizmat vazi­falarini deputatlik vakolati bilan qo’shib olib bormoqda. Оliy Majlis deputatlari o’z saylovchilari bilan yaqindan aloqada vа muloqotda bo’lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor beril­mas edi. Deputatlar saylovchilarga Оliy Majlisda qanday qonun­lar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabar­dor qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo’lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bor­moqda. Вu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyosiy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet еl оm­maviy axborot vositalarining O’zbekistonda akkreditatsiya qilin­gan jurnalistlari hozir bo’lmoqdalar. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi­lan aloqalari o’rnatildi va chuqurlashdi. O’zbekiston Milliy par­lament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament As­sambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo’lga qo’yildi. Oliy Majlis 
Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling