O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar


Download 0.87 Mb.
bet26/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.87 Mb.
#1828181
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
7 o\'z tarix test javobi bilan

120 variant
1. O'rta asrlarda hozirgi qaysi shaharning nomi Szindi bo'lgan?
A) Qoraqurum B) Pekin
C) Nankin D) Ulan-Bator
2. Sulton Muhammad Xorazmshoh hukmronligi so'ngida "Davlat kengashi" ta'sis etgan edi. Kengash nechta a'zodan iborat bo'lgan?
A) 6 nafar B) 7 nafar
C) 8 nafar D) 12 nafar
3. Chingizxon Xorazmshohga qarshi qachon yurish boshlagan?
A) 1218-yil kuz B) 1219-yil bahor C) 1219-yil yoz D) 1219-yil kuz
4. Xorazmga qarshi yurish boshlagan Chingizxon ixtiyorida qancha qo'shin bo'lgan?
A) 150 mingdan ortiq
B) 180 mingga yaqin
C) 200 mingga yaqin
D) 200 mingdan ortiq
5. Xorazmga qarshi yurish boshlagan Chingizxon o'z qo'shinini 4 qismga bo'lgan edi. O'tror shahrini qamal qilish kimlarga topshirgan?
A) Chig'atoy va O'qtoyga
B) Aloqno'yon va Sukatu Cho'rbiy
C) Chig'atoy va Jo'ji
D) Jo'ji va Tulu
6. Xorazmga qarshi yurish boshlagan Chingizxon o'z qo'shinini 4 qismga bo'lgan edi. Sirdaryo bo'yida joylashgan Sig'noq, O'zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish kimga topshirilgan?
A) Jo'jiga B) Chig'atoyga C) O'qtoyga D) Tuluga
7. Xorazmshohga qarshi urushda Chingizxon o'z sarkardalari Aloqno'yon va Sukatu Cho'rbiyga qancha qo'shin biriktirgan edi?
A) 4000 B) 5000
C) 10000 D) 15000
8. Xorazmga qarshi yurish boshlagan Chingizxon o'z qo'shinini 4 qismga bo'lgan edi. Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan Banokat va Xo'jand shaharlarini bosib olish kimga topshirilgan edi?
A) Chig'atoy va O'qtoyga
B) Aloqno'yon va Sukatu Cho'rbiy
C) Chig'atoy va Jo'ji
D) Jo'ji va Tulu
9. Xorazmga qarshi yurish boshlagan Chingizxon o'z qo'shinini 4 qismga bo'lgan edi. Chingizxonning o'zi asosiy qo'shin bilan dastlab qaysi shaharga askar tortgan?
A) Urganch B) Samarqand
C) Buxoro D) Shosh
10.Mo'g'ullar bosqini arafasida O'tror noibi Inolchiq ixtiyorida qancha suvoriy bor edi?
A) 10000 B) 12000
C) 15000 D) 20000
11.O'tror qamali arafasida shahar mudofaasiga yordam uchun Ooracha Hojib qo'mondonligida qancha qo'shin kelgan edi?
A) 10000 B) 12000
C) 15000 D) 20000
12.0'tror qamali arafasida shahar mudofaasiga yordam uchun Suitor Muhammad necha kishidan iborat "Lashkari birun" yuborgan edi?
A) 30000 B) 40000
C) 50000 D) 60000
13. O'tror qamali arafasida shahar mudofaasiga yordam uchun Sultoi Muhammad "Lashkari birun" yuborganligi haqida qaysi muallif asarida ma'lumot berib o'tgan?
A) Ibn Battuta
B) German Vamberi
C) Juvayniy
D) Abdurazzoq Samarqandiy
14.Mo'g'ullar O'tror shahrini qanchc muddat qamal qilganlar?
A) 1 oy B) 2 oy
C) 3 oy D) 5 oy
15.Mo'g'ullar tomonidan asirga olingan O'tror hokimi G'oirxon qayerda qatl qilingan?
A) Samarqandda B) Buxoroda C) Urganchda D) Xo'jandda
16.O'tror qamali paytida Badriddin Amid va Safiy Aqra' Hojib boshliq bir guruh kishilar nima uchun mo'g'ullar tomoniga o'tib ketganlar?
A) Ular Sulton xonadoniga raqobatda bo'lgan qipchoqlardan edi.
B) Ular Sulton tomonidan qatl etilgan O'tror qozisining avlodlari bo'lgan.
C) Ular Sulton tomonidan sazoyi qilingan Urganch shayhulislomining avlodlari bo'lgan.
D) Ular qurultoyda Sultonga qarshi so'z aytganligi uchun ja'zoga tortilgan edi.
17.1220-yil 16-fevralda quyidagi qaysi shahar mo'g'ullar tomonidan egallanib, yoqib yuborilgan edi? A) Buxoro B) Jand
C) Xo'jand D) Banokat
18.Chingizxon qo'shinlari Samarqandni qachon qamal qilishni boshlaganlar?
A) 1220-yil fevralda
B) 1220-yil martda
C) 1220-yil iyunda
D) 1221-yil yanvarda
19.Samarqand shahri necha kunlik qamaldan so'ng mo'g'ullar tomonidan egallangan?
A) 3 kun B) 5 kun
C) 9 kun D) 12 kun
20. Chingizxon Samarqanddan tashqarida joylashgan . . . qasridan turib shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qilgan.
A) Ko'ksaroy B) Oqsaroy
C) Bo'stonsaroy D) Namozgoh
21. Xorazmshoh Muhammad qayerda vafot etgan?
A) Eronda
B) Xurosonda
C) Kaspiydagi Ashura orolida
D) Orol dengizidagi Borsakelmas orolida
22.Mo'g'ul qo'shinlari Samarqandga qaysi darvoza orqali hujum qilib kirganlar va shahristondan aholini haydab chiqarganlar?
A) Namozgoh B) Korizgoh
C) Lashkargoh D) So'zangaron
23.Chingizxon oldiga o'z oqsoqollari bilan xalqqa shafqat qilishini so'rab chiqqan Badriddin Qozixon qaysi shahar qozisi bo'lgan?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Jand D) Sig'noq
24.Sirdaryo bo'yidagi Sig'noq shahri mo'g'ullar tomonidan necha kunlik janglardan so'ng egallangan va aholisi butunlay qirib tashlangan?
A) 3 kun B) 5 kun
C) 8 kun D) 12 kun
25.Mo'g'ullar tomonidan Jand shahri egallangan sanani aniqlang.
A) 1220-yil fevral
B) 1220-yil mart
C) 1220-yil aprel
D) 1221-yil yanvar
26.Mo'g'ullar necha kishilik qo'shin bilan Sirdaryo bo'yidagi Banokat shahri ustiga hujum qilganlar?
A) 4000 B) 5000
C) 6000 D) 7000
27.Banokat shahri mo'g'ullar tomonidan necha kunlik jangdan so'ng egallangan?
A) 4 kun B) 5 kun
C) 8 kun D) 12 kun
28.Xo'jand hokimi Temur Malik mo'g'ullarga zarba berish va askarlar havfsizligini saqlash maqsadida sirkali loy bilan suvalgan nechta qayiq yasatgan?
A) 6 ta B) 12 ta
C) 18 ta D) 24 ta
29.Quyidagi shaharlardan qaysi birining ikkinchi nomi Shohruhiya bo'lgan?
A) Jand B) Sig'noq
C) Yangikent D) Banokat
30.Xo'jandni o'z qo'lida saqlab qola olmagan Temur Malik nechta kemada oziq-ovqat va qurol-yarog'lar bilan Sirdaryoning quyi oqimi tomon suzib ketishga majbur bo'lgan?
A) 30 ta B) 45 ta
C) 60 ta D) 70 ta
31.Urganchdagi qo'shinga bosh bo'lgan Temur Malik bir necha janglar natijasida qaysi shaharni mo'g'ullardan qaytarib olgan?
A) Jand B) Sig'noq
C) Yangikent D) Banokat
32.Chingizxon qo'shinlari Naxshab (Qarshi) ni egallagan sanani aniqlang.
A) 1220-yil bahor B) 1220-yil yoz C) 1221-yil bahor D) 1221-yil kuz
33.Chingizxon qo'shinlari Termizni egallagan sanani aniqlang.
A) 1220-yil yoz B) 1220-yil kuz C) 1221-yil yoz D) 1221-yil kuz
34.Termiz shahri mo'g'ullar tomonidan necha kunlik qamaldan so'ng egallangan?
A) 9 B) 10
C) 11 D) 15
35.Qaysi shaharni egallash chog'ida mo'g'ullar shaharning bosh suv inshooti —Qo'rg'oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldirganlar?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Naxshab D) Termiz
36.Chingizxon qo'shinlarining Xorazmshohlar poytaxti Urganch shahriga hujumi qachon boshlangan?
A) 1220-yil yoz B) 1220-yil kuz C) 1221-yil kuz D) 1221 -yil qish

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling