O’zbekiston tarixi 7-sinf
XV asrda Movarounnahrda shishasozlik rivojlangan bo'lib, qaysi shaharda shishasozlar mahallasi bo'lgan?
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Ulugbek hukmronligi davrida Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yerlar obod qilinadi. Bu dasht qayerda edi
- Shamsiddin Muhammad Xavofiy
- Qozizoda Rumiy
7.XV asrda Movarounnahrda shishasozlik rivojlangan bo'lib, qaysi shaharda shishasozlar mahallasi bo'lgan?
A.Samarqand B.Buxoro C.Toshkent D.Xirot 8.Kimning hukmronligi davrida Marviruddan yangi kanal chiqarilib, yangi yerlar o'zlashtiriladi? A.Mirzo Ulug'bek B.Sulton Husayn C.Abu Said D.Shohrux 9.Ulug'bek hukmronligi davrida Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yerlar obod qilinadi. Bu dasht qayerda edi? A.Qashqadaryo vohasida B.Toshkent vohasida C.Marv vohasida D.Buxoro vohasida III.Yangi mavzu bayoni: Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Movarounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand shaxslarning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) o‘qitilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan. Ularga alohida ish haqi to‘lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur olimlari mudarrislik qilganlar. Hirot hududining o‘zidagina 36 ta madrasa bo‘lib, bu madrasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta’lim olish uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edilar. Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo‘yida joylashgan Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi Husayn Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan. O‘qitish tanlov asosida olib borilib, har oylik tanlovda bo‘sh talabalar tushirib qoldirilib, o‘qishni faqat kuchlilar davom ettirishgan. Ulug‘bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, degan xitobnoma o‘yib yozib qo‘yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan, Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo‘lingan. Madrasada o‘sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris bo‘lgan. O‘rta asrlarning mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug‘bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsiddin Muhammad Xavofiy o‘qigan, darsda tolibi ilmlardan to‘qson nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15–16 yil tahsil ko‘rib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan va imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad (shahodatnoma) yozib berilgan. O‘sha davrda Samarqandda Ulug‘bek madrasasidan tashqari Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham mavjud edi. Madrasa va xonaqoh tinglovchilari fanning turli sohalaridan ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edilar. Amir Temur va uning avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob asarlari saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samarqandda Amir Temur va Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boysung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutubxonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling