O’zbekiston tarixi 7-sinf
-
Darsning mavzusi: Diyorimiz jahon sivilisatsiya beshiklaridan biri
Darsning shiori: Go’zal va betakrorsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O`zbekistonim!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarda O’zbekiston mustaqilligining ahamiyati haqida bilimlarni kengaytirish, 7-sinfda IV-XVI asrlar davomidagi tarixiy davrlarni o’qitilishi haqida ma’lumot va tushuncha berish
Tarbiyaviy: O’z vatani tarixini o`rganishga qiziqish orttirish. O`quvchilarni o’zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish.
Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.
Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, savol-javob.
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlsr, atama ,tushuncha , sanalar yozilgan kartochkalar, videoproyektor, slaydlar.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 5 daqiqa
II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
III.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
IV.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa
V.Uyga vazifa berish 5 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
31- yozgi olimpiada yakunlari haqida suhbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |