O’zbekiston tarixi 7-sinf
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Uy vazifasini tushuntirish. 1.Yangi mavzu bilan tanishib kelish 2.Axborot to`plash. O’IBDO’ _______________ O’zbekiston tarixi 7-sinf
- 7 “V” 7 “G” 7 – “D”
- 51 - Darsning mavzusi: Yakuniy dars Darsning maqsadi: Ta’limiy
- Dars usuli
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
- III.Yangi mavzu bayoni
- IV.Dars yakunlarini chiqarish. O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish. O’quvchilarni baholash. V .Uy vazifasini tushuntirish.
test kaliti:
19.Ulug`bek. 20.Maqbara. 21.Ali Qushchi. 22.Mayyalar. 23.1018 ta. 24.”To`rt ulus tarixi”(“Tarixi arba` ulus”). 25.Aksum. III.Uy vazifasini tushuntirish. 1.Yangi mavzu bilan tanishib kelish 2.Axborot to`plash. O’IBDO’ _______________ O’zbekiston tarixi 7-sinf
51 - Darsning mavzusi: Yakuniy dars Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarda tarixga qiziqishni orttirish, tarixiy asarlar o’qishga undash Tarbiyaviy: Ularda mehr-oqibatlilikni tarbiyalash Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlash Dars turi: aralash Dars uslubi: og’zaki, yozma Dars usuli: suhbat, savol-javob, munozara Dars jihozi: elektron darslik, darslik, xarita, rasmlar, kartotekalar, AKT Darsning texnologik xaritasi: I.Tashkiliy qism 4 daqiqa II. O’tgan mavzuni so’rash 15 daqiqa III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 18 daqiqa IV. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa V .Uyga vazifa berish 4 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II. O’tgan mavzuni so’rash: Savollarga javob bering: 1. Temuriylar davrida kimlar ilm-fan rivojiga homiylik qildilar? 2. Kitob yaratish uchun qaysi hunarlar kerak bo’lgan? 3. Mashhur xattotlardan kimlarni bilasiz? 4. Tasviriy san’at rivojiga hissa qo’shganlar haqida ma’lumot bering. 5. Hirot maktabi haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. Kimlar musiqa san;ati rivojiga hissa qo’shganlar? 7. Bu davrda yaratilgan mashhur badiiy asarlarni ayting. 8. A.Navoiy faoliyati haqida so’zlab bering. III.Yangi mavzu bayoni: Siz o‘quv yili davomida jonajon Vatanimiz - O‘zbekistonning IV-XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda Turon, o‘rta asrlarda Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shuni e’tirof etish joizki, xalqimizning bu ko‘hna o‘tmishi, avvalambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda o‘lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg‘alar jilovlanib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi, bog‘-rog‘lar va bo‘s- tonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, tijorat, ma’rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylandi. Hunarmandchilikning turli xil tarmoqlari rivoj topib, qo‘li gul mohir hunarmandlarning nozik did va ijodiy mahorati bilan yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o‘ziga xos yuksak san’at asari darajasida qiyomiga yetkazildi. Bir tomondan sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik, ikkinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa, tashqi bozor bilan olib borilgan aloqalarning mustahkamlanishiga va bular esa, shubhasiz, xat-u savod, ilm-u ma’rifatning yuksalishiga olib keldi. Aynan shu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek singari o‘rta asrlarning buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi. Ular jahon ilm-fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar. El-yurtni boshqarishda ham o‘ziga xos davlatchilik, qonun va qoidalar, yer va mulkka bo‘lgan haq-huquq tizimlari yuzaga keldi. Bu diyorda yirik viloyat hokimlari boshqargan mahalliy voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat’iy tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o‘rta asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimi- gacha ko‘tarildi. Davlatchilik tizimi voha hokimliklaridan markazlashgan saltanat, ya’ni shahanshohlik (imperiya) darajasigacha ravnaq topishi, shuningdek, aholisini umumdavlat dini va e’tiqodida, xususan, Islom dini aqidalari asosida kamol topishi, beshak, tarixiy Turon-Turkiston mintaqasida qadimdan yashab kelayot- gan ajdodlarimizni birlashtirdi. Bu davrda Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror va Bahouddin Naqshband kabi ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga hamda uning jahon dini darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shdilar. Islom dini odamlar e’tiqodini mustahkamladi. Ularning xalq bo‘lib shakllanish jarayonida yengilmas kuch sifatida asosiy omil vazifasini bajardi. Sharq va G‘arbdan turli qabilalarga mansub etnik guruhlar o‘lkamizga kirib kelib, mahalliy tub aholi bilan qo‘shilib, qorishib ketdi. Asrlar davomida yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o‘z hududi, davlatchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi. Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqubati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush tarziga kuchli ta’sir qilib, unda mustahkam e’tiqod, pok axloq, sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi. Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan tarixiy Turkiston-O‘zbekiston tarixda Buyuk karvon yo‘lida Sharq-u G‘arb davlatlarining o‘zaro iqtisodiy va madaniy munosabatlarining shakllanishida bag‘rikeng va sohibkor vositachi hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Vatanimiz uzoq tarixi guvohlik beradiki, adolat yo‘qolib, zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga keladi. Xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyosiy buhronga duchor bo‘ladi. Bunday og‘ir va mushkul vaziyatli davrda, ayniqsa, mahalliy hokimlarning Markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mamlakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Temuriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir. Ona-Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan ota-bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sharafli so‘zlarida olam-olam ma’no-mazmun mujassamlashgan. Vatanga bo‘lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo‘lgan izzat-hurmat, oilaga bo‘lgan sadoqat va e’tiqoddan boshlanadi. IV.Dars yakunlarini chiqarish. O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish. O’quvchilarni baholash. V .Uy vazifasini tushuntirish. 1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash. 2. Yozgi topshiriq: a) tarixiy-badiiy kitoblar o’qish, b)Jahonda va O’zbekistonda ro’y bergan muhim voqealar haqida ma’lumot to’plash O’IBDO’ ______________ Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling