O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet129/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish.


II.Nazorat ishini yozish. Test:
1.Amir Temurning birinchi lavozimi qanday edi?
A)Shahrisabz hokimi; B)Kesh dorug`asi; C) Kesh noibi; D)Shahrisabz amiri.
2.Amir Temur 1370-yil iyul oyida Samarqandda qurultoy chaqiradi, unda Movarounnahr amirlaridan kim qatnashmadi?
A)Shibirg`on hokimi Zinda Chashm; B)Balx hokimi Amir Husayn;
C)Xo`jand amiri Boyazid Jaloyir; D)Hisori Shodmon hokimi AmirYasovuriy.
3.Chingizxon davlatining poytaxti qaysi shahar edi?
A)Qoraqurum; B)Bolasog`un; C)Suyob; D)Yangikent.
4.Amir Temur o`z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida qaysi hududlar ustiga uch marta askar tortadi?
A)Mo`g`uliston,Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy. B)Oltin O`rda, Eron, Hindiston,Mo`g`uliston.
C)Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom. D)Xitoy, Oltin O`rda, Shom, Suriya.
5.Amir Temur tasarrufidagi mamlakatlarni o`g`il va nabiralari orasida taqsimlaganda oldindan o`zi tayinlagan taxt vorisi va unga berilgan hududlarni aniqlang.
A)Mirzo Umar ibn Mironshohga-Ozarbayjon, G`arbiy Eron, Iroq, Armaniston , Gurjiston.
B)Pirmuhammad ibn Umar Shayxga- Fors.
C)Ulug`bekka-Toshkent, Sayram, O`tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha.
D)Pirmuhammad Jahongirga-Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga.
6.Oltin O`rda qachon qator xonliklarga bo`linib ketdi?
A)XIV asr o`rtasidada, B)XV asrning birinchi yarmida, C)XIV asr oxirida, D)XV asr oxirida.
7.Mashhur Bog`i Dilkusho Samarqandning qaysi tomonida joylashgan?
A)Sharq tomonida, B)G`arbida, C)Janub tomonida, D)Shimolida
8.”Temur qarorgohi” kimning asari?
A)B.D.Grekov. B)A.Y. Yakubovskiy. C)Ioann VII Paleolog. D)Klavixo.
9.Xitoyga oid tarixiy xatolikni toping:
A)Ipakdan shoyi so`zana to`qish XII asrda ixtiro qilindi.
B)Mo`g`ullar davlati Xubilay xonligi davrida (1259-1294) Xitoyni boshqardi.
C)XIV asr o`rtalarida Xitoyda mo`g`ullarga qarshi ozodlik harakati kuchaydi.
D)XV asr boshlarida Amir Temur Min sulolasiga qarshi yurishlarni amalga oshirdi.
10.1405-yil 18-mart kuni bo`lgan voqeani aniqlang:
A)Sohibqiron Xitoy tomon yurish vaqtida,Otror shahrida vafot etdi;
B)Mironshohning o`g`li Xalil Sulton o`zboshimchalik bilan Samarqand taxtini egalladi;
C)Pirmuhammad Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo`lida halok bo`ldi;
D)Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda Mironshoh halok bo`ldi.
11.Muhammad Tarag`ay Ulug`bek kimning o`g`li va u qachon taxtga o`tirdi?
A)Mironshohning, 1405-yil; B)Umarshayxning, 1407-yil;
C)Shohruhning, 1409-yil; D)Mironshohning, 1409-yil.
12.Syogun so`zining ma`nosi nima?
A)harbiy qo`mondon, B)imperator, C)harbiy bo`linma jangchilari, D)yer egalari mulklari.
13.Temuriylar orasida siyosiy parokandalik avj olgan vaqtda ularni yarashtirib, mamalakatda bir qadar osoyishtalikka erishishda kim jonbozlik ko`rsatdi?
A)Abulxayrxon, B)Xoja Ubaydulloh Ahror, C)Alisher Navoiy, D)Abullays Samarqandiy.
14.Temuriylar davrida kimlar barcha soliq, to`lov va majburiyatlardan ozod qolingan?
A)vaqf egalari; B)suyurg`ol egalari; C)tarxonlik yorlig`ini olganlar; D)Sohibqiron avlodlari.
15.Tarixiy xatolikni toping:
A)1206-yil Dehli sultonligiga asos solindi;
b) Alouddin Xiljiy islohotlar o`tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshirdi;
C)Muhammad Tug`liq o`zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb atadi;
D)Bahlul Lo`diy Zahiriddin Boburga qarshi kurashdi.
16.1419-yilda...
A)Ardasher boshliq Shohrux elchilari Xitoyda bo`ladilar;
B)Li-do va Jong-Fu Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo`lib keladilar;
C)Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi;
D)Shohrux Hindistonga Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilar yuboradi.
17.Ulug`bek rasadxonasining balandligi qancha bo`lgan?
A)30 metr; B)31 metr; C)32 metr; D)33 metr.
18. Ijodkorlar va ular erishgan yutuqlarini muvofiqlashtiring:
1)Mirali Tabriziy, a)hassaga suyangan Navoiy tasviri;
2)Sultonali Mashhadiy, b)qayta ishlangan ”Yusuf va Zulayxo” dostoni;
3)Mahmud Muzahhib, c)”Shodiyona” kuyi;
4)Kamoliddin Behzod, d)”Isfahoniy” kuyi;
5)Ulug`bek, e)nasta`liq xati;
6)Navoiy, f)Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha;
7)Durbek, j)Hirot musavvirlik maktabi asoschisi.
A)1-e, 2-f, 3-a, 4-j, 5-c, 6-d, 7-b. B)1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f, 7-j.
C)1-b, 2-f, 3-c, 4-d, 5-a, 6-e, 7-j. D)1-c, 2-d, 3-a, 4-j, 5-b, 6-e, 7-f.
19. Xitoy imperatori 1415-1420 yillarda qaysi temuriyzoda saroyiga elchilar yuiboradi?
20. Amir Temur Turkistonda qanday me`moriy obida qurdirdi?
21. ”O`z davrining Ptolemeyi” nomi bilan shuhrat qozongan olim kim?
22. Chichen-Itsa qaysi davlat poytaxti bo`lgan?
23.Ulug`bek o`zining astronomik jadvalida nechta qo`zg`almas yulduzning o`rni va holatini aniqlab bergan?
24.Ulug`bekning tarixiy asari qanday nomlanadi?
25.Afrikada yozuv yaratilib, IV asrda yozuv islohoti o`tkaziladi, bu yozuvdan hozirgacha foydalaniladi.Bu yozuv qaysi Afrika davlatida yaratilgan?

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling