O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet76/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Rivojlantiruvchi: `quvchilarni bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, savol-javob, test, aqliy hujum
Dars jihozi: Elektron darslik, darslik, doska, xarita, chizma va tarqatma materiallar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 8 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 14 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
III.Yangi mavzu bayoni:
Turkiy yozma adabiyot. X–XII asrlarda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit–turk”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmat” kabi asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi. Mahmud az-Zamaxshariy. Abulqosim Mahmud az- Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan rtiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. U ko‘p asarlarini Makkada yozganligi uchun “Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham “Al-Kashshof” asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at –
arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O‘zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling