O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari markaziy osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. Reja
Download 31.25 Kb.
|
O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari m
Joytun madaniyati. Janubiy Turkmaniston hududidagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug’ullangan.
Kaltaminor madaniyati. Qadimgi Xorazm hududidan topilgan bo’lib, mil. avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. Topilmalar Kaltaminor qabilalarining baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog’laridan topilgan. Miloddan avvalgi V-IV ming yilliklarga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug’ullanganlar. Eneolit davri makonlari Xitoydan Dunaygacha bo’lgan katta hududda tarqalgan bo’lib, hamma joyda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi kuzatiladi. O’rta Osiyoda quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog’liq: 1. Xo’jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik qilishi; 2. Toshdan ishlangan qurollar ko’p bo’lgan holda mis qurollarning paydo bo’lishi; 3. Katta-katta ibtidoiy jamoalarning paxsadan va xom g’ishtdan tiklangan katta-katta uylari;
5. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug’i (matriarxat) ga xos haykalchalari; 6. Rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar mavjudligi. Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishdilar. Bu davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo’lsa-da, undan og’ir mehnat qurollari yasashning imkoni yo’q edi. Misdan asosan uy-ro’zg’or buyumlari, taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri yodgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjikent atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan. Bu davrga kelib, dehqonchilik O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi. Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bo’layotgan muammolaridan biri antropogenez-odamning paydo bo’lishi va rivojlanishidir. Turli hududlarda qadim zamonlarda yashagan ilg’or mutafakkirlar odamning paydo bo’lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Ular asosan insoniyat hayvonot olamidan ajralib chiqqan degan fikrni bildiradilar. Insonning paydo bo’lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jarayonining natijasidir. Eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari SHarqiy Afrikadan (Olduvay, zinjantrop), Indoneziyadan (YAva, pitekantrop), Xitoydan (sinatrop), Germaniyadan (Geydelberg) topib tekshirilgan. Keyingi topilmalar, ya’ni, zamonaviy odamga ancha yaqin bo’lgan odam qoldiqlari dastlab Neandertal (Germaniya) vodiysidan topilgan (O’zbekistondagi Teshiktosh). O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni tugadi (kromanon ko’rinishidagi odamlar). Bu jarayonning tugashi insoniyat tarixidagi muhim voqea bo’lib, inson dastlab toshdan oddiy to’qmoq yasagan bo’lsa, uzluksiz mehnat, intilish hamda ongining rivojlanishi natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.Janubiy Qozog’istonning tog’ va tog’oldi tumanlaridan, Qirg’izistonning tog’ vodiylaridan, Janubiy Turkmanistonda, Qizilqum va Qoraqum ichkarisidagi qadimgi ko’llar atrofida, O’zbekistondagi Ohangaron, CHirchiq daryolari vodiylarida, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vohalari, Farg’ona vodiysi va uning tog’li hududlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Bu topilmalar O’rta Osiyoni antropogenez jarayoni sodir bo’lgan hududlar sarasiga qo’shish imkonini beradi.Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam ilk marta Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari suradilar. Umuman olganda, odamzodning dastlabki vatani haqida olimlar orasida yagona fikr hozircha yo’q.Ibtidoiy tasviriy san’at: Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, qorlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o’q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg’a, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi.Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. SHuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.SHuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko’plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo’yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. SHu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.Bronza davri yutug’lari: Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyo hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi. O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va Qashqadaryo hamda Farg’ona vodiylaridan topilgan. Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo’ton, Tozabog’yob, Zamonbobo, CHust, Amirobod yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo’jalik yuritishning muayyan ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo’ylarida dehqonchilikka, dasht va tog’oldi hududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi.Bu davrga kelib, O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o’zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi. Urug’chilik tuzumi bronza davridayam davom etgan bo’lsa-da, ona urug’ining mavqei yo’qolib bordi. Metall eritish va xo’jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza davri jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo’ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo’liga o’tadi va ona urug’i tuzumi o’rnini ota urug’i (patriarxat) tuzumi egallaydi. Bronza davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida kishilik jamiyati tarixiy-madaniy taraqqiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta bo’ldi. Aholi xo’jalik yuritishning ma’lum ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar va soylar bo’ylarida dehqonchilikka dasht va tog’oldi hududlarida esa chorvachilikka o’tib oldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo’lgan turli taraqqiyot jarayonlari-kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi. Tayanch tushunchalar Sivilizatsiya, rivojlanishdagi notekislik, antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, Ashel, Muste, Teshiktosh, Joytun, Hisor, Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Neandertal, Kromonon, Zarautsoy, matriarxat, patriarxat. Mustaqil ish mavzulari Antropogenez – insonning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Ibtidoiy jamoa tuzumining davrlarga bo’linishi va uning xususiyatlari. Metall ishlatilishga o’tilishi. Jamiyat taraqqiyotida metallning ahamiyati. Adabiyotlar: Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970. Askarov A., Albaum L. Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980. Kabirov J., Sagdullayev A. O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro.Toshkent, 1991. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. V kn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzы. M. — L., 1966. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964. Taylor E.B. Pervobыtnaya kultura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo. M., 1989. CHeboksarov N.N., CHeboksarova I. A. Narodы, rasы, kulturы. M.: Nauka, 1985. O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent. Universitet, 1997, 2-nashri, 1999. Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling