O‘zbekiston tarixi” fanidan ma’ruza materiallari
Download 140.91 Kb.
|
2-мавзу. lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta paleolit
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarning makonlaridagi topilmalarida sodda va qo‘pol tosh qurollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o‘zining soddaligi, qo‘polligi, turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo‘lib, unda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O‘rta paleolit (Muste madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g‘or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o‘rta paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‘ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo‘rg‘on (SHimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko‘lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg‘iziston), Og‘zikichik (Tojikiston), Xo‘jakent (Toshkent viloyati), Qopchig‘ay (Qirg‘iziston) kabi ko‘plab makonlar o‘rta paleolit davriga oid bo‘lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyo hududlarida o‘rta paleolit nisbiy tarzda mil. avv. 100-40 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Surxon vohasidagi (Boysuntog‘) Teshiktosh g‘or-makoni topilmalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O‘rta paleolit davriga mansub bu g‘or-makon shimoli sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m. Tadqiqotlar natijasida g‘or-makondan beshta madaniy qatlam aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Undan tashqari turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg‘ich-tarashlag‘ichlar alohida o‘rin egallab, ularning ba’zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo‘lishi ham mumkin. Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‘or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yilgan. SHuningdek, g‘or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‘rni va atroflaridan tog‘ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami O‘rta Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili bo‘lib, bu hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan. O‘rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar. Bu davrda, ayniqsa uning so‘nggi bosqichida qadimgi odamlarning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘ladi. Qurollarning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan nayzasimon o‘tkir paykonlar, turli pichoqlar, qirg‘ichlar, kesgichlar shular jumlasidandir. Bu davrning ijtimoiy hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tila boshlandi. Hozirgi zamon odamlariga o‘xshash odamlar (kromanyon) paydo bo‘lishi uchun zamin hozirlandi. Undan tashqari sovuq iqlim tufayli o‘rta paleolit davri odamlari olovni kashf etdilar hamda sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o‘zlashtirdilar. G‘or va ungurlarni o‘zlashtirish, o‘choq yasab uning atrofida to‘planish va nihoyat jamoa bo‘lib ov qilish uslublarining paydo bo‘lishi mintaqamizdagi qadimgi odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 140.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling