«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish olib borilayotgan chora-tadbirlar


Download 1.82 Mb.
bet81/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

3.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish olib borilayotgan chora-tadbirlar.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, xalqaro reyting agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun juda katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.


O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir. Xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan e’tibori, chet el investorlarining qiziqishini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Demak, bu masalaga jiddiy qarash kerakligini hayotning o‘zi talab etadi. Ammo, ayrim sohalarda reytinglar bilan ishlashga etarlicha e’tibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani oqibatida etakchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston hamon quyi pog‘onalarda qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonida 2020 yil 2 iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan qayd etib o‘tilgan kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Farmonda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan.
Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar belgilab berilgan. Natijada xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Qolaversa, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish ham Kengash oldidagi asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash belgilangan.
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab boriladi.
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishini nazorat qilib boradi.
Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi xalqaro reyting va indekslarning reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Dunyoning nufuzli reyting agentliklari e’lon qilib borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda ishtirok etayotgan mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab beradi. Unda yuqori o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, yangi g‘oyalar ham oqib kelishi barchaga ma’lum.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha tashkil etilgan respublika kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari sifatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy –huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi.
Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ham ishga tushiriladi. kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. SHu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi.

4.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini ko‘tarish uchun mas’ul tashkilotlar va ularning faoliyatini kuchaytirish borasida qilinayotgan ishlar.


Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:



  1. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;

  2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;

  3. Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. 
    Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri. U bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat:



Xalqaro reytining va indekslar nomi

mas’ul vazirliklar (tashkilot)

1

suveren kredit reytinglar

Moliya vazirligi

2

“Biznes yuritish” indeksi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

3

Boshqaruv sifati indikatorlari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

4

Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5

“Korrupsiyani qabul qilish” indeksi

Bosh prokuratura

6

“Logistika samaradorligi”indeksi

Transport vazirligi



7

Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi

Davlat statistika qo‘mitasi

8

Iqtisodiy erkinlik indeksi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi



9

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi,

Moliya vazirligi

10

Inson kamoloti indeksi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi

11

Huquq ustuvorligi indeksi

Adliya vazirligi

12

Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi

Adliya vazirligi



13

Matbuot erkinligi indeksi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar keng ko‘lamli bo‘lib, birinchi navbatda respublikada olib borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida e’tirof etishga qaratilgan bo‘lsa, eng asosiysi bu harakatlar xalqning farovonligi va turmush tarzini yaxshilanishi va haq-huquqlarini himoya qilinishi tizimining yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.


Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, ya’ni tegishli hukumat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro reyting va indekslarning (mustaqil) identifikatorlaridagi reytinglari asosida baholanib boriladi.
Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonini tezlashtirishga, dunyo miqyosida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling