«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Download 1.82 Mb.
bet83/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

Axborot manbalari
1. www.ziyonet.uz.
2. www.edu.uz.
3. www.google.uz.
4. www.gov.uz.
GLOSSARIY

ARIZA- bu hufuflarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.


ARZON UY-JOY- qishloq aholisining talab va ehtiyojlarini hamda to‘lov qobiliyatini hisobga olib, davlat dasturiga ko‘ra namunaviy loyiha asosida quriladigan uy-joylar.
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI- xususiy , umumiy va ishlabchiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar, xarakatlar va qoidalar, shuningdek, barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birgalikda ta’minlovchi sohalar majmuasi.
AHOLI BANDLIGI- mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‘lmagan tarzda fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati.
AHOLI BANDLIGI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI- davlat tomonidan fuqarolarning mehnatga, to‘liq, samarali va erkin tanlangan bandlikka bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyati.
AHOLINING UMUMIY DAROMADI- pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar hamdadoimiy asosda, takrorlanuvchi hususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda uy xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.
AQIDAPARASTLIK- (aqida-arab.-ishonch, biror narsani ikkinchisiga bog‘lash) muayoyan sharoitda, biron-bir o‘oyaga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash.
BARQARORLIK- tinchlik-osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat’iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muqim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.
BAYNALMINAL – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.

BEPUL TIBBIY XIZMAT-fuqarolarga qulaylik va imtiyozlar berish maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan barcha tibbiy hizmatlar majmuasi.


BAYONOT - xalqaro huquqda bir yoki bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki partiyalari, hukumati yohud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma’lum hatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e’tiroz bildirishlarini ifodalaydigan hujjat.
VEB-SAHIFA- Internet manzili (url) bilan bir xil man’oda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb saytning tarkibiy qismidir.
GEOSIYOSIY MUVOZANAT-ma’lum bir hududdagi mavjud siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish.
GEGEMONIYA - (yunon. hegemonia – hukmronlik, ustunlik) – jamiyat va davlat boshqaruvida, shuningdek xalqaro munosabatlarda biron bir siyosiy kuch yoki ijtimoiy guruhning ustunligi va rahbarligini anglatuvchi siyosiy tushuncha.
GLOBALLASHUV- jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli hususiyatga ega, butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv, halqaror mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchiliknimng, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyatining qushilishi va yaqinlashuvi bilan bog‘liq ob’ektiv jarayon.
DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI- mehnatga layoqatsizligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmagani sababli mustaqil ravishda o‘zini moddiy ta’minlay olamagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam.
DINIY BAG‘RIKENGLIK- turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarash.
DINIY TASHKILOT- diniy jamoatlarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
DINIY EKSTREMIZM- jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot; diniy tashkilotlardagi o‘ta mutaasib guruhlarning ashaddiy reaksion, dinni niqob qilib olgan, uning qonun-qoidalariga mafkuraviy tus berib, undan o‘zlarining strategik geosiyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanishga qaratilgan diniy-siyosiy hodisa.
DAVLAT TUZILISHI SHAKLI -– konstitutsiyaviy huquq nazariyasida davlat yoki ittifoqni tashkil etuvchi davlatlarni hududiy tashkil qilish usuli. Davlat tuzilishi shaklining ikki xil farqlanadi: federatsiya va unitar davlat. Ko‘p millatli tarkibga ega bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan ba’zan “milliy-davlatchilik tuzilishi shakli” tyerminidan ham foydalaniladi.
DAVLAT CHEGARASI- davlat mustaqilligining zaruriy belgilaridan biri bo‘lib, har qanday davlat o‘z hududiy chegarasiga egadir. Davlat hududining boshqa davlat hududi bilan tutash chizig‘i davlat chegarasi deb e’tirof etiladi.
DEKRET- (lot. decretum – farmon, qaror) – oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo‘lgan qaror. Sobiq SSSRda 1936 yilgacha davlat hokimiyati oliy organlarining eng muhim hujjatlari “Dekret” nomi bilan atalgan
DIKTATURA -(lot. diktatura – cheksiz hokimiyat) – hokimiyatni nodemokratik usullar bilan amalga oshirish. Avtoritar siyosiy rejim. SHo‘rolar davrida I.V.Stalin (1924-1953) diktatorlik boshqaruv tartibini o‘rnatgan edi
ETNIK JARAYON-– kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib, aralashib borish jarayoni.
YUNIDO- BMTning sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti. Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan BMT ning ixtisoslashgan muassasasi. 1946 yilda tashkil etilgan. 1995 yilda 166 ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1994 yil aprelda a’zo bo‘lib kirgan

YUNKTAD- BMTningsavdo va rivojlanish bo‘yicha konfyerensiyasi. BMT Bosh Assambleyasining xalqaro savdo tashkiloti bo‘lmagan organi. 1964 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 168 ta davlat unga a’zodir. Asosiy vazifalari: xalqaro savdoni, davlatlar o‘rtasida teng huquqli o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amal qilishi bo‘yicha har xil tavsiyalar ishlab chiqish. YUNKTAD qarorlari rezolyusiyalar, bayonotlar singari shaklda bo‘lib, tavsiya xususiyatiga egadir. Uning rahbarligida ko‘p tomonlama bitimlar va konvensiyalar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi YUNKTAD ga 1992 yilda a’zo bo‘lgan.


JAMIYAT- insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum.
JAMOAT NAZORATI- a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi; b) hokimiyat qonunlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi; v) qonun va boshqa qonun hujjatlarining tayorlanish jarayoni; g) davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarning faoliyatlari; d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati.
JAHON SIYOSATI- umumsayoraviymohiyatiga ega bo‘lgan, jahon hamjamiyati taqdiri va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat.
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH- jinoiy xatti-harakatlarning ijtimoiy xavfliligi va turiga qarab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har biri alohida, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasidan kelib chiqqan holda, idoraviy usul va vositalar orqali kurashishga qaratilgan faoliyat.
IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ SHAXSLAR- o‘zining salomatligi, yoshi, daromat olish imkoniyatining cheklangani tufayli o‘zgalarning ko‘magiga muhtoj shaxs hamda oilalar. Ular o‘zlarining yozma arizalariga ko‘ra ijtimoiy yordamning bir yoki bir necha turlaridan foydalanishga haqli bo‘ladi.
IJTIMOIY SOHA- aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa tuzilmalarini kiritish mumkun.
INVESTITSIYA- iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklar. Investitsiyalar- foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lar.
INTERNET XIZMATLARI- internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: veb hujjatlarni o‘qish, elektron pochta fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash va h.k.
INTERFAOL DAVLAT XIZMATLARI- aholiga yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatish.
IPOTEKA KREDITLARI- tijorat banklari tomonidanaholiga uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan maqsadli kreditlar.
OLIY KENGASH – O‘zbekistonda 1990-1994 yillar mobaynida qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan oliy vakillik organi. Bu organ 1925-1989 yillar mobaynida «Oliy Sovet» deb yuritilgan. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan uning nomi «Oliy Kengash»ga o‘zgartiriladi.
PREZIDENT (lot. praesidens – oldinda o‘tiruvchi) – Respublika boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat va hukumat rahbari
PARLAMENT (fr. parler – so‘zlashmoq, gapirmoq) – demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Ilk bor XIII asrda Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, keyingi asrlarda boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
OLIY MAJLIS – O‘zbekiston Respublikasining Oliy Qonun chiqaruvchi organi. Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida joriy etilgan bo‘lib, unga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Ularning vakolat muddati 5 yil.
OMBUDSMAN-Inson huquqlari bo‘yicha vakil
„MAHALLA“ so‘zi arabcha „Mahallun“ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni anglatadi. Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi.
O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI - mahalla qo‘mitalari
IJTIMOIY TO‘LOVLAR – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
IJTIMOIY SIYOSAT – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir.
AHOLI DAROMADLARI – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
NOMINAL DAROMAD – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
IXTIYORIDA BO‘LGAN DAROMAD – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
REAL DAROMAD – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati.
LORENS EGRI CHIZIG‘I – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan ifodalovchi geometrik egri chiziq.
QADRIYAT– voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar.
KONFESSIYA – (lot. – tan olish, e’tirof etish) diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
TOLERANTLIK – (lot. – sabr-toqat, chidam, bardosh) O‘zgalarning fikr-g‘oyalari, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, beparvo qarash; bag‘rikenglik.
MENTALITET – (nem. – aql, idrok) Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi. 
BARQARORLIK- tinchlik-osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat'iy, uzil-kesil hamda mustahkam o'rnatilgan muqim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.
DINIY BAG'RIKENGLIK- turli din vakillari e'tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat'i nazar, ularning yonma-yon va o'zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta'limotga hurmat bilan qarash.
DINIY TASHKILOT- diniy jamoatlarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
DINIY EKSTREMIZM- jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo'lgan g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot; diniy tashkilotlardagi o'ta mutaasib guruhlarning ashaddiy reaksion, dinni niqob qilib olgan, uning qonun-qoidalariga mafkuraviy tus berib, undan o'zlarining strategik geosiyosiy maqsadlariga erishish yo'lida foydalanishga qaratilgan diniy-siyosiy hodisa.
AQIDAPARASTLIK- (aqida-arab.-ishonch, biror narsani ikkinchisiga bog'lash) muayoyan sharoitda, biron-bir o'oyaga qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko'r-ko'rona qo'llash.
ANSAMBLLAR – tarixan tarkib topgan hududda aniq ko'zga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me'moriy, estetik, san'at yoki fan nuqtai nazaridan yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan, ijtimoiy, ma'muriy, diniy, ilmiy, o'quv-ta'lim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati, me'morchilik asarlari bilan bog'liqlikda alohida yoki o'zaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog'-rog' san'ati asarlari (bog'lar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, sayilgohlar);
DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR – inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bo'lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog'liq bo'lgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek ko'hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;
YODGORLIKLAR – tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bog'liq bo'lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental san'at asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) ob'ektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilimlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san'at asarlari, arxiv, qo'lyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qo'lyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega bo'lgan ashyolar, tosh haykallar, g'ordagi yashash joylar, qoyaga o'yib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari;
MADANIY MEROS OB'EKTLARI – moddiy va nomoddiy madaniy meros ob'ektlari;
MODDIY MADANIY MEROS OB'EKTLARI – tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
NOMODDIY MADANIY MEROS OB'EKTLARI – tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so'z, raqs, musiqa, tomosha san'ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan bog'liq bilimlar, tabiat va koinotga oid urf-odatlar, ko'nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.
SHAXS — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
DAVLAT VA JAMIYAT — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
UZLUKSIZ TA’LIM – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
FAN – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ISHLAB CHIQARISH – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
BAKALAVR – (lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
MAGISTR – (lot. – boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.
KOMPETENTSIYA – bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy natijalarni faoliyatda ko`rinishi;
INNOVATSIYA – muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo`llash
INKLYUZIV TA’LIM – barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir.
SEMINAR - ta`lim beruvchini ta`lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo ‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshrish uchun sharoitni ta`minlovchi, mashg’ulotni o‘qitish shakli
JO’QORG’I KENGES – Qoraqalpog’iston Respublikasi parlamenti OQXJ – Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi.

TRANSCHEGARAVIY – chegaralararo, bir necha davlat hududidan o‘tuvchi. Daryolar va yo‘llarga nisbatan qo‘llaniladi.

SHAFE – (tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, homiylik qiluvchi; homiy.
Начало формы
Конец формы

YOSHLAGA OID DAVLAT SIYOSATI- davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.


YOSHLAR (YOSH FUQAROLAR)- o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar.
YOSH OILA- er xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat oila, shu jumladan nikohdan ajralgan beva erkak (beva ayol).
YOSH MUTAXASSIS- oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch sil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim.
YOSHLAR TADBIRKORLIGI- yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.
YOSHLAR VA BANDLIK- ijtimoiy etuklikka erishish davrini boshdan kechirayotgan o‘n besh yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy demografik guruhlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganlik muammosi.


1ЎзР ПАА, 58-фонд, 301-рўйхат, 46-иш, 120-122-варақлар.

2ЎзР МДА, Р.2454-фонд, 6-рўйхат, 6769-иш, 102-111-варақлар.

3ФВДА, 3-фонд, 3-рўйхат, 1097-иш, 14-варақ.

4Ферганская резня. Как это было. Часть 1// https://www.legendapress.ru/special-investigation/ferganskaya-reznya-kak-eto-bylo-chast-1/.

5ЎзР МДА, 1714-фонд, 9-рўйхат, 611-иш, 177-варақ.

6Ошская резня 1990 года. Хронология трагедии//http://ru.wikipedia.org/wiki/Ошская_резня.

7Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.

8 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998, 101-102-бетлар.

9 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 7-б.

10 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 7-б.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: «Ўзбекистон», 1995, 19-бет.

12 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333-бетлар.

13 Қаранг: И.А. Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон, 2000, 15-бет.

14 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.

15 Иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш чора-тадбирлари (1994 йил 21 январь) ва мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўғрисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар.

16 Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики – стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23.

17Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.

18 Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 40-41-б.

19 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари» номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодиёт, 2009, 85-б.

1 Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. - Т.: Ўзбекистон, 1995, 119-138 бетлар.

20 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 27-б.

21 Асосий мақсадимиз – юртимизда эркин ва обод, фаровон ҳаёт барпо этиш йўлини қатъият билан давом эттиришдир. Президент И.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи, 2007 йил 8 декабрь.

22 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.

23 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 21-б.

24 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 584-бет.

25 Каримов И.А. Ислоҳотлар ва инвестициялар бўйича идоралараро мувофиқлаштирувчи кенгаш йиғилишидаги маърузаси. «Халқ сўзи», 2000 йил 2 февраль.

26 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling