O’zbekiston tarixi (Majburiy bloklar uchun.)


Download 47 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1581936
Bog'liq
2 5255991195124894488


O’zbekiston tarixi (Majburiy bloklar uchun.)
#1. Ma’lumki, Buyuk Ipak yo‘li orqali qadimda 0‘rta Osiyoga ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar
kelgan. Bu buyumlar qaysi mamlakatdan keltirilgan?
A) Xitoy +B) Hindiston C) Baqtriya D) Yunoniston
#2. O‘rta Osiyodagi qaysi qadimgi davlatlar mil. avv III asrda vujudga kelgan?
A) Xorazm va Yunon-Baqtriya
B) Parfiya va Xorazm
C) Salavkiylar davlati v'a Parfiya
+D) Qang‘ va Dovon
#3. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan yozuv...
A) lotin alifbosidagi baqtriya yozuvi edi.
B) oromiy alifbosidagi so‘g‘d yozuvi edi.
+C) yunon alifbosidagi kushon bitigi edi.
D) so‘g‘d alifbosidagi tohar bitigi edi.
#4. Ilk O’rta asrlarda turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar qaysi jihatlari bilan ajralaib turardi?
A) Rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi
B) O’zning kulrang uyg’unligi va mayda gullari
+C) Xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi
D) Yaroqliligi va naqshinkorligi
#5. Ma’lumki ,Abu Mansur al-Matrudiy “Kitob at-Tahvid” va “Tavilot ahl assunna” asarlarini yozgan. Bu asarlarda ...
A) Tasavvuf ilmi asoslari bayon etilgan
B) Vatanga muhabbat, insonparvarlik, erksevarlik g’oyalari singdirilgan
+C) Diniy ta’limot, islomiy odatlar insonning kamol topishida dunyoqarashining shakillanish mohiyati bayon etilgan
D) Somoniylar tarixi bo’yicha muhim manba hisoblangan
#6. Qaysi davrda O’rta Osiyodan yuzdan ziyod manzilgoh topilgan?
+A) Mezolit B) Neolit C) So’nggi poleolit D) Bronza
#7. “Avesto”ga ko’ra O’rta Osiyoda jamiyatning asosini nima tashkil etadi?
A) Zantu B) Varzana C) Vis +D) Nmana
#8. G‘arbiy turk xoqonligi VII asr 1-choragida hukmdorlik qarorgohini qayerga ko‘chirdi?
+A) Choch viloyatiga B) Yettisuvga
C) Ashtixon viloyatiga D) Axsikat shahriga
#9. Quyida nomi keltirilgan qaysi shahar 713-yilda arab yo‘lboshchisi Qutayba ibn Muslim tomonidan vayron
qilib qo‘lga kiritiladi?
A) Naxshab B) Sig‘noq C) Binkent +D) Madinat-ash-Shosh
#10. Quyidagi davlatlardan qaysi birining markaziy boshqaruvi 10 ta devon orqali boshqariladi?
A) Qoraxoniylar +B) Somoniylar C) G’aznaviylar D) Ma’muniylar
#11. Quyidagi qaysi shaxs Arab xalifaligi taxtiga Abbosiylarning chiqishida katta xizmat ko‘rsatgan?
A) Volid +B) Abu Muslim C) Nasr ibn Sayyor D) Qutayba
#12. Viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan davlatni aniqlang.
A) Qoraxoniylar davlati +B) G‘aznaviylar davlati
C) Qoraxitoylar davlati D) Somoniylar davlati
#13. O‘rta asrlarda yashagan qaysi arab mualliflari birgina Binkat (Toshkent) ning 22 ta darvozasi bo‘lganligini qayd etishgan?
+A) Ibn Xavqal, Ishtaxriy B) Ibn Battuta, Ishtaxriy
C) Ibn Dast, Ibn Fadlan D) Ibn Xavqal, Ibn Fadlan
#14. Saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundirgan xorazmshohni aniqlang.
A) Elarslon +B) Takash C) Muhammad D) Otsiz
#15. Xorazmdagi Ma’mun Akademiyasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
+A) 1004 -y. B) 1440 -y. C) 1040 -y. D) 1400 -y.
#16. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Xorazmshohlar davlatining
qaysi shahri suvga bostirilgan?
A) Naxshab B) Buxoro +C) Urganch D) O‘tror
#17. Quyidagi qaysi lavozim Amir Temur davrida qo‘shinning minglik bo‘linmasi boshqaruvchisi hisoblangan?
A) “tuman og‘a” B) “Qo‘shinboshi” +C) “mirihazora” D) “aylboshi”
#18. Temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro vafotidan so‘ng (1506-yil) bir vaqtda hukmdor deb e`lon qilingan temuriyzodalarni aniqlang.
A) Sulton Ahmad va Sulton Mahmud
B) Boysung‘ur Mirzo va Muzaffar Husayn
+C) Badiuzzamon va Muzaffar Husayn
D) Sultonali va Badiuzzamon
#19. Vengr sharqshunos olimi X.Vamberi qalamiga mansub, Xiva xonligi tarixiga oid eng qimmatli manbalardan biri
hisoblangan asarni aniqlang.
A) “O‘zbeklar Xorazmda” +B) “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat”
C) “Qo‘ng‘irot sulolasi” D) “Inoqlar hukmronligi”
#20. Qaysi rus elchisi Rossiya va Xiva o‘rtasidagi “Majburiyatlar akti” shartnomasining imzolanishiga erishgan?
+A) G. Danilevskiy B) N. Muravyev C) N. Ignatyev D) A. Jenkinson
#21. Amir Temurdan Mirzo Boburgacha bo‘lgan temuriylar shajarasi haqida qisqacha sharhlar berilgan XVII asrda
yaratilgan asar nomini aniqlang.
+A) “Dastur ul-amal” B) “Shajarai tarokima”
C) “Shajarai turk” D) “Dastur al-muluk”
#22. Zakot va boshqa tushumlarning zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qiluvchi amaldor Shayboniylar davlatida qanday atalgan?
+A) Mehtar B) Shayxulislom C) Qozikalon D) Muxtasib
#23. Toj-u taxtni qaytarib olish Hindiston podshosi Shohjahonga yordam so‘rab murojaat etgan Buxoro hukmdorini aniqlang.
A) Subhonqulixon B) Valimuhammadxon
C) Abdulazizxon +D) Nodir Muhammadxon
#24. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri o’tkazgan pul islohoti kumush chayqovchiligini oldini olgan?
A) Muhammad Shayboniyxon B) Abdullaxon II
+C) Amir Shohmurod D) Ubaydulloxon II
#25. Quyidagi qaysi mahalliy hukmdor Sherdor va Tillakori madrasalarini bunyod ettishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan?
A) Imomqulixon +B) Yalangto‘shbiy
C) Normuhammadxon D) Mahmudbiy qatag‘on
#26. Nechanchi yilda Xivadagi Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan?
+A) 1990-y. B) 2000-y. C) 1985-y. D) 1991-y.
#27. Nechanchi yillar davomida Turkiston o‘lkasi
“kuchaytirilgan qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov”
holatida bo‘ldi?
+A) 1892-1916-yy. B) 1896-1916-yy.
C) 1898-1915-yy. D) 1892-1914-yy.
#28. Qaysi javobda 1896-yilgi mingboshilar saylovida aholining noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketgan hududlar keltirilgan?
A) Naymanchi, Laqay, Nanay
B) Naymanchi, Qayroq, Langarbob
C) Nanay, Ko‘hna Mozor, Oqqo‘rg‘on
+D) Naymanchi, Ko‘hna Mozor, Langarbob
#29. Quyidagi qaysi shaxs chor Rossiyasi hukumatining Buxoro amirligidagi birinchi rasmiy vakili hisoblanadi?
A) N.G. Mallitskiy B) N.A. Mayev
+C) P.M. Lessar D) Mulla Qosimov
#30. O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishining uchinchi bosqichi qachon davrda bo’lgan?
+A) 1873-1879-yillar B) 1865-1885-yillar
C) 1864-1868-yillar D) 1868-1873-yillar
#31. Chor Rossiyasi tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olgan O‘rta Osiyo hududida qaysi viloyat tashkil etildi?
A) Kaspiyorti B) Samarqand +C) Sirdaryo D) Farg‘ona
#32. ”Qoraqalpoqlar Ulusi” ni kim shakllantirgan edi?
A) Muhammad Aminxon +B) Muhammad Rahim I
C) Muhammad Rahim II D) Said Muhammadxon
#33. Qoraqalpoqlarning qo‘ldovli qabilasidan chiqqan qo‘zg‘olon rahbarini aniqlang.
A) Oydo‘stbiy B) Omongeldi C) Maman botir +D) Ernazarbiy
#34. Quyidagi qaysi shaxs Rossiyada ta’lim olgan va ulug‘ rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan birinchi o‘zbek advokati hisoblanadi?
A) A.Fitrat +B) Ubaydullaxo‘ja C) A.Sakuriy D) A.Avloniy
#35. Quyidagi qaysi ijodkor “Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari” nomli asar muallifi
hisoblanadi?
A) Avioniy +B) Fitrat C) Uyg‘ur D) Hamza
#36. Oxirgi Turkiston general – gubernatorini aniqlang?
A) Duxovskiy +B) Kuropatkin
C) Verevskiy D) Kaufman
#37. Mirkomil Mirsharopov boshchiligidagi o‘zbek komandirlari va askarlari sovet rejimi tomonidan qachon otib tashlanadi?
A) 1937-yil 28-oktabr B) 1931-yil 25-aprel
+C) 1938-yil 10-oktabr D) 1929-yil 5-noyabr
#38. Urush yillarida O‘zbekistonda dastlabki zamonaviy metallurgiya zavodi qayerda quridi.
A) Oqqovoqda +B) Bekobodda C) Salorda D) Chirchiqda
#39. Urush yillarida quyidagi qaysi oila 13 ta yetim bolani o’z bag’riga olib tarbiyalagan?
A) Shoahmad Shomahmudov B) Fotima Qosimova
+C) Hamid Samadov D) Usmon Yusupov
#40. 1948 yilda O‘zbekistonda paxta terish mashinalarining dastlabki partiyasi qaysi zavodda chiqa boshladi?
A) "Tashavtomash"zavodi C) "Toshkent traktor zavodi
B) "O‘zbekselmash" zavodi +D) "Tashselmash" zavodi
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling