O‘zbekiston tarixi
Download 133 Kb.
|
7-sinf o'zbekiston tarixi
O‘ZBEKISTON TARIXI I BOB. 1. Qaysi asrda eftallar Kidariylar davlatini mag‘lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilan to‘qnashganlar? A) V asrda B) IV asrda C) VI asrda D) III asrda 2. Ilk o‘rta asrlarda Xorazmda shahar va qishloqlari qanday ko‘rinishda bo‘lgan? A) har bir shahar va qishloq markazida hukmdor qasri va ibodatxona mavjud bo‘lgan B) atrofi mustahkam devorlar bilan o‘ralgan va ularning soni juda ko‘p bo‘lgan C) qishloqlar o‘rtasida kichik-kichik shaharlar mavjud bo‘lgan D) shahar va qishloqlarning mudofaa devorlari bo‘lmagan, ularning atrofi xandaqlar bilan o‘rab olingan 3. Ilk o‘rta asr davlatlarini hukmdorlarining nomlanishi bilan to‘g‘ri joylashtiring. 1) Farg‘ona; 2) Ustrushona; 3) Choch; 4) Toxariston; 5) Xorazm; 6) Eloq. a) afrig‘iylar; b) yabg‘u; c) tudun; d) afshin; e) ixshid; f) dehqon. A) 1-a, 2-d, 3-f, 4-b, 5-e, 6-c B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a, 6-f C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-b, 5-f, 6-a D) 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-f, 6-b 4. Qo‘lida burgut qo‘ndirgan tojdor hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan? A) Varaxsha B) Bolaliktepa C) Anqaqal’a D) Tuproqqal’a 5. Anqaqal’a manzilgohi qaysi hududda joylashgan? A) Farg‘ona B) Toshkent C) Xorazm D) Surxondaryo 6. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmshohlar unvoni dastlab qaysi sulola tomonidan qabul qilingan? A) ahamoniylar B) afrig‘iylar C) kidariylar D) siyovushlar 7. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, miloddan avvalgi VII asrda shakllangan qadimgi Xorazm davlatini avval kimlar boshqargan? A) ahamoniylar B) afrig‘iylar C) ma’muniylar D) siyovushlar 8. Xorazm davlatini afrig‘iylardan avval kimlar boshqargan? A) ahamoniylar B) afrig‘iylar C) ma’muniylar D) siyovushlar 9. Qaysi tarixchi Xorazm VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni yozib qoldirgan? A) arab tarixchisi Ibn Xavqal B) vizantiyalik tarixchi Menandr C) Abu Rayhon Beruniy D) Muhammad Narshaxiy 10. Quyidagi suv havzalarining qadimgi va hozirgi nomlarini muvofiqlashtiring. l) Elsuvi; 2) Xarkon; 3) Yoyiq; 4) ltil; 5) Jand ko‘li. a) Orol; b) Ural; c) Kaspiy; d) Ili; e) Volga. A) 1-a, 2-c, 3-b , 4-e, 5-d B) 1-d, 2-c, 3-b , 4-e, 5-a C) 1-d, 2-a, 3-b , 4-e, 5-c D) 1-c, 2-d, 3-b , 4-a, 5-e 11. Qo‘lida shohbozlochin tutgan tojdor tasviri so‘qilgan tanga qaysi manzilgohdan topilgan? A) Varaxshadan B) Bolaliktepadan C) Anqaqal’adan D) Tuproqqal’adan 12. Sosoniylar shohi Shopur II nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 531-579-yillar B) 488-531-yillar C) 379-405-yillar D) 309-379-yillar 13. ”Eftal” degan nom lik bor arman manbalarida qanday shaklda uchraydi? A) “eftalon” B) “xeftal” C) “xeytal” D) ”xeptal” 14. Eftaliylar Xitoyga elchi yuborgan yili sodir bo‘lgan voqeani toping? A) sosoniylar shohi Pero‘z hukmronligi boshlandi B) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradi C) xioniylar davlati tarix sahnasidan ketdi D) turklar Vizantiyaga elchi yuborishdi 15. Qaysi davrda kelib kidariylar va sosoniylar o‘rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo‘lib qoldi? A) V asr 30-50 yillari B) V asr 20 yillari C) V asr 50-60 yillari D) V asr oxirlari 16. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr davlati hukmdori “Sho” deb yuritilgan? A) Sosoniylar B) Kidariylar C) Eftallar D) Xioniylar 17. Berilgan javoblarning qaysi biri noto‘g‘ri? A) xioniylar Shimoliy Hindistonda 75 yil hukmronlik qilgan B) Pero‘z 484-yilda eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi C) IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatildi D) kidariylar V asrning 20-yillarida O‘rta Osiyoga kirib keldi 18. Eftallarning ilk ajdodlari qayerda yashagan? A) Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududida B) Pomir tog‘i etaklarida C) Kaspiy dengizining shimoliy etaklarida D) Sharqiy Turkiston va Yettisuvda 19. Eftallarning bir qismi mil. avv. VII asrda qayerga kelib o‘rnashgan? A) Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududlariga B) Pomir tog‘i etaklariga C) Kaspiy dengizining shimoliy etaklariga D) Orol va Sirdaryo bo‘ylariga 20. Quyidagi qaysi Eron hukmdori 488-531-yillarda hukmronlik qilgan? A) Kubod B) Yazdigird III C) Anushervon D) Shopur II 21. Xunlar davlati yemirilgach, eftallarning ikkinchi qismi qaysi hududga borib o‘rnashgan? A) Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududlariga B) Orol va Sirdaryo bo‘ylariga C) Jung‘ariyaga, Elsuvi havzasiga D) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga 22. Eftallar qaysi hududda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilganlar? A) Pomir tog‘i etaklarida B) Kaspiy dengizining shimoliy etaklarida C) Sharqiy Turkiston va Yettisuvda D) Jung‘ariya va Elsuvi havzasida 23. Afrig‘iylar sulolasiga qachon asos solingan? A) III asr o‘rtalarida B) 305-yilda C) IV asr boshlarida D) 353-yilda 24. Eftallar qaysi asrda Turonning janubiy va Kaspiy dengizining shimolida yastangan yaylovlarga o‘rnashib, boshqa turkiy elatlar bilan aralashib ketadi? A) IV asr oxirida B) II asrda C) III asrda D) V asrda 25. Quyidagi voqealardan V asrda bo‘lib o‘tganlarini aniqlang. l) Xorazm Vizantiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalar olib borgan; 2) eftallar sosoniylar bilan to‘qnashganlar; 3) “Eftal” degan nom ilk bor “xeptal” shaklida arman manbalarida uchraydi; 4) O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatildi; 5) Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida elchi yuboradilar; 6) Eftallar Kidariylar davlatini mag‘lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar. A) 1, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 5, 6 26. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi? A) VII asrning birinchi choragida B) VII asrning ikkinchi choragida C) VII asrning oxirlarida D) VIII asrning dastlabki choragida 27. Ilk o‘rta asrlarda tanga zarb qildirgan Mixirakula qaysi davlat hukmdori bo‘lgan? A) Sosoniylar B) Xioniylar C) Xorazmshohlar D) Eftallar 28. V asr o‘rtalarida Bey-Vey davlati kimlar tomonidan egallandi? A) turklar B) xitoyliklar C) eftallar D) xioniylar 29. Eftaliylarning 25 harfli yozuvi qaysi yozuv asosida paydo bo‘ldi? A) baqtriya yozuvi B) oromiy yozuvi C) kushon yozuvi D) so‘g‘d yozuvi 30. Turk xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan sosoniylar hukmdorini aniqlang. A) Xusrav I Anushervon B) Kubod C) Pero‘z D) Yaxdigird 31. Turklar nechanchi yilda eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirib, Parak va uning markazi Chochni egalladi? A) 578-yil B) 558-yil C) 563-yil D) 576-yil 32. Eftaliylar Orta Osiyoda qancha vaqt hukmronlik qilgan? A) 170 yil B) bir yarim asr C) bir asrdan ko‘proq D) ikki asr 33. VII asrning birinchi choragida … A) G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi B) Arabiston yarim orolida davlat tashkil topdi C) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi D) G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqa o‘rnatildi 34. “O‘n o‘q el”ning hokimi nima deb yuritilgan? A) tudun B) ixshid C) yabg‘u D) budun 35. G‘arbiy turk xoqonligida hukmdor va malika uchun Yabg‘ukat va Xotunkat kabi o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan bo‘lib, ushbu qarorgohlar qayerda joylashgan? A) Xorazmda B) Chochda C) So‘g‘dda D) Toxaristonda 36. Qaysi ilk o‘rta asr davlatida ayrim tangalarida hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan? A) Xorazm B) Choch C) So‘g‘d D) Toxariston 37. Qaysi viloyat ilk o‘rta asrlardayoq o‘sha davrning tarixiy saltanatlari – Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy kabi o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan? A) Choch B) Farg‘ona C) Eloq D) So‘g‘d 38. Rabot nima? A) Shaharning hokim qasri joylashgan qismi B) Hunarmandchilik ustaxonalari va rastalari C) Shaharning ichki qismi D) Shaharning tashqi mavzesi 39. Ilk o‘rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan? A) tosh, devor va qog‘ozga B) qog‘oz, ohak va teriga C) yog‘och, tosh va devorlarga D) charm, yog‘och va sopolga 40. So‘g‘dda bolalar ... yoshga to‘lgach yozuv va hisob o‘rgatilar,… yoshdan esa savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. A) 7, 16 B) 6, 20 C) 5, 20 D) 7, 18 41. So‘g‘d tilida yozilgan hujjatlar topilgan Turfan shahri qayerda joylashgan? A) Tojikistonda B) Mo‘g‘ulistonda C) Sharqiy Turkistonda D) Ettisuvda 42. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam kabi bir necha mahalliy dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan? A) moniylik B) buddaviylik C) zardushtiylik D) qam (shomonlik) 43. O‘rta Osiyoda ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi bir-biriga chirmashib ketgan … harflardan iborat bo‘lgan. A) 38-40 ta B) 20-25 ta C) 27-30 ta D) 48-50 ta 44. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan nechta turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) o‘n besh turdagi B) yigirma turdagi C) o‘n turdagi D) o‘ttiz turdagi 45. Sarrojlik bu – … A) duradgorlik B) egar-jabduq yasash C) matolarga rang berish D) misgarlik 46. Qaysi mahalliy hokimlikda saroyda malika xoqondan keyingi o‘rinni egallagan? A) Xorazm B) Choch C) So‘g‘d D) Toxariston 47. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo bir qancha mayda, mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ularning soni qancha edi? A) 20 dan ortiq B) 10 ga yaqin C) 15 dan ortiq D) 25 ga yaqin 48. Toxariston aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligining qaysi tarmog‘i bilan shug‘ullangan? A) Ko‘chmanchi chorvachilik va hunarmandchilik B) chorvachilik va qisman dehqonchilik C) o‘troq dehqonchilik D) yilqichilik, tuyachilik va qisman dehqonchilik 49. O‘rta Osiyolik shishasozlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni qaysi asrda o‘rgatdi? A) VI asrda B) V asrda C) IV asrda D) VII asrda 50. V-VI asrlarda Xitoy bozorlarida O‘rta Osiyoning paxta matolariga talab katta bo‘lgan. Bunga sabab nima edi? A) chunki, o‘sha davrlarda Xitoyda paxta ekilmas edi B) O‘rta Osiyo matolari bejirim bo‘lganligi C) Xitoyda mato to‘qish hali yo‘lga qo‘yilmaganligi D) Xitoyda iqlimning sovuq bo‘lishi natijasida o‘zida yetishtirilgan paxtaning ehtiyojni qondira olmasligi 51. Ilk o‘rta asrlardagi mustaqil davlat – Toxaristonning poytaxti qaysi shahar edi? A) Termiz B) Chag‘oniyon C) Balx D) Marv
52. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan ilk o‘rta asr davlatini toping. A) Toxariston B) So‘g‘d C) Choch va Eloq D) Farg‘ona 53. Ilk o‘rta asrlarning qaysi davlati old tomonida mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar? A) So‘g‘d B) Xorazm C) Choch D) Farg‘ona 54. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida “ixshidlar” hukmronlik qilgan? A) Toxariston va Eloq B) So‘g‘d va Farg‘ona C) Choch va So‘g‘d D) Fargona va Toxariston 55. Ilk o‘rta asrlarda qurolsozlik kuchli rivojlangan hududni aniqlang? A) Eloq B) Toxariston C) Farg‘ona D) Choch
56. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro san’atning qaysi sohasida shuhrat topgan edi? A) qiziqchilik B) naychilik C) raqqoslik D) rassomchilik 57. O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda haykaltaroshlikning rivojlanishiga qanday omil ta’sir ko‘rsatdi? A) rassomchilikning yanada takomillashuvi B) kulolchilikning rivojlanishi C) bu yerlarda nisbatan osoyishtalikning hukm surishi D) budda dinining mavjudligi 58. Qayerda topilgan tangaga ko‘ra qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi — xvatun, ya’ni vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi? A) Eloq B) Toxariston C) Farg‘ona D) Choch 59. Xvabu – bu ... A) qabila va urug‘ jamoalari oqsoqoli B) Turk xoqonligida hukmdorning xotini, malika C) zardushtiylikda diniy marosim o‘tkazuvchi kohin D) viloyat, tuman hokimi 60. Qaysi ilk o‘rta asr davlati hokimi saroyida ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi bo‘lgan? A) Toxariston yabg‘usi B) Samarqand ixshidi C) Choch tuduni D) Buxoro buxorxudoti 61. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki “Xorazmshoh” unvonini olgan hukmdorlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping. A) Saksafar, Omarg, Xorein, Farasman B) Xusrav, Anushirvon, Saksafar, Omarg C) Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav D) Kayxusrav, Farasman, Kubod, Siyovush 62. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmning dastlabki hukmdori kim edi? A) Kayxusrav ibn Xusrav B) Farasman C) Siyovush ibn Kayxusrav D) Saksafar 63. Ilk o‘rta asrlarda Xesi ... A) Xitoyning shimoliy-g‘arbiy hududlari B) Sharqiy Turkiston C) Shimoliy Hindiston D) Pomirning tog‘li hududlari 64. Eftallar davlati qachon barpo etilgan? A) III asrning so‘nggi choragida B) IV asrning boshlarida C) V asrning birinchi yarmida D) IV asrning ikkinchi yarmida 65. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qayerda bo‘lgan? A) Pomir tog‘ining sharqiy etagida B) O‘tukan vodiysida C) Sharqiy Turkistonda D) Shimoliy Xitoyda 66. Samarqanddan Xitoyga hadya tariqasida nechanchi yilda dubulg‘a (temir qalpoq) yuborildi? A) 716-yil B) 718-yil C) 627-yil D) 456-yil 67. Xitoy hukumatiga sovg‘a tariqasida O‘rta Osiyoning qaysi shaharidan dubulg‘a yuborilgan edi? A) Poykand B) Ishtixon C) Samarqand D) Balx 68. Xitoyga sovg‘a tariqasida dubulg‘a yuborilishi natijasida ... A) Xitoy qurolsozlari dubulg‘adan nusxa olib, qo‘shinni temir qalpoq bilan ta’minladi B) Xitoy hukumati bilan tinchlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi C) O‘rta Osiyo bozorlariga ipak mahsulotlarining kirib kelishiga zamin yaratildi D) misdan to‘qilgan Xitoy sovutlari O‘rta Osiyoga keltirila boshlandi 69. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr davlati 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan? A) So‘g‘d B) Toxariston C) Choch D) Farg‘ona 70. Quyidagi ilk o‘rta asr shaharlaridan qaysi biri Xushkat deb ham yuritilgan? A) Koson B) Axsikat C) Quva D) Eloq 71. G‘arbiy turk xoqonlari o‘z qarorgohlarini Choch viloyatiga ko‘chirgach, hukmdor va malika uchun qanday nomdagi o‘ziga xos qarorgohlar qurdirgan? A) Tozabog‘ va Shahriston B) Tunkat va Istehkom C) Yabg‘ukat va Xotunkat D) Ko‘handiz va Xotunkat 72. Sug‘d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi? A) qadimgi oromiy yozuvi C) Toxariston yozuvi D) qadimgi kushon yozuvi 73. O‘rta asr arab mualliflari (Ibn Xavqal va Istaxriy)ning yozishicha, Tashkent shahrining jami nechta darvozasi bo‘lgan? A) 12 ta B) 22 ta C) 20 ta D) 11 ta
74. Ilk o‘rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb nomlangan? A) Shahriston B) Rabot C) Yabg‘ukat D) Kuhandiz 75. Turkiy run yozuvi yana qanday nom bilan ataladi? A) turk xoqonlari yozuvi B) toxar-kushon yozuvi C) ko‘k turk yozuvi D) Kultegin bitigi 76. Kultegin va Bilga xoqon bitiklari qayerlardan topib o‘rganilgan? 1) Oloy; 2) Shimoliy Kavkaz; 3) Sharqiy Turkiston; 4) Toxariston; 5) Yettisuv; 6) Farg‘ona vodiysi; 7) Zarafshon vodiysi; 8) Ural tog‘lari atrofi A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5, 6, 8 C) 1, 3, 5, 6, 7 D) 3, 4, 6, 7, 8 77. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan? A) Surxondaryo B) Buxoro C) Xorazm D) Qashqadaryo 78. Quyidagi qaysi manzilgoh devorlarida ganchkorlik san’atining nodir namunalari, turli xil geometrik shakllar, mevali daraxt va o‘simliklarning o‘ymakor naqshlari, ov manzarasi tasvirlangan edi? A) So‘g‘d hukmdorlarining Afrosiyob qo‘rg‘onida B) Buxoro hukmdorlarining Varaxsha qarorgohida C) Chag‘onxudotlarning Bolaliktepa manzilgohida D) Qo‘rg‘ontepadagi Ajinatepada 79. V asr o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoda obikor yerlarning asosiy qismi ... A) kadivarlar qo‘lida to‘plandi B) qashloq jamoalari qo‘lida to‘plandi C) dehqonlar qo‘lida to‘plandi D) davlat yerlari hisoblangan 80. Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib qaysi hudud ajralib chiqqan? A) Farg‘ona B) Toshkent C) Xorazm D) So‘g‘d 81. Qishloq jamoalari yerlarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi nima deb atalgan? A) kashovarz B) kadivar C) dehqon D) chokar 82. III asr o‘rtalarida xorazmshohlar qasri qanday ko‘rinishda bo‘lgan? A) shaharning shimoliy-g‘arbiy burchagida uch minorali, 25 metr bo‘lgan B) shahar markazida bo‘lib, to‘rt minorali, 26 metr bo‘lgan C) shaharning sharqiy chekkasida bo‘lib, uch minorali, to‘rt zinali, 25 ustunli bo‘lgan D) shaharning janubiy-sharqiy burchagida bo‘lib, ikki munorali, 26 ustunli, 25 metr bo‘lgan 83. Xioniylar hukmdori Grumbat va Eron shohi Shopur II o‘rtasida tuzilgan sulh ... A) nikoh orqali mustahkamlanadi B) xioniylar mag‘lubiyatini e’tirof etadi C) Amudaryo janubini xioniylar hukmiga o‘tkazadi D) Eron ustiga katta miqdorda o‘lpon yuklaydi 84. Kidariylar davlatining poytaxti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Poykand B) Balx C) Choch D) So‘g‘d 85. Quyidagi ilk o‘rta asr davlatlarining qaysi birida oldi tarafida shoh va orqasida suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb qilingan? A) Choch B) So‘g‘d C) Farg‘ona D) Xorazm 86. Eftallar tomonidan Marv shahri nechanchi yilda ishg‘ol qilingan? A) 456-yil B) 488-yil C) 484-yil D) 459-yil 87. V asrning 2-yarmi – VI asr boshlarida eftallar davlati hududini aniqlang. A) Yettisuv, Sharqiy Xitoy, Sharqiy Eron, Kavkaz B) Shimoliy Eron, Hindiston, O‘rta Osiyo, Janubiy Sibir C) Janubiy Sibir, O‘rta Osiyo, Eron, Hindiston D) O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston 88. Ilk o‘rta asrlarda Poykand, Vardonze, Naxshab singari mahalliy voha hokimlarining katta nufuzga ega ekanligini nimada ko‘rish mumkin? A) Eftallarga boj va soliq to‘lamaganligida B) Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya davlatlari bilan mustaqil savdo-sotiq aloqalarini olib borganligida C) tashqi savdoda qo‘llaniladigan oltin va kumush tangalar zarb qildirganligida D) ichki savdo uchun chaqa tangalarni muomalaga chiqarganligida 89. Quyidagi qaysi xalqlar tarkibida hozirgacha “abdal” nomli etnik guruh saqlangan? A) turkman va anotoliyalik turklar B) qirg‘iz va tojik C) arman va anatoliyalik ozarlar D) o‘zbek va qozoqlar 90. 558-yilda turklar ... A) Toxariston va Chag‘oniyonni egalladi B) Sirdaryo va Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarni egalladi C) Ural va Volga bo‘ylarini zabt etdi D) Shimoliy Kavkazni egalladi 91. Sosoniylarning Toxariston va Chag‘oniyonni bosib olishlariga zamin yaratgan omilni aniqlang. A) eftallar davlatidagi o‘zaro urushlar B) shimoliy o‘lkalarning turklar tomonidan zabt etilishi C) Sosoniylar davlatining nihoyatda kuchayishi D) sosoniylarga Vizantiya harbiylarining yordam berishi 92. Turklar Shimoliy Kavkazni egallab, Qrim yarimoroliga kirib borgan yildan 10 yil o‘tib ... A) To‘n Yabg‘u hukmronligi boshlandi B) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi C) Abruy qo‘zg‘oloni bostirildi D) Abruy qo‘zg‘oloni boshlandi 93. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan o‘lkalarni egallagan yilni aniqlang. A) 555-yil B) 558-yil C) 576-yil D) 567-yil 94. Turk xoqonligida dastlab kimlar “yabg‘u” unvonini olishi mumkin edi? A) mahalliy hokimlar B) xoqon urug‘iga qarindosh bo‘lganlar C) alohida jasorat ko‘rsatgan harbiylar D) sobiq lashkarboshilar 95. Sharqiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang. 1) Sharqiy Turkiston; 2) Sirdaryo havzalari; 3) Shimoliy Xitoy; 4) Urxun havzalari; 5) Janubiy Sibir; 6) Oltoyning g‘arbiy hududlari A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6 96. G‘arbiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang. 1) Janubiy Sibir; 2) Janubiy Xitoy; 3) Amudaryoning chap sohillari; 4) Sharqiy Turkiston; 5) Yettisuv; 6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6 97. G‘arbiy Turk xoqonligi nima sababdan mahalliy hukmdorlarga ham “yabg‘u” unvonini bera boshladi? 1) mahalliy hokimlarning qo‘zg‘olonini oldini olish maqsadida; 2) mahalliy hokimlarni xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash maqsadida; 3) mahalliy hokimlarning mustaqilligini e’tirof etish maqsadida; 4) mahalliy hokimlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida; 5) mahalliy hokimlarga tanga zarb qilish huquqini berish maqsadida. A) 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 98. VII asr boshlarida G‘arbiy Turk xoqonlari O‘rta Osiyodari mahalliy hokimliklar ustidan nazorat o‘rnatish uchun o‘z noiblarini jo‘natgan. Ular nima deb atalgan? A) tudun B) budun C) yabg‘u D) shod 99. VII asrda G‘arbiy turk xoqonligi Xitoyga necha marta elchi yuborgan? A) 7 B) 9 C) 5 D) 10 100. 627-yil qaysi hokimliklarning birlashgan elchiligi Xitoyga borgan edi? A) Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Ustrishona B) Xo‘jand, Buxoro, Xorazm, Choch C) Samarqand, Ustrishona, Farg‘ona, Choch D) Buxoro, Xorazm, Naxshob, Vardonze 101. Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Taroz va Yettisuvga B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga C) Eron hududiga D) Turkiston va Taroz atroflariga 102. Ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining qancha mulklarini birlashtirgan edi? A) 11 ta B) 15 ta C) 19 ta D) 27 ta 103. Moniy dinining arkoni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash B) ibodat, ro‘za, sadaqa berish C) ezgu amal, ezgu fikr, esgu so‘z D) zaminni sevish, uy-joyni avaylash 104. Ilk o‘rta asrlarda butun O‘rta Osiyoda nasroniylik dinining markazi qayer bo‘lgan? A) Choch B) Xorazm C) Quva D) Urgut
105. 12 metrli budda haykali qaysi manzilgohdan topib o‘rganilgan? A) Varaxshadan B) Afrosiyobdan C) Ajinatepadan D) Bolaliktepadan 106. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr dini vakillari o‘z xudolarida qora qashqa ot so‘yib qurbonlik qilishgan? A) moniy B) shomon C) nasroniylik D) otashparastlik 107. G‘arbiy turk xoqoni To‘n Yabg‘u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 618-630 B) 588-618 C) 586-603 D) 567-588 108. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostirilgach, ... A) qo‘zg‘olonchi kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlariga qaytariladi B) soliq va majburiyatlar keskin kamaytiriladi C) Turk xoqoni o‘lkada nazoratni kuchaytirish uchun o‘z noiblari – tudunlarni yuboradi D) Turk xoqoni nazoratni kuchaytirish uchun o‘g‘li Sheri Kishvarni O‘rta Osiyoga noib qilib yuboradi 109. VI asrning 80-yillari oxirlarida ... A) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi B) G‘arbiy turk xoqonligi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi C) G‘arbiy turk xoqonligining Xitoy bilan aloqalari ayniqsa kuchaydi D) Eftallar davlati Eron sosoniylari va turklar zarbasidan keyin parchalanib ketdi 110. Quyidagi qaysi turk xoqoninning ikkinchi ismi El Arslon bo‘lgan? A) Qoracho‘rin B) To‘n Yang‘u C) Istami D) Sheri Kishvar 111. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang. 1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; 4) G‘arbiy turk xoqonligi. a) Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 112. Turk xoqonligida yasoq – bu ... A) dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq B) o‘n minglik qo‘shin qismi C) xoqonlikning harbiy kengashi D) mag‘lub davlatlar ustiga yuklanadiga o‘lpon 113. Quyidagi hukmdorlarni ularning hokimlik qilgan davlati yoki hududi bilan to‘g‘ri ko‘rsating. 1) Saksafar; 2) Vaxshunvar; 3) Kubod; 4) Qoracho‘rin a) Turk xoqonligi; b) Eftallar davlati; c) Eron; d) Xorazm. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-c, 3-d, 4-a 114. Arab tarixchilari Ibn Xavqal va Istaxriylarning qayd etishicha ... A) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 4 ta, ichki rabotning 7 ta, tashqi rabotning 10 ta darvozasi bo‘lgan B) Toshkent arkining 3 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi rabotning 6 ta darvozasi bo‘lgan C) Toshkent arkining 10 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 3 ta, tashqi rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan D) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 3 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan 115. VI-VII asrlarga oid ganchkor Humo qushi tasviri qaysi manzilgohdan topilgan? A) Afrisiyob B) Bolaliktepa C) Varaxsha D) Ajinatepa 116. Ilk o‘rta asrlarga o‘tish davrida O‘rta Osiyo zaminida ro‘y bergan dehqonchilik yutuqlarini aniqlang. 1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga chiqarila boshlandi; 2) dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 3) sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 4) sug‘orishda chig‘ir va charxpalaklar kabi suv inshootlaridan foydalanila boshlandi; 5) qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi; 6) dehqonchlikda uch dalali almashlab ekishning joriy etilishi; 7) g‘allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi; 8) kashovarzlarga ham yerlar bo‘lib berila boshlandi. A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 3, 6, 8 117. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi? A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida C) chorvadorlarning ko‘p sonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi natijasida 118. Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang. 1) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko‘chirdi; 2) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi. A) 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 5 119. 456-yilda ... 1) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar; 2) xioniylar Sug‘dga bostirib kirdilar; 3) O‘rta Osiyoda kidariylar hukmronligi barham topdi; 4) O‘rta Osiyoga eftaliylar hujumi boshlandi; 5) eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 6) xioniylar eftallar bilan bo‘lgan jangda qaqshatqich zarbaga uchradilar; 7) Pero‘z eftallarga qarshi ikkinchi marta yurishga otlandi A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 7 C) 1, 4, 5, 7 D) 2, 4, 6 120. Nima sababdan sosoniylar Eftallar davlatiga qarshi yurish qiladi? A) sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar hujumidan xavfsirashlari sababli B) eftallarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari sababli C) eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero‘zga nisbatan haqoratli maktub yo‘llashi sababli D) eftaliylarning sosoniylar davlati tasarrufidagi hududni bosib olishlari sababli 121. Eftallarda davlat boshqaruvida qonun va qoidalarning qaror topishiga asosiy sabab nima edi? A) aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi B) qishloqlarda dehqonlar nufuzining ortib ketishi C) aholining ko‘payib ketishi D) mamlakatda o‘zaro ichki kurashning avj olishi 122. Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘lgan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 5, 6 D) 2, 3, 7, 8 123. Nima sababdan turklarning eftallar bilan to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi? A) sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olish kerak edi B) turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag‘oniyonni olish kerak edi C) uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi D) sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan edi 124. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? 1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi; 2) janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi; 3) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi; 4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi; 5) bo‘ysundirilgan hududlarning mahalliy hokimlar orqali boshqarilishi; 6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat. A) 1, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6 125. Ma’lumki, 395-yil qudratli Rim imperiyasi Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi. Xuddi shunday bo‘linish yana qaysi davlatga xos? A) Turk xoqonligi B) Arab xalifaligi C) Sosoniylar davlati D) Eftallar davlati 126. Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan ... A) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi B) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi. C) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi D) faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi 127. VI asrning 70-80-yillarida quyidagi qaysi davlatning chegaralari Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan edi? A) Eftallar davlati B) Turk xoqonligi davlati C) Kidariylar davlati D) Xioniylar davlati 128. Budun – tarixiy atamasining ma’nosini aniqlang. A) buyuk hukmdor B) el-yurt hokimi C) chorvador aholi D) qo‘shin qo‘mondoni 129. Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan? A) Ayritom va Zangtepadan B) Qo‘rg‘ontepa yaqini va Quvadan C) Urgut tumani va Balxdan D) Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan 130. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda (VII asrning birinchi choragi) uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi? A) Amudaryo etaklarigacha B) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha C) Tan imperiyasi hududigacha D) Sind daryosi bo‘ylarigacha
II BOB 1. VII asrda Xorazm qaysi arab lashkarboshilari tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan? A) Ubaydulloh ibn Ziyod va Said ibn Usmon B) Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdulloh C) Ubaydulloh ibn Ziyod va Qutayba ibn Muslim D) Ziyod ibn Solih va Said Xaroshiy 2. Qutayba qo‘shini Poykandni egallagach qaysi tomonga yo‘l olgan? A) Buxoroga B) Samarqandga C) Keshga D) Xorazmga 3. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar hokimiyati hududi nechta yirik qo‘rg‘on va shaharlardan iborat edi? A) 12 ta B) 22 ta C) 11 ta D) 27 ta 4. VIII asr boshlarida Buxoro vohasida zarb etilgan qanday tanga pul muomalada bo‘lgan? A) qo‘lida shohbozlochin tutgan hukmdor tasviri tushirilgan kumush dirham B) oldi tarafiga qo‘lida burgut qo‘ndirgan tojdor hukmdor tasviri, orqasida gajak dumli bars tasviri tushirilgan kumush dirham C) hukmdor xoqonining tojdor tasviri, ostida “buxorxudot” degan yozuv zarb etilgan kumush dirham D) oldi tarafida shoh va orqasida suvoriy tasviri tushirilgan, tagida “buxorxudot” degan yozuv zarb qilingan kumush tanga 5. Quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan davlati bilan muvofiqlashtiring. 1) Farasman 2) Mixirakula 3) Tug‘shoda 4) Divashtich 5) Sobuqtegin. a) Eftallar b) Xorazm c) Panjikent d) G‘azna e) Buxoro A) l-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e B) l-b, 2-a, 3-e, 4-c, 5-d C) l-b, 2-e, 3-a, 4-c, 5-d D) l-b, 2-e, 3-a, 4-d, 5-c 6. Buxorxudot Tug‘shoda nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 618-667-yillar B) 705-733-yillar C) 692-724-yillar D) 682-723-yillar 7. Ma’lumki, Qutayba istilosidan so‘ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga ajralib ketgan edi. Uning shimoliy qismi ... A) Afrig‘iylar tomonidan boshqarilgan B) Ma’muniylar tomonidan boshqarilgan C) Kat miri tomonidan boshqarilgan D) Gurganj (Ko‘hna Urganch) miri tomonidan boshqarilgan 8. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng arablar Termiz shahrini egallaydilar? A) arablarning turli xil o‘ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishidan keyin B) arablarning Poykand va Romitonni egallashlaridan keyin C) Qutaybaning Naxshab va Keshni bosib olishidan keyin D) arablarning Marv shahrini egallashlaridan keyin 9. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda qanday tadbirga alohida ahamiyat berdilar? A) tarqoq mahalliy hokimliklarni markaziy hokimiyatga birlashtirishga B) o‘zlari joriy qilgan bir necha turdagi soliqlarni vaqtida yig‘ib olishga C) aholi o‘rtasida islom dinini yagona din sifatida yoyishga D) mamlakatdagi doimiy qo‘zg‘olonlarni ayovsiz bostirishga 10. Varaxshaning yana bir nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Rajfandun B) Afshona C) Zandana D) Arduq 11. Xorazm diyori ikki qismga ajratilganidan 35 yil o‘tib ... A) Marvon II xalifalik taxtiga o‘tirdi B) Abu Muslim Xurosonga keldi C) Nasr ibn Sayyor moliya islohotini o‘tkazdi D) Muqanna qozg‘oloni boshlandi 12. Qaysi voqeadan so‘ng Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanib, arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi? A) xalifalik ma’muriyati hammadan bir vaqtning o‘zida mavjud barcha soliqlarni undirish haqida buyruq berishi B) xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jiz’ya olish haqida buyruq berishi C) xalifa Marvon II arab tilini barcha o‘rganishi haqida buyruq berishi D) xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilinishi 13. 673-yilda xalifa Muoviya farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoro muzofotiga bostirib kirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qaysi tarixchi yozib qoldirgan? A) Beruniy B) Narshaxiy C) Istaxriy D) Ibn Xavqal 14. Ubaydulloh ibn Ziyod Buxorodan bojdan tashqari yana qancha asir bilan Marvga qaytadi? A) 30 ming B) 20 ming C) ikki ming D) to‘rt ming 15. Birinchi marta mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchular uchun ikki dirhamdan pul hadya etishni joriy qilgan xalifalik noibini aniqlang. A) Ubaydulloh ibn Ziyod B) Qutayba ibn Muslim C) Nasr ibn Sayyor D) Said Xaroshiy 16. Sug‘dda G‘urak va Divashtich qo‘zg‘oloni boshlanganidan 28 yil o‘tgach ... 1) Marvon II xalifalik taxtidan ag‘darildi; 2) Abu Muslim Xurosonga keldi; 3) Xurosonda Nasr ibn Sayyor noibligi yakun topdi; 4) Muqanna qozg‘oloni boshlandi; 5) Abu Muslim qo‘shinlari Marvni egalladi; 6) Abu Muslim xalifalikning markazini egallaydi. A) 3, 5 B) 1, 2, 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 5, 6 17. Qaysi arab xalifasi yangi yerlarni bundan buyog‘iga zabt etishni to‘xtatish to‘g‘risida farmon berdi? A) Umar ibn Abdulaziz B) Xalifa Mo‘tazid C) Xalifa Ma’mun D) Xalifa Muoviya 18. Movarounnahr va Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilgan yillarni aniqlang. A) 710-737-y. B) 715-732-y. C) 738-748-y. D) 717-719-y. 19. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor nima maqsadda moliya islohotini o‘tkazgan? A) tinchlik o‘rnatish B) xazinani to‘ldirish C) qo‘zg‘olonlarning oldini olish D) o‘z mavqeyini mustahkamlash 20. VIII asrning 40-yillarida xalifalikda … A) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi B) butun hududda islom dini va arab tili yoyildi C) islom madaniyati yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi D) umaviylar taxtga mustahkamlanib oldi 21. Arablar mahalliy aholi bilan yaqinlashish maqsadida ular bilan qarindoshlik aloqalarini o‘rnata boshlagan. Ayni paytda namuna tariqasida buxorxudodning qiziga uylangan Xalifalik noibini aniqlang? A) Said Xaroshiy B) Ashros C) Nasr ibn Sayyor D) Qutayba ibn Muslim 22. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketligini aniqlang. 1) Abu Muslim Marv shahrini egalladi; 2) Marvon taxtdan ag‘darildi; 3) Abu Muslim Xurosonga keldi; 4) Arab xalifaligida abbosiylar hokimiyati o‘rnatildi; 5) Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettirdi A) 3, 5, 1, 2, 4 B) 3, 1, 5, 2, 4 C) 2, 4, 5, 1, 4 D) 5, 1, 3, 2, 4 23. Tarxun taxtdan tushirilib, o‘rniga Gurak So‘g‘d podshosi qilib ko‘tarilgan yili … A) Arablar Naxshab va Keshni bosib oldi B) Xorazm shohi Chag‘on yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qildi C) Qutayba Samarqandga qarshi qo‘shin tortdi D) Poykand ikki kunlik qamaldan so‘ng bosib olindi 24. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 99 yil o‘tgach ... 1) Arab xalifaligida umaviylar sulolasi ag‘darilib, hokimiyat tepasiga abbosiylar keldi; 2) Sug‘dda G‘urak va Divashtich boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi; 3) xalifa Marvon II taxtdan ag‘darildi; 4) Movarounnahrda Muqanna qo‘zg‘oloni boshlandi; 5) Abul Abbos Saffoh xalifa deb e’lon qilindi; 6) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi. A) 1, 3, 5 B) 3, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 6 25. Kimning bosqini natijasida Afrosiyob saroy devorlariga solingan odam suratlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilgan? A) Said Xaroshiy B) Qutayba ibn Muslim C) Ubaydulloh ibn Ziyod D) Salim ibn Ziyod 26. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 100 yil o‘tgach ... A) xalifa Mahdiy Nishopurga keldi B) “Oq kiyimliklar” qozg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qildi C) Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, mamlakat hududidan quvib chiqardi D) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi 27. Abu Muslim o‘ldirilganidan 20 yil o‘tib … A) Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi B) Xalifa Mansur Jabroil ibn Yahyo boshchiligida Movarounnahrga harbiy kuch yubordi C) Xarbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Mahdiy Nishopurga keldi D) Som qal’asi zabt etilib, “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni bostirildi 28. Quyidagi atamalar izohi mos keluvchi javobni aniqlang. 1) kudungar; 2) sarhang; 3) muqanna; 4) islohot; 5)farmon. a) qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq b) kichik lashkarboshi c) niqobli kishi d) matoga ohor beruvchi e) mavjud tartibni o‘zgartirish A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-e; 5-a B) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d; 5-e C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-e; 5-c D) 1-d; 2-a; 3-c; 4-e; 5-b 29. Ma’lumki, Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib Xitoy qo‘shinlari Turkistonga bostirib kirdi. Ularga qarshi yuborilgan qo‘shinga kim boshchilik qilgan edi? A) Abu Muslim B) Said Xaroshiy C) Ziyod ibn Solih D) Mahdiy 30. Umaviylar sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 750-1258 B) 634-749 C) 630-746 D) 661-750 31. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonni dastlab kimlar qo‘llab-quvvatlagan edi? A) qullar B) dehqonlar va hunarmandlar C) arab zodagonlari D) chorvadorlar va batraklar 32. Abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh nechanchi yillarda xalifalik qilgan? A) 750-754 B) 749-755 C) 754-761 D) 744-750 33. Kimning davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi? A) Nasr ibn Sayyor B) Ashros C) Abu Muslim 34. 750-yil … arablarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. A) Buxoroda B) Keshda C) So‘g‘dda D) Marvda 35. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon dastlab qayerda boshlandi? A) Buxoroda B) Samarqandda C) Naxshabda D) Shoshda 36. Arablarga qarshi ko‘tarilgan Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirgan Xuroson noibini aniqlang. A) Abu Muslim B) Said Xaroshiy C) Ma’mun D) Jabroil ibn Yahyo 37. ”Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining boshlig‘i Muqanna qayerda tug‘ilgan? A) Marv yaqinidagi Koza qishlog‘ida B) Kesh yaqinidagi Som qishlog‘ida C) Buxoro yaqinidagi Narshax qishlog‘ida D) Marv yaqinidagi Shavval qishlog‘ida 38. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining markazlari berilgan qatorni toping? A) Narshax, Samarqand, Kesh B) Marv, Kesh, Termiz C) Buxoro, Naxshab, Termiz D) Samarqand, Shosh, Omul 39. O‘rta asrlardagi Eloq vodiysi hozirgi qaysi hududga to‘g‘ri keladi? A) Chirchiq B) Ohangaron C) Zarafshon D) Toshkent 40. Ma’limki, 721-yil Said Xaroshiy so‘g‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish maqsadida Movarounnahrga yuborilgan edi. Qo‘zg‘olonchilar va Said Xaroshiy o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lgan? A) Xo‘jandda B) Farg‘onada C) Shoshda D) Keshda 41. Quyidagi voqealarning qaysi birilarining orasida 10 yil farq bor? 1) Qutayba Poykandga yurish qildi, Umar ibn Abdulaziz xalifalik taxtiga o‘tirdi; 2) Xalifa Muoviya hukmronligi boshlandi, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro muzofotiga bostirib kirdi; 3) Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlandi, Arablar Farg‘ona vodiysini uzil-kesil egalladilar; 4) Marvon II xalifalik taxtiga chiqdi, Xalifa buyrug‘i bilan Abu Muslim o‘ldirildi; 5) Marvon II taxtga o‘tirdi, Abul Abbos Saffoh hukmronligi tugadi; 6) Hurzod qo‘zg‘oloni bostirildi, Said Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlandi A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 5, 6 42. Arablar kelgunga qadar Movarounnahr aholisining asosiy dini … A) buddaviylik B) moniylik C) otashparastlik D) shamanlik 43. Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumi nechanchi yilda amalga oshirildi? A) 651-yil B) 673-yil C) 667-yil D) 654-yil 44. Eronning bosh kohini Mazdak ibn Xamdodon nechanchi yillarda yashagan? A) 426-470-yillar B) 470-529-yillar C) 451-479-yillar D) 469-540-yillar 45. Ubaydulloh ibn Ziyodning Movarounnahrga yurishi jarayonida qaysi shaharlar bosib olindi? A) So‘g‘d, Buxoro, Kesh B) Poykand, Romiton, Termiz C) Shosh, Buxoro, So‘g‘d D) Naxshab, So‘g‘d, Poykand 46. Qutayba ibn Muslim So‘g‘d qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Samarqand, Kesh va Naxshabga kimni hokim qilib tayinlaydi? A) G‘urakni B) Tarxunni C) Tag‘shodani D) Ashrosni 47. Ushr solig‘i nima maqsadlarda olingan. A) Maqbara, masjidlarni ta’minlash B) Sug‘orma inshootlarini ta’minlash va yangilarini qurish maqsadida C) idora ishlari uchun D) doimiy qo‘shinni ushlab turish uchun 48. 673-yilda arablar va Buxoro hukmdorlari o‘rtasida tuzilgan sulhga ko‘ra buxorxudot qanday majburiyat oldi? A) arablar safiga 30 ming askar etkazib berish B) masjid bino qilish C) bir lak hajmida boj to‘lash D) shaharda bironta ham askar saqlamaslik 49. Arablar tomonidan Xuroson deb nomlangan hudud to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) Afg‘oniston shimoli, Eronning shimoliy sharqi, Turkmaniston B) Afg‘oniston, shimoliy Hindiston, janubiy va g‘arbiy Eron, janubiy O‘zbekiston C) Surxondaryo vohasi, shimoliy Afg‘oniston, janubiy Tojikiston D) shimoliy Eron, janubiy Tojikiston, shimoliy Turkmaniston, Afg‘oniston 50. Narshaxiyning ma’lumotida keltirilgan Buxorxudotlarning yirik qo‘rg‘on va shaharlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Karmana, Nur, Zarnuh, Isfijob, Vardonze, Romtin, Xatirchi, Binkat, Farob, Sharg‘, Narshax B) Zandana, Vador, Damg‘on, Isfijob, Vobkent, Poykand, Romtin, Vardona, Narshax, Karmana, Nur, Guldara C) Arqud, Karmana, Suzoq, Farob, Xartang, Barkad, Xinduvon, Novmiton, Peshku, Orifon, Nur, Som D) Karmana, Nur, Arqud, Zandana, Afshona, Romtin, Rajfandun, Sharg‘, Vardona, Barkat, Iskijkat, Farob 51. Muzofot so‘zining ma’nosi nima? A) istehkom, qo‘rg‘on B) hudud, yer C) qal’a atrofini o‘ragan ariq D) qo‘shining oldingi safi 52. So‘g‘d hokimi G‘urak va Qutayba o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga ko‘ra, G‘urak qanday majburiyatlarni oldi? 1) arablarga 200 ming dirham tovon to‘lash; 2) to‘rt ming nafar odam berish; 3) arablarga bir yo‘la 2 ming dirham tovon to‘lash; 4) Samarqand, Kesh va Naxshabni arablarga bo‘shatib berish; 5) 30 ming nafar odam berish; 6) shahar tashqarisidagi barcha yerlarni arablarga bo‘shatib berish; 7) bir lak miqdorida tovon to‘lash; 8) shaharda bironta ham askar saqlamaslik; 9) shaharda masjid bino qilish; 10) ichki shaharni arablarga bo‘shatib berish. A) 1, 3, 5, 8, 9, 10 B) 1, 2, 3, 4, 9 C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 1, 2, 4, 7, 9, 10 53. Arablarga qarshi ko‘tarilgan qaysi qo‘zg‘olon natijasida shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilarga garovga berish orqali jon saqlaydilar? A) Muqanna qo‘zg‘oloni B) 720-yilgi G‘urak va Divashtich qo‘g‘oloni C) 750-yilgi Buxoro vohasi qo‘zg‘oloni D) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni 54. Abu Muslim umaviylarga qarshi targ‘ibot boshlagan paytlarda qullardan yig‘ilgan qo‘shin uchun nima sababdan alohida joy tashkil etadi? A) avval qullarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish zarur edi B) qullar niyoyatda ko‘p bo‘lganligidan ularni boqish uchu alohida joy tashkil etilgan C) qullar bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillari uchun or tuyilgan D) qullarning boshqa yuqori tabaqa vakillaridan nafratlanishlari va o‘zaro ziddiyat kelib chiqishi sababli 55. Xuroson amirining xalifaga qarshi isyonida qatnashgan va keyinchalik o‘zi qo‘zg‘olon boshlig‘i bo‘lgan tarixiy shaxsni aniqlang. A) Rofe ibn Lays B) Divashtich C) Abu Muslim D) Muqanna 56. Ma’lumki, Abu Muslim qo‘zg‘olonida ishtirok etgan tabaqalarning maqsadlari har xil bo‘lgan. Quyidagi tabaqa vakillarining maqsadlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) arab zodagonlari; 2) mahalliy mulkdorlar; 3) mehnatkash oddiy aholi; 4) qullar a) og‘ir soliqlar va uzluksiz mehnat majburiyatlaridan xalos bo‘lish; b) siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish; c) hokimiyatni abbosiylarga olib berish va mamlakatda o‘z mavqeyini ko‘tarish; d) qaramlikdan qutulish va ozodlikka chiqish. A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 57. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang. 1) Abu Muslim xalifa askarlari tomonidan o‘dirildi; 2) Xalifa Muoviya taxtni egalladi; 3) Arablar tomonidan Marv shahri egallandi; 4) to‘rtinchi xalifa Alining hukmronligi tugadi; 5) Umaviylar sulolasi xalifalik taxtini egalladi; 6) arablar Maymurg‘ga hujum qildi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 3, 6 58. Arablar tomonidan 50 kunlik qamal natijasida egallangan shaharni aniqlang. A) Buxoro B) So‘g‘d C) Poykand D) Termiz 59. Qutayba qo‘shinlarining bir qismi Choch vohasiga yurish boshlaganidan 70 yil o‘tib ... A) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni boshlandi B) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga qarshi Jabroil ibn Yahyo qo‘shin bilan jo‘natildi C) Abu Muslim xalifa askarlari tomonidan o‘ldirildi D) arab askarlari tomonidan Som qal’asi egallandi 60. Qutayba boshliq arab askarlari Poykandni egallagach, ... A) qurol ko‘tarishga qodir barcha erkaklarni qirib tashladi B) shaharga bir lak miqdorida tovon soldi C) shaharning ichki qismi arab askarlariga bo‘shatib berildi va 2 ming dirham tovon solindi D) 4 ming odam asir qilindi va mahalliy aholi uylarining yarmi arablarga bo‘shatib berildi 61. Qayerda arab xalifaligining qo‘shini 4 oy davomida kurash olib borib, qo‘zg‘olonchilarni mag‘lubiyatga uchratgan? A) Som qal’asida B) Narshax qal’asida C) Naxshabda D) Maxuvon qarorgohida 62. Movarounnahr arablarga bo‘ysundirilganidan so‘ng xalifa Umar ibn Abdulaziz murakkab vaziyatni hisobga olib ... A) bo‘ysundirilgan xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi B) o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirish haqida farmon chiqardi C) barqaror pul siyosati yurgizib, oltin va kumush dirhamlar zarb ettirishni yo‘lga qo‘ydi D) xalifalikning asosiy harbiy kuchlarini Bag‘doddan Movarounnahrga ko‘chirish haqida farmon berdi 63. VIII asrning ikkinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatining avj olishiga qanday voqea bahona bo‘lgan? A) soliq va o‘lponlarning nihoyatda oshib ketishi B) Muqanna o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilishi C) Abu Muslimning o‘ldirilishi D) Movarounnanr va Xurosonda hokimiyat uchun kurashlarning kuchayishi 64. 775-yil “Oq kiyimliklar” qo‘liga o‘tgan hududlarni aniqlang. A) Naxshab va Chag‘oniyon vobalari B) Narshax qal’asi va Kesh vodiysi C) Xurosonning janubiy qismi D) Fuzayl ko‘shki va G‘ijduvon 65. 769-783-yillarda Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining yengilishidagi birinchi asosiy sababni aniqlang. A) qo‘zg‘olonchilar oddiy xalqning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lishdi B) qo‘zg‘olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar C) mahalliy mulkdorlar arablar tomoniga o‘tib ketishdi D) uzoq davom etgan qo‘zg‘olon ishtirokchilarni holdan toydirdi 66. Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan? A) 705-yil Balx viloyati atroflarini B) 651-yil Marvni C) 707-yil Poykandni D) 707-yil Buxoro atrofini 67. Talosdan Xitoy qo‘shinlarini quvib chiqargan Ziyod ibn Solih lashkarining asosini kimlar tashkil etar edi? A) faqat sug‘dlar B) turklar, forslar, xorazmliklar C) faqat arablar D) arablar, so‘g‘dlar va turklar 68. VIII asrning o‘rtalarida Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi ... A) mehnatkash aholi turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. B) mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmadi. C) Movarounnahr va Xurosonni mulk sifatida tugatib yubordi. D) Movarounnahrdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni anchagina yaxshilab, dehqonlarga yengillik berdi. 69. Xuroson noibi Ashros davrida amalga oshirilgan tadbirni aniqlang. A) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi B) kumush tangalar zarb qilish va muomalaga kiritish joriy etildi C) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi D) islomni yangi qabul qilgan kishilar faqat jiz’yadan ozod qilindi 70. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylarning yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) Maymurg‘; 2) Chag‘oniyon; 3) Pokand; 4) Marv. a) 667-yil; b) 654-yil; c) 651-yil; d) 707-yil. A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) l-d;2-b; 3-c; 4-a Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling