O‘zbekiston tarixi


Download 1.88 Mb.
bet82/100
Sana23.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1794963
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Bog'liq
Murtazaeva R - O\'zbekiston tarixi. 2005

Xronologik jadval

3-3,5 mln. yil ilgari-Olduvoy odami (Sharqiy Afrika).


1 mln.-700-600 ming yil ilgari-Yava oroli odami (pitekantrop).
700-600 ming yil ilgari-Xitoy odami (sinantrop).
500-50 ming yil ilgari-arxantroplar, Neandertal.
1 mln. yildan ziyodroq-Selung‘ur (Fergantrop).
1 mln.-15-13 ming yil-O‘rta Osiyoda paleolit davri.
1 mln.-100 ming yil-Ilk paleolit .
100-40 ming yil-O‘rta paleolit (Teshiktosh odami).
40-12 ming yil-So‘nggi paleolit.
12-7 ming yilliklar-Mezolit davri (O‘rta tosh davri).
6-4 ming yilliklar- Neolit davri (Yangi tosh davri).
4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshlari-Yeneolit (mis-tosh) davri.
3-2 ming yillik-Bronza asri.
6-4 ming yillik-Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlari.
4 ming yillik oxiri-3 ming yillik boshlari-Lavlakon, Sarazm.
Mezolit-neolit davri-O‘rta Osiyoda ibtidoiy tasviriy san’atning paydo bo‘lishi.
3-2 ming yillik-Zamonbobo, Sopollitepa madaniyatlari.
3 ming yillik-dunyo tarixidagi ilk yozuv paydo bo‘lishi.
4-3 ming yillik-dunyo tarixida ilk davlatlarning paydo bo‘lishi.
1 ming yillikning boshlaridan-temir asri.
Mil.avv. V-IV asrlar-O‘rta Osiyoda ilk yozuv paydo bo‘lishi.
Mil.avv. I ming yillik birinchi yarmi-”Avesto”ning paydo bo‘lishi.
Mil.avv. VII-VI asrning boshlari-Zarato‘shtra faoliyati.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalari-Yeron ahmoniylarining O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib olishi.
Mil.avv. I ming yillik boshlari-O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi.
Mil.avv.VI-IV asrlar-Ahmoniylar mixxat yozuvlari.
Mil.avv. 555-330 yy. O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari Ahmonylar davlati tarkibida.
Mil.avv. 530 y.-Massagetlarning Kir II qo‘shinlarini tor-mor- etishi.
Mil.avv. 522-486 yy.-Doro I hukmronligi.
Mil.avv. 522-y.ning oxiri-Doro I ga qarshi Marg‘iyona qo‘zg‘oloni.
Mil.avv. 519-518 yy.-”Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi Skunha boshchiligidagi kurash.
Mil.avv. V asr o‘rtalari-Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlarning kuchayishi.
Mil.avv. 334 y. bahori-makedon qo‘shinlari forslarga qarshi yurish boshladi.
Mil.avv. 329 y. bahori-Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari Oks (Amudaryo) bo‘ylarga yetib keladi.
Mil.avv. 328 y. bahori- yunon-makedonlarga qarshi kurash avj oldi.
Mil.avv. 327 y. oxiri-Sug‘diyonadagi qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi.
Mil.avv. 334-324 yy.-Makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari natijasida ulkan davlat tashkil topdi.
Mil.avv. 323-y.-makedoniyalik Iskandarning Bobilda to‘satdan vafot etishi.
Mil.avv. 312-y.-Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka hukmronligi o‘rnatildi.
Mil.avv. 293-261 yy.-Antiox G‘arbga qilgan yurishlari bilan shuhrat qozondi.
Mil.avv. 250 y.-Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar.
Mil.avv. 247-y.-Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi Niso shahriga hujum qilib uni egallaydi.
Mil.avv.171-138 yy.-Parfiyada Mitridat I hukmronligi.
Mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-II asrning birinchi yarmi-Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri.
Mil.avv. 250-140G‘130 yy.-Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida.
Mil.avv. III asr boshlari-Qang‘ davlatining paydo bo‘lishi.
Mil.avv. II asr boshlari-Qang‘ davlati yerlarini kengayishi.
Mil.avv. II-I asr- Qang‘ davlatining kuchaygan davri.
Mil.avv. III-mil. V asrlar-Qovunchi madaniyatining yoyilishi.
Mil.avv. II-I asrlar- Xitoy manbalarida Dovon (Da-yun) haqidagi ma’lumotlar.
Mil.avv. 125 y.-Mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syanning Dovonga kelishi.
Mil.avv. II-asr oxiri-Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar.
Mil.avv. 172-161 yy.-Yuyechji qabilalarining xunnlardan mag‘lubiyatga uchrashi.
Mil.avv.140-130 yy.-yuyechjilarning Baqtriyaga bostirib kirishi.
Mil.avv. 125 y.-Katta Yuyechji davlatining inqirozi.
Mil.avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib Guyshuan hokimi Kiotszyukyu, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi.
Mil.avv. II-I asr-O‘rta Osiyoda yunon-makedon hukmronligi tugatilishi.
Mil.avv. IV asr-Hindistonda buddaviylik dinining paydo bo‘lishi.
IV asr-Turon o‘lkasiga shimoldan ko‘chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi.
IV asrning 60-70 yy.-Yeron shohi Shopur II ning xioniylar bilan kurashi.
V asrning 30-yy.-Yeftalitlar bilan Yeron sosoniylari o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv.
459 y.-Yeron taxtiga Peroz chiqadi.
470-529 yy.-Mazdak Hamadon zardo‘shtiylikning asl g‘oyalarini hayotga tadbiq qilmoqchi bo‘lib, o‘z harakat mafkurasini yaratdi.
496 y.- Kubod shohning taxtdan ag‘darilishi.
531-579 yy.-Kubodning o‘g‘li Xusrav I Anushervon.
V-VI asr-dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‘troqlashuvi kuchayishi.
551 y.-Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini turkiylar tomonidan mag‘lub etilishi.
551-744 yy.-Bumin yangi davlat-Turkiy xoqonlikka asos solishi
554 y.-Muqan xoqonning Sharqqa yurishi.
558 y.-Turkiylarning Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashuvi.
563 y.-eftallarga qarshi, shimoldan turkiylar, janubdan sosoniylar hujumi.
576 y.-Muqan xoqon va Istemi yabg‘ularni vafotidan so‘ng Turkiy xoqonlikning ta’siri ancha zayiflasha boshlashi.
600 y.-Qora Churin o‘zini xoqon deb e’lon qilishi.
603 y.- Xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga bo‘linishi.
618 y.- Xoqon Sheguy vafoti; Xoqon Tunyabg‘u davri boshlanishi.
630 y.-Xoqon Tunyabg‘u vafoti.
657-659 yy.-Xitoyning Tan imperiyasi qo‘shinlarini Yettisuvga bostirib kirishi.
570-632-yy.-Muhammad payg‘ambar faoliyati.
650-651-yy.-Arablarning O‘rta Osiyoga harbiy harakatlari boshlanishi.
651 y.-Marv shahrining arablar tomonidan egallanishi.
652 y.-Xuroson noibi Abdulloh Amir Chag‘aniyonni egallashi.
654 y.-Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi.
657 y.- Chag‘aniyonga arablarni qayta yurishi.
683 y.-Xalifa Yazidning vafotidan so‘ng toju-taxt uchun kurash.
705 y.-Qutaybanng Balx viloyatini bosib olishi.
706 y.-Qutaybaning katta qushin bilan Movarounnahrga kirib kelishi.
708-709 yy.-Qutaybaning Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujumi.
710-712 yy.- Xorazmshohning Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzishi.
710-737 yy.-Tarxunning ukasi G‘urakning taxtga o‘tirishi.
712 y. kuzi-Samarqandda arab noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.
713 y. bahori-Qutaybaning yetib kelishi va qo‘zg‘olon bostirilishi.
720 y.-Arablar siyosatiga qarshi Sug‘d aholisining bosh ko‘tarishi.
727-730 yy.-Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig‘i olishni bekor qilinishi.
733-734 yy.-Zarafshon vohasidagi qurg‘oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi.
736-737 yy.-Asadning qo‘shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishi.
718 y.-maxfiy tarzda Muhammad Payg‘ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlashi.
744-750 yy.-Marvon II hukmronlik davrida Ummaviylar siyosatiga qarshi norozilik kuchayib ketishi.
749 y.-Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilishi.
749-754 yy.-Abbosiylardan bo‘lgan Abulabbos Safaroh xalifalik taxtiga o‘tirishi.
751 y.-Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahr boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.
755 y.-Abu Muslimning Bag‘dodda o‘ldirilishi.
813 y.-Ma’munning xalifalik markazi Bag‘dodni egallashi.
821 y.-Tohir ibn Husaynning Xurosonga noib etib tayinlanishi.
822 y.-Tohir ibn Hasayn Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi.
822-830 yy.-Talxa ibn Tohir noib etib tayinlanadi.
839-840 yy.-Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi.
IX asrning 60-70-yillari-Tohiriylarga qarshi xalq harakatlarining kuchayishi (“G‘oziylar”).
873 y.-Safforiylarning tohiriylarga qattiq zarba berib Nishopurni egallashi.
819-820 yy.-Somonxudot nabiralarining turli viloyatlarga noib etib tayinlanishi.
879-892 yy.-Ismoil Somoniyning Buxoroga xokimlik davri.
892-907 yy.-Ismoil Somoniyning Movarounnahr va Xurosonga humronligi.
992 y.- Qoraxoniylar xoni Bug‘roxon Buxoroni egallashi.
997 y.- Nuh II Somoniy ham, Sabuktegin ham vafot etadi.
1017 y.-Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi.
1068 y.-Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurashning boshlanishi.
1080 y.-Shamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi.
1089 y.- Malikshohning Movarounnahrga bostirib kirishi.
1130 y.-Saljuqiy Sanjar Samarqandni egallaydi.
1030 y.-Mahmud G‘aznaviy vafot etadi.
1030-1041 yy.- Ma’sud G‘aznaviy taxtni egalladi.
1035 y.-Saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi.
1040 y.-Ma’sud G‘aznaviy vafot etdi.
1038-1063 yy.-Saljuqiylar davlatining bosh sultoni etib Tog‘rulbek saylandi.
1118-1147 yy.-Hokimiyat buyuk saljo‘qiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili Sulton Sanjar qo‘liga o‘tadi.
1127-1156 yy.- Qutbiddin Muhammad Otsiz hukmdor bo‘ldi.
1158 y.-Yelarslon katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi.
1157 y.-G‘uriylar sultoni G‘iyosiddin Muhammad Hirotni egalladi.
1194 y.-mart oyida Takash qo‘shinlari Tog‘rul II ga qarshi urush ochdi.
1200 y.-Takash vafot etdi.
1203 y.-Muhammad Horazmshoh qoraxitoylarning yordamida Xurosonni butunlay bosib oldi.
783-850 yy.-Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy faoliyati.
797-865 yy.-Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy yashab ijod qilgan.
873-951 yy.-Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy (O‘tror) Forob yaqinida Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va Damashqda vafot etgan.
899-959 yy.-Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy faoliyati.
980-1037 yy.-Abu Ali ibn Sino faoliyati.
973-1048 yy.-Abu Rayhon Beruniy faoliyati.
960-1041 yy.-Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy faoliyati.
809-870 yy.-Imom Buxoriy faoliyati.
824-892 yy.-Imom at-Termiziy faoliyati.
1103-1179 yy. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati.
1145-1221 yy.-Najmiddin Kubro faoliyati davri.
1127 y.-Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat-Minorayi Kalon barpo etildi.
1204 y.-Uyg‘ur alifbosi mo‘g‘ul yozuvi uchun asos sifatida qabul qilindi.
1215 y.-Dashti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi.
1218 y.-Muhammad Xorazmshoh o‘zining yangi poytaxti deb e’lon qilgan Samarqand shahriga kirib keldi.
1219 y.-Chingizxon o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi.
1220 y.-Chingizxon Termizga yurish boshladi.
1220 y.-Muhammad Xorazmshoh plevrit kasali bilan og‘rib Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi.
1221 y.-Jaloliddin Manguberdi G‘aznaga kirib keladi.
1221 y.-Sind daryosi bo‘yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi.
1230 y.-10 avgustida Ko‘niya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‘lub etadi.
1227 y.-Chingizxon o‘limi arafasida o‘g‘illariga turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo‘lib berdi.
1238 y.-Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.
1256 y.-Mo‘g‘ullar Xulagu boshchiligidagi Yeron, Kurdiston, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa yerlariga hujum qiladilar.
1241 y.-Oltin O‘rda davlatining tashkil topishi.
1261-1266 yy.-Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
1251-1259 yy.- Oltin O‘rdada Munqa hoqon hukmronligi.
1272 y.-Xulagiylar tomonidan Kesh va Nasafning talon-taroj etilishi.
1271 y.-Ma’sudbekning pul islohoti o‘tkazishga kirishishi.
1318-1326 yy.-Duvaxon hukmronligi davri va uning islohotlar o‘tkazishi.
1326-1334 yy.-Oloviddin Tarmashirin faoliyati.
1343-1346 yy.-Qozonxon hukmronligi.
1333 y.-Arab sayyohi Ibn Battuta Buxoroda bo‘ldi.
1247-1326 yy.-Pahlavon Mahmud faoliyati davri.
1318-1389 yy.-Bahovuddin Naqshband faoliyati davri.
1336-1405 yy.-Amir Temur faoliyati davri.
1360-1370 yy.-Amir Husayn va Temurning Movarounnahr siyosiy hayotida faollashuvi.
1361-1365 yy.-Amir Husayn va Temur o‘rtasidagi iliq munosabatlar davri.
1365-1370 yy.-Amir Husayn va Temur munosabatlarining yomonlashuvi.
1362 y.-Seyistondagi jangda Temurning jarohatlanishi.
1363 y.-Mo‘g‘ul xoni Ilyosxo‘janing Movarounnahrga yangi hujumi.
1365 y.-”Loy jangi”.
XIV asrning 30-yillari-Yeronda sarbadorlar harakatining paydo bo‘lishi va 50-60-yillarda Movarounnahrda yoyilishi.
1366 y.-Amir Husaynning Samarqand taxtiga o‘tirishi.
1370 y.-Amir Husaynning vafoti va Temurning taxtga o‘tirishi.
1372-1388 yy.-Amir Temurning Xorazmga besh marta yurish qilishi.
1386-1388 yy.-”Uch yillik” yurish.
1392-1396 yy.-”Besh yillik” urush.
1399-1404 yy.-”Yetti yillik” urush.
1395 y.-To‘xtamishxonning batamom tor-mor etilishi.
1387-1392 yy.-Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning Temurga bo‘ysundirilishi.
1398 y.-Hindiston yurishining tugashi.
1400-1402 yy.-Misr va Turkiyaning bo‘ysundirilishi.
1366-1408 yy.-Temurning o‘g‘li Mironshoh faoliyati.
1377-1447 yy.-Shohruh Mirzo faoliyati.
1394-1449 yy.-Ulug‘bek Mirzo faoliyati.
1405-1409 yy.-Samarqandda Xalil Sulton hukmronligi.
1405-1406 yy.-Xalil Sultonning Shohruh va Pirmuhammad qo‘shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun kurashi.
1407 y.-Pirmuhammadning Pir Ali Toz tomonidan o‘ldirilishi.
1409 y.-Shohruhning Samarqandni egallashi.
1411 y.-Ulug‘bekning Samarqand taxtini mustaqil boshqara boshlashi.
1413 y.-Shohruh tomonidan Yeronning egallanishi.
1414-1415 yy.-Ulug‘bekning Farg‘onani egallanishi.
1416 y.-Qoshg‘arni Ulug‘bekka topshirilishi.
1425 y.-Ulug‘bekning Mo‘g‘uliston qo‘shinlarini tor-mor etishi.
1427 y.-Ulug‘bekning Dashti Qipchoq qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchrashi.
1428 y.-Ulug‘bekning Movarounnahrda pul islohoti o‘tkazishi.
1446 y.-Shohruh Mirzoning so‘nggi harbiy yurishi.
1448 y.-Ulug‘bek va Abdulatif qo‘shinlari Tarnob yaqinida Alouddavla qo‘shinlarini tor-mor etishi.
1449 y.-Abdulatif va Ulug‘bek o‘rtasida jang.
1450 y.-Padarkush Abdulatifning o‘ldirilishi.
1451-1469 yy.-Samarqandda Sulton Abusayid Mirzo hukmronligi.
XV asrning ikkinchi yarmi-Movarounnahr va Xurosonda Temuriy shahzodalarning toj-taxt uchun kurashlari.
1417 y.-Buxoroda madrasa bunyod etildi.
1420 y.-Samarqandda madrasa qurildi.
1433 y.-G‘ijduvonda madrasa qurildi.
1424-1429 yy.-Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilishi.
1469-1506 yy.-Husayn Boyqaro hukmronligi.
1480 y.-Dashti qipchoqda Shaybonixon hokimiyat tepasiga keldi.
1494 y. -Farg‘onada Bobur Mirzo hokimiyat tepasiga keldi.
1497 y.-Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi.
1500 y.-Shayboniyxon Samarqandni egalladi.
1500 y.-Bobur Mirzo Samarqandni ikkinchi marta egalladi.
1501 y.-Shayboniyxon Samarqandni yana egalladi.
1505 y.-Shayboniyxon Xorazmni zabt etdi.
1507 y.-Shayboniyxon Xurosonni egalladi.
1510 y.-Shayboniyxonning Yeron shohi Ismoil bilan to‘qnashuvi va halok bo‘lishi.
1511 y.-Shoh Ismoilning Movarounnahrga hujumi.
1512 y.-Xorazm xonligining tashkil topishi.
1526-1858 yy.-Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligi.
1538 y.-Ubaydullaxonning Xorazmni egallashi.
1557-1598 yy.-Abdullaxon II hukmronligi. Uning Balxni (1573), Shahrisabz, Qarshi, Hisorni (1574), Samarqandni (1578), Toshkentni (1580), Urganchni (1595) zabt etishi.
1548-1549 yy.-Abdulazizxon xonaqohi, Mag‘oki Attori masjidi qurildi.
1558-1559 yy.-Antoniy Jenkinsonning Buxoroda bo‘lishi.
1581 y-Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi qurildi.
1587 y.-Shoir Mushfiqiy vafoti.
1601 y.-Ashtarxoniylar hukmronligining boshlanishi.
1612-1613 yy.-Toshkentda Imomqulixonga qarshi qo‘zg‘olon.
1616 y.-Arab Muhammad madrasasining qurilishi.
1619-1622 yy.-Yelchi Ivan Xoxlovning Xiva xonligida bo‘lishi.
1619y.-Sherdor madrasasining qurilishi.
1657-1662 yy.-Buxoroda Abdulazizxon madrasasi qurildi.
1669-1671 yy.-Yelchilar aka-uka Pazuxinlarning Buxoro xonligida bo‘lishi.
1681 y.-Qoraqalpoqlarning Subhonqulixonga qarshi qo‘zg‘oloni.
1645-1724 yy.-Shoir So‘fi Olloyor hayoti va faoliyati.
1685 y.-Xiva xonining Samarqandni egallashi.
1688 y.-Xiva xonligining Buxoro xonligiga bo‘ysundirilishi.
1700 y.-Shohniyoz jo‘natgan elchining Rossiyaga borishi.
1708 y.-Ubaydullaxonning pul islohoti o‘tkazishi.
1710 y.-Qo‘qon xonligi tashkil topishi.
1714-1717 yy.-Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga qarshi yurishi.
1716 y.-Xonquli to‘pchiboshi boshchiligida Buxoro xoni elchilarining Rossiyaga borishi.
1718-1724 yy.-Florio Beneveni elchiligi.
1722-1723 yy.-Jung‘orlarning O‘rta Osiyoga hujumi.
1740 y.-Nodirshohning O‘rta Osiyoga yurishi.
1741 y.-Xivaliklarning eronliklarga qarshi ozodlik kurashi.
1742 y.-Qoraqalpoq zodagonlarining Rossiya vassalligiga o‘tishi.
1753-y.-Buxoroda hokimiyat tepasiga mang‘itlar keldi.
1765 y.-Xivada Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi.
1770 y.-Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irotlar egalladi.
1774-1776 yy.-Yernazar Maqsud o‘g‘li elchiligining ikkinchi bor Rossiyada bo‘lishi.
1825-1899 yy.-Komil Xorazmiy Niyozmuhammad o‘g‘li yashagan yillar.
1827-1828 yy.-Qoraqalpoqlarning Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni.
1827-1900 yy.-Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodiy faoliyati yillari.
1839 y.-General Perovskiy boshchiligidagi rus qo‘shinlarining Xivaga yurishi.
1841-1842 yy.-Ingliz josuslari Stoddart va Konollining xonliklarda bo‘lishi.
1842 y.-Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligini bosib olishi.
1847 y.-General Obruchev Xivaning Rayim qal’asini egalladi.
1850-1903 yy.-Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiy yashagan yillar.
1851-1914 yy.-Jadidlar yetakchisi Ismoil Gaspirali yashagan yillar.
1853 y.-Perovskiy qo‘mondonligidagi rus qo‘shinlari Oqmachit harbiy istehkom qal’asini egalladi.
1854 y.-Verniy istehkomi ruslar tomonidan egallandi.
1858-1909 yy.-Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat yashagan yillar.
1864 y.-Polkovnik Chernyayev qo‘shini Avliyoota qal’asni bosib oldi.
1864 y. 12 iyun-Polkovnik Veryovkin qo‘shini Turkiston shahrini zabt etdi.
1864 y. 22 sentyabr-Chimkentga rus qo‘shinlari ikkinchi marta hujum boshladi va bosib oldi.
1865 y. 29 aprel-General Chernyayev Niyozbek qal’asini bosib oldi.
1865 y. 17 iyun-Toshkent shahri qattiq jangdan keyin bosib olindi.
1866 y.-General Romanovskiyning qo‘shini Yerjar yonida amirlik qo‘shinlarini tor-mor keltirdi.
1866 y. 24 may-Amirlikning Xo‘jand qal’asi egallandi.
1866 y. 2 oktyabr-O‘ratepa bosib olindi.
1866 y. 18 oktyabr-Ruslar Jizzaxni bosib oldi.
1867 y. 14 iyul-Podsho Aleksandr II farmoni bilan Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi.
1867 y.-Toshkentda meteorologik stansiya ochildi.
1868 y. 1 may-Fon Kaufman qo‘mondonligidagi qo‘shin Cho‘ponota tepaligini bosib oldi.
1868 y. 2 may- Ruslar Samarqand shahrini egalladi.
1869 y. 23 iyun-Zirabuloq shartnomasi tuzildi. Amir Muzaffarxon podshoga vassal “hukmdorga” aylandi.
1870 y.-Toshkentda kutubxona ochildi.
1871 y.-Muhammad Rahimxon madrasasi qurildi.
1873 y.-Chor Rossiyasi qo‘shinlarining Xiva xonlgiga hujumi.
1873 y. 23 may- Xazorasp qal’asi bosib olindi.
1873 y. 29 may-Xiva jang bilan egallandi.
1873 y. 12 avgust-Gandamiyon sharnomasi tuzildi va Xiva Rossiya vassaliga aylandi.
1873 y.-Turkiston general-gubernatorligiga bo‘ysundirilgan Amudaryo bo‘limi tashkil qilindi.
1809-1874 yy.-Muhammad Rizo Ogahiy yashagan yillar.
1873-1876 yy.-Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
1876 y. 3 mart-Qo‘qon xonligi tugatildi.
1875 y.-Avliyootada birinchi rus qishlog‘i tashkil etildi.
1878-1919 yy.-Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik vakil Mahmudxo‘ja Behbudiy yashagan yillar.
1878-1931 yy.-Jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li yashagan yillar.
1879 y.-Toshkentda birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.
1881 y.-Go‘ktepa qal’asi bosib olindi va mudofaachilar butunlay qirib tashlandi.
1882-1883 yy.-podsho hukumati Turkiston general-gubernatorligi ma’muryati faoliyatini tekshirish uchun F.K.Girs boshchiligida komissiya jo‘natdi.
1882-1885 yy.-Farg‘ona vodiysida dehqonlar harakati.
1884 y.-Toshkentda birinchi rus tuzem maktabi ochildi.
1885 y.-Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tashkiloti ochildi.
1886 y. 12 iyun-Turkiston o‘lkasini boshqarish “Nizomi” kuchga kirdi.
1886 y.-Mullaqordan boshlangan temir yo‘l Marvgacha yetkazildi.
1886 y.-Farg‘onada birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.
1886-1939 yy.-Jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Fitrat yashagan davr.
1889 y.-Turkistonda Rossiya Markaziy banki bo‘limi ochildi.
1892 y.-Toshkent qo‘zg‘oloni.
1894-1940 yy.-O‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy yashagan yillar.
1896-1938 yy.-Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev yashagan davr.
1897 y.-Andijonda birinchi yangi usul maktabi ochildi.
1898 y. may-Andijonda Dukchi Yeshon qo‘zg‘oloni.
1900 y.-”Ustodi avval” alifbo kitobi nashr etildi.
1900-1906 yy.-Toshkent-Orenburg temir yo‘li qurib ishga tushirildi.
1909 y.-Toshkentda Munavvar Qori boshchiligida Jamiyati xayriya tuzildi.
1910 y.-Yosh buxoroliklar partiyasi vujudga keldi.
1912 y.-Toshkentda Sapyorlar qo‘zg‘oloni.
1913y.-Toshkentda jadidlarning “Taraqqiyparvarlar” tashkiloti tuzildi.
1914 y. 26 iyul-Turkistonda favqulodda holat e’lon qilindi.
1914 y.-Xivada Yosh xivaliklar partiyasi shakllandi.
1916 y. 4 iyul- Xo‘jand qo‘zg‘oloni.
1916 y. iyul- Toshkent qo‘zg‘oloni.
1916 y. iyul-Jizzax qo‘zg‘oloni.
1917 y. 28 fevral-Rossiyada fevral inqilobi g‘alaba qozondi.
1917 y. 13 mart-Toshkentda “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti tuzildi.
1917 y. 16-23 aprel-Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston musulmonlari kengashi tashkil etildi.
1917 y. 26 aprel-Xiva xonligida Majlis (mahkamayi adliya) tuzildi.
1917 y. iyun-”Sho‘roi Ulamo” tashkiloti tuzildi.
1917 y. 17-20 sentyabr-Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi bo‘lib, unda “Ittifoqi muslimin” tuzildi.
1917 y. 1 noyabr-Toshkentda bolsheviklar zo‘ravonlik bilan hokimiyatni egalladi.
1917 y. 26-28 noyabr-Qo‘qonda Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘ldi va Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.
1918 y. 22 fevral-Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlar tomonidan tor-mor etildi.
1918 y. fevralning oxiri-Turkistonda sovet tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlandi.
1918 y. mart-”Kolesov yurishi” bo‘ldi va Buxoro amirligi bilan Turkiston respublikasi o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi.
1918 y. 30 aprel- Turkiston avtonom sovet respublikasi tuzildi.
1919 y. mart-Turor Risqulov rayisligida Turkiston o‘lkasi musulmonlar byurosi tuzildi.
1919 y. 9 aprel-Junayidxon bilan sovet Rossiyasi o‘rtasida Taxta bitimi imzolandi.
1919 y. 22 oktyabr-Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.
1920 y. 2 fevral-Sovet hukumati qo‘shinlari Xiva shahrini bosib oldi va Xiva xonligi tugatildi.
1920 y. 26 aprel-Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
1920 y. 3 may-Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati tuzildi.
1920 y. 2sentyabr-Turkfront qo‘mondoni M.Frunze boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro shahrini ishg‘ol qildi va Buxoro amirligi tugatildi.
1920 y. 6-8 oktyabr-Buxoro Xalq Soveti Respublikasi tuzildi.
1921 y. avgust-Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzildi.
1923 y. mart-O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi.
1925 y. 13 fevral-O‘zbekiston SSR tuzildi.
1925 y. fevral-Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tuzildi.
1925-1929 yy.-O‘zbekistonda yer-suv islohoti o‘tkazildi.
1927 y.-O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1927 y.-”Hujum” kompaniyasi boshlandi.
1929 y. oxiri-Munavvar Qori boshchiligidagi “Milliy istiqlol” tashkiloti a’zolari qatag‘on qilindi.
1930-1932 yy.-O‘zbekistonda o‘ziga to‘q xo‘jaliklar “quloq” sifatida tugatilib, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish amalga oshirildi.
1932 y. mart-O‘zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar komiteti tashkil qilindi.
1934 y. mart-O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
1935 y.-Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchradi.
1937 y. 23 mart-Qoraqalpog‘iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilinib, QQASSR O‘zbekiston tarkibiga kirdi.
1937-1938 yy.-Mustabid sovet rejimi O‘zbekistonda ommaviy ravishda qatag‘onlar o‘tkazdi.
1939 y. 1 avgust-15 sentyabr-Katta Farg‘ona kanali qazildi.
1941 y. 22 iyun-1945 y. 9 may-O‘zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urushda ishtirok etdilar.
1943 y. 4 noyabr-O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etildi.
1943-1944 yy.-O‘zbekistonga qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, bolqarlar, pontiya greklari va mesxeti turklar ko‘chirildi.
1944 y. yanvar-Respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyi.
1949-1952 yy.-ko‘pgina mashhur o‘zbek ijodiy ziyolilari asossiz qatag‘on qilindilar.
1950-60 yy.-O‘zbekistonda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish choralari ko‘rildi.
1951-1954 yy.-Toshkent botanika bog‘i yaratildi.
1956 y. 5 noyabr-O‘rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushdi.
1958-1960 yy. - Jarqoq - Buxoro - Samarqand - Toshkent magistral gaz quvuri qurildi.
1959-1965 yy.-450 dan ziyod sanoat korxonalari ishga tushirildi.
1963 y.-Buxoro-Ural gaz quvuri ishga tushirildi.
1965 y.-Amu-Buxoro kanali qurildi.
1966 y. 26 aprel-Toshkent shahrida kuchli zilzila bo‘ldi.
1967 y.-Dunyodagi eng uzun O‘rta Osiyo-Markaz gaz quvuri qurildi.
1969 y.-”Tashavtomash” zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.
1977 y. 6 noyabr-Toshkent metropolitenining birinchi navbati ishga tushdi.
1984-1989 yy.-”Paxta ishi” natijasida O‘zbekistonda o‘n minlab kishilar qatag‘on qilindi.
1985-1990 yy.-Qayta qurish yillari
1989 y. 21 oktyabr-”O‘zbekiston SSRning davlati tili haqida”gi Qonun qabul qilindi.
1990 y. 24 mart-I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1990 y. 20 iyun-O‘zbekiston SSR Oliy Soveti “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.
1991 y. 31 avgust-O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi.
1991 y. 1 sentyabr-O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi.
1991 y. 1 noyabr-O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991 y. 18 noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
1991 y. 29 dekabr-I.Karimov muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
1992 y. 14 yanvar-O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etildi.
1992 y. 2 mart-O‘zbekiston BMT a’zoligiga qabul qilindi.
1992 y. may-”Vatan taraqqiyoti” partiyasi tashkil topdi.
1992 y. 2 iyul-O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.
1992 y. 28 noyabr-O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining a’zosi bo‘ldi.
1992 y. 8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992 y. 10 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1993 y.-O‘zbekiston-AQSh hamkorligida oltin qazib olish bo‘yicha “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
1993 y. 7 may-I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
1994 y. 5 may-”O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali ta’sis etildi.
1994 y. 5 may-”Mustaqillik ordeni”, “Do‘stlik” ordeni hamda “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis etildi.
1994 y. 1 iyul-O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-So‘m muomalaga kiritildi.
1995 y. 18 fevral-”Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi.
1995 y. 29 mart-O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi Markaziy komissiya referendum yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolat muddati umumxalq ovoz berishi natijasida 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi.
1995 y. 6 may-”Mehnat shuhrati”, I va II darajali “Shon sharaf” ordenlari ta’sis etildi.
1995 y. 3 iyun-O‘zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil topdi.
1996 y.-Amir Temur yili.
1996 y. 26 aprel-”Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
1996 y. 19 iyul-Asakada “O‘z DEU avto” zavodining rasmiy ochilishi bo‘ldi.
1996 y. 28 avgust- Samarqand va Shahrisabz shaharlari “Amir Temur” ordenlari bilan mukofotlandi.
1996 y. 21 oktyabr-Toshkentda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikalari Prezidentlari oliy darajadagi uchrashuvida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
1997 y. oktyabr-Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.
1997 y.-Prezident I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari nashr etildi.
1998 y. 28 dekabr-Fidokorlar partiyasi tashkil topdi.
1998-y. I.A.Karimovni “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
1998 y 24 oktyabr-Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi.
1998 y. 23 oktyabr-Imom al-Buxoriyni 1225 yilligi nishonlandi.
1999 y. 15 mart-O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida “Sam Koch avto” korxonasi ishga tushdi.
1999 y. 24 aprel-O‘zbekiston Gruziya, Ozarbayjon, Ukrayina, Moldoviya a’zo bo‘lgan, hozirda “Guuam” deb yuritiladigan iqtisodiy tashkilotga a’zo bo‘ldi.
1999 y. 5 noyabr-Vatandoshimiz, mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining Xiva tuprog‘ida 800 yillik yubileyi nishonlandi.
1999 y.-I.A.Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
2000 y. 9 fevral-Shahrisabzda Amir Temurning tavalludi nishonlandi.
2000 y. 14 aprel-”Vatan taraqqiyoti” va “Milliy tiklanish” partiyasini qo‘shma qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Ikki partiya birlashib, “Fidokorlar milliy demokratik partiyasi” tuzildi.
2000 y. 12 may-Toshkentning Yunusobod mavzeida istiqlol kurashchilariga atab “Shahidlar maydoni” ochildi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling