O'zbekiston tarixi


 Matkarimov M. Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Matkarimov M. Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi. 
Urganch, 1993,40-bet.
191 


г 
asosan Toshhovuz va To„rtko„ldagi Qizil askarlar Xivaga keltirildi. 
Voqealarning keyingi rivojlanib borishi Xorazmning davlat «mustaqilligi»ni 
tan olgan RSFSR olib borayotgan siyosatning asl mohiyatini xalqaro jamiyat 
oldida sharmandalarcha fosh etdi. 
1921- 
yil 27-noyabrda I.M.Bikning buyrug„iga asosan Xorazm 
Kompartiya MQ, Xorazm MIQ, Respublika Nozirlar Kengashining 
kengaytirilgan majlisi chaqirtiriladi. Unda Xorazm MIQning raisi 
Otamaxsumoxun Muhammadrahimovni, Nozirlar Kengashining raisi 
Menglixo„ja Ibniyaminovni, Xorazm MIQning ish boshqaruvchisi Mulla 
Bekchon Rahmonovni, Xorazm MIQ Ijroiya boiimining boshligi 
Mahammadjon Abdalovni, Moliya noziri Muhammad Yusup Otajonovni, 
Doxiliya noziri Hasan Ermatovni, Xorijiya noziri Mulla 0„roz 
Xo„jamuhammadovni, Harbiy ishlar noziri Mirkomil Mirsharopovni
turkman sho„basining raisi Yangiboy Murodovni, Trigulovni, Agaydarovni 
va Yungirovni Xorazm xalqining dushmani, deb eion qilindi va ulaming 
hammasini hibsga olishga qaror qilindi
1
. Nomlari keltirilgan Xorazm 
hukumati a‟zolarini qamoqqa olish maqsadida, ulaming har birining uyiga 
qizil askarlar yuborildi. Askarlar hukumat a‟zolarining uylarini tintuv 
qilganlar, Menglixo„ja Ibniyaminov, Mulla Bekchon Rahmonov qamoqqa 
olingan. 
Hukumat a‟zolaridan Mirkomil Mirsharopov, Hasan Ermatov, 
Yangiboy Murodov, Yungirov, Agaydarov, Trigulovlar RSFSRning 
Xivadagi vakolatxonasi ixtiyoriga berilgan va ular Xorazmdan chiqarib 
yuborilganlar. Xorazm MIQning raisi Otamaxsumoxun Muhammadrahimov 
27-noyabrdagi kengaytirilgan qo„shma majlisga chaqirilmagan edi. Mazkur 
majlisda o„zi haqida chiqarilgan hukmdan xabardor boigach, Olloqulixofi 
madrasasida yashirinadi va bir muddat shu yerda jon saqlaydi. Ammo u shu 
yerda tez orada qoiga olinib otib tashlanadi. Hukumat a‟zolaridan 
Menglixo„ja Ibniyaminov va Mulla Bekchon Rahmonovlarga dastlabki chi-
qarilgan oiim jazosi hukmi har biriga 10-yildan qamoq jazosiga o„zgartirildi. 
Muhammadjon Abdalovga bir yil, Muhammad Yusup Otajonovga besh yil 
qamoq jazosi tayin etildi. Mulla 0„roz Xo„jamuhamedov xizmatlari va 
Xorazm 
delegatsiyasi 
tarkibida 
Moskvaga 
borib 
V.I.Lenin 
bilan 
uchrashuvda boiganligi kabilar inobatga olinib qamoqdan ozod etildi. Biroq 
o„z orqasidan doimo ta‟qib va tazyiq uyushtirilganligi sababidan tez orada 
Junaidxon 
1
0„sha manba, o„sha sahifa. 
192 


tomonga o„tib ketdi. Xorazm hududidan chiqarib yuborilgan Mirkomil 
Mirsharopov va Xasan Ermatovlarga nisbatan qoilanilgan jazo choralari 
biroz yumshatildi. Ular Markazga harbiy o'qishga yuborilgan edilar. 
Mirkomil Mirsharopov keyinchalik 1924-yil fevralda XSSR (Xorazm 
Sho„ro Sotsialistik Respublikasi)ga maxsus topshiriq bilan qaytib kelib 
harbiy nozir yordamchisi lavozimiga tayinlandi va Junaidxonga qarshi 
kurashdi. 
1921- 
yil noyabrda qamoq jazosiga hukm qilingan XXShR 
hukumat a‟zolarining ba‟zilari: Mulla Bekchon Rahmonov, Mu- hammadjon 
Abdalov, Menglixo„ja Ibniyaminov va boshqalar. 
1922- 
yilning boshlarida qamoqdan ozod etilib hukumat va partiya 
ishlarida foydalanilgan edi. 
Xullas, 1921-yil 27-noyabrdan e‟tiboran RSFSRning Xorazmdagi 
vakolatxonasining rahbari I.M.Bik «mustaqil» Xorazmning mutloq 
hukmdoriga aylandi. Uning ko„rgazmasiga asosan XXShR MIQning yangi 
tarkibi shakllantirildi. 12 kishidan iborat boigan bu hukumatga Yangiboy 
Murodov rais etib tayinlandi
1
. U asli millati turkman boiib, yetarli tahsil 
ko„rmagan shaxs edi. Shu boisdan ham Yangiboy Murodov uzoq muddat 
ishlay olmadi. Tez orada uning o„miga Sulton Qori Jumaniyozov tayinlandi. 
Shuningdek yangi hukumat tarkibiga kiritilgan MIQ hay‟ati a‟zolari ham o„z 
lavozimlarini «eplay olmaganliklari» tufayli tez-tez almashtirilib turilgan. 
Shunday qilib I.M.Bik tomonidan XXShR yangi hukumatining tashkil 
etilishi amalda Xorazmda amalga oshirilgan ikkinchi marta davlat 
to„ntarishi va XXShR hukumati rahbarlarining badnom qilinishi edi. 
1921- 
yil 4-dekabrda XXShR MIQning majlisi boidi. Unda 
Otamaxsumoxun 
Muhammadrahimov 
hukumati 
tomonidan 
amalga 
oshirilgan bir qator tadbirlar bekor qilindi va MIQ va Nozirlarga kelgusida 
amalga oshirishi lozim boigan ishlar rejasi belgilab berildi. 
XXShR 
MIQning 
1922-yil 
23-yanvar 
qarori 
bilan 
Xorazm 
Respublikasi Harbiy tribunali tashkil etildi, Adliya nozirligi xodim- larining 
ishlari mazmuni aniqlab berildi. Unga ko„ra 32 moddadan iborat jinoyat 
qonuni tuzilgan boiib, sud tuzilishi va jinoyat qonunlarining asosiy 
prinsiplari o„z ifodasini topgan edi. 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling