O'zbekiston tarixi
-§. Xorazmda sho‘ro askarlarining bosqini
Download 6,43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
6-§. Xorazmda sho‘ro askarlarining bosqini
1920-1924-yillar davomida qizil askarlar Xorazmda «xalq» sho„rolar respublikasini o„matish jarayonida mislsiz beboshliklami amalga oshirdilar, ta‟rif va tarixga sig„maydigan qonli fojialami uyushtirdilar, xalq va millat nomusini oyoq osti qilib uni haqorat balchigiga beladilar. Bu ishlami amalga oshirishda Xorazm xalqiga «hurlik va ozodlik» hadya qilish uchun «Inqilobni qoilab- quvvatlash» bayrogi ostida oikaga kelgan «chaqirilmagan mehmon»lar razillik va qabohatning inson ko„zi ko„rmagan va qulogi eshitmagan usullaridan foydalandilar. Bunday xatti-harakatlar har qanday sof vijdonli kishining ham nafratini uyg„otmasligi 200 mumkin emas edi. Buni biz G.I.Broydaning ilmiy merosi orqali ochiq-oydin ko„rishimiz va undan tegishli xulosa chiqarishimiz mumkin. Qonuniy savol tug„iladi. G.I.Broydaning o„zi kim? 1 1920-yil 10-fevralda Turkkomissiya yig„ilishida Broyda bunday degan edi: «0„zimiz qilayotgan tartibsizliklami (Xorazmdagi tartibsizliklar - muall.) tushunib yetolmayapman, komissiyaning har bir a‟zosi mustaqil ish yuritmayapti, nazarimda Skalovning (RSFSR XKK va BMIK komissiyasining Turkiston ishlari hamda TASSR Harbiy-Inqilobiy kengashi Xiva-Amudaryo boiimi muxtor vakili - muall.) bunday ishga qoi urishiga kimdir yo„l-yo„riq bergan. (Unga ko„rsatmani Eliava va Kuybishev imzosi bilan Turkiston Harbiy Inqilobiy Kengashi bergan - muall). Men esa butunlay boshqacha ko„rsatma bergan edim, harbiy guruhlarimiz Xiva ishlariga aralashsa qanday muammolar kelib chiqishini eslatgandim 2 . Darhaqiqat, Xivada vaziyat keskinlashdi. Amudaryo boiimi rahbarlari xatoga yoi qo„ymasligi, RSFSRning ojiz davlatlarga boigan munosabatidagi mezonlar buzilmasligining oldini olish uchun BMIK komissiyasi Broydani muxtor vakil etib tayinlaydi. 1920-yil 29-martda Broyda boshchiligida 150 ga yaqin kishi Petro- Aleksandrovskka (hozirgi To„rtko„1) keladi. Missiya a‟zolari mavjud vaziyatni o„rganar ekan, jiddiy suiste‟molliklar va xatoliklarga yo„1 qo„yilganligini aniqlaydi. Bu xususda harbiy tribunal raisi I.R.Fonshteynning Toshkentga yozgan maktubida shunday jumlalami o„qiymiz: «Biz bu yerda ko„rgan narsalar Download 6,43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling