O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 O'sha manba, 179-bet.
2
 O'zb KP MQ Qoshidagi MPA, 57-f., 1-yozuv, 32-ish, 72-73-betlar.
202


Ushbu masalada so„zga chiqqan T.Risqulov Turkkomissiya bunday 
holatga toqat qilmasligi kerak, u 20 ta qaror qabul qilgan bo„lsa-da, birortasi 
ham bajarilmayapti
1
, degan. Sa‟dulla Tursunxo„jaev esa o„z xulosasini 
yanada keskinroq qilib, «bu yerda kommunistlar emas, balki qurollangan 
banditlar faoliyat ko„rsatmoqdalar»
2
, deb yakunlaydi. Shuncha achchiq 
so„zlardan key in ham Turkkomissiya a‟zosi F.I.Goloshekin muhokama 
qilinayotgan masalaga bepisandalik bilan qarab, hatto «hech qanday qaror 
qabul qilmaslik kerak»
3
ligini aytadi. 
V.V. Kuybishev esa bu masalaga bunchalik jon kuydirib e‟tibor 
berishning hojati yo„q, deydi. Umjg fikricha, Xivada ishonchli askarlaming 
o„zi yo„q, bir «qaroqchilar guruhi bilan ikkinchi qaroqchilar guruhini 
almashtirishdan hech qanday mantiq ko„rinmaydi». U Broyda fikriga 
«ehtiyotkorlik bilan yondoshish»ni, «biz unga o„zimizning sovuq 
munosabatimizni bildiramiz» deydi. Chunki Broyda «bu masalani ongli 
sur‟atda 
chigallashtirmoqda» 
deb 
hisoblaydi. 
T.Risqulov 
bilan 
S.Tursunxo„jaevlar, V.V. Kuybishev xulosasiga ko„ra, ongli sur‟atda Broyda 
fikrlariga qo„shilishga harakat qilgan emishlar. 
M.V.Frunze bo„lsa 1920-yil 14-aprelda V.I. Leninga «Turkistondagi 
ahvol to„g„risida» yozgan xatida «Markaziy Qo„mita Broydani Turkistonga 
yuborib juda katta xatolikka yo„1 qo„ygan. Faoliyatning barcha sohasida 
men uni «Turkkomissiyasining johil dohiysi» deb hisoblayman; shaxsiy 
hayotda esa - bu oddiy qo„poruvchidir»
4
, deydi. Bu so„zlarga izoh 
ortiqchadir. 
Sho„ro hukumati rahbarlari Xorazm vohasida o„zlarining «ulug„ 
davlatchilik» qabih niyatlarini amalga oshirishda tub yerli millatlar, xalqlar, 
qabila va urugiar o„rtasida davom etib kelgan noahilliklar, ziddiyat va 
qarama-qarshiliklardan ustalik bilan foydalanadilar. Jayhun daryosi suvidan 
foydalanish bobida o'zbeklar bilan turkmanlar o„rtasida ham ba‟zi bir 
kelishmovchiliklar bo„lgan. Bu hoi mustamlakachi milliy raqiblarimizga 
juda qo„l kelgan edi. Buni 1922-yil 18-iyulda boiib o„tgan Turkiston 
Kompartiya MIQ 
IV plenumining beshinchi majlisida Qaygisiz Sardarovich Otaboev 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling