Markazdan berilgan buyruq va ko„rgazma asosida ko„r-ko„rona
amalga
oshirilgan edi.
Kompartiya a‟zolari va sho„ro hukumatiga xizmat qilayot- ganlarga
alohida imtiyozlar va yengilliklar berildi.
Qizil askarlar va ulaming
komandirlari hamda 10 tanobgacha yeri boigan mirshablar barcha soliq -
oliqlardan ozod qilindilar. 0„rta hoi, boy va badavlat boimaganlar ham ko„p
miqdorda soliq toiaydigan boidilar. Mana shu dalilning o„zi «adolatli» soliq
tizimining adolatsizligini ko„rsatar edi. Savdogarlardan
olinadigan patent
soligi ham hamma uchun bir xil boidi. Katta-kichik savdogarlar farqlanmadi.
Bu «tenglik» o„z navbatida tengsizlikni kuchaytirdi. Bundan tashqari
kommunistlar mahalliy aholining diniy rasm-msumlari va an‟analarini oyoq
osti qilib toptaydilar. Masjid va madrasalami yopib qo'yadilar.
Xotin-
qizlami paranji va chimmatlarini tashlashga majbur qiladilar. Barcha
aholining yer-mulki, chorva mollari va parrandalari xatlanib hisobga olinadi.
Madrasalar va qadim an‟anaviy maktablar yopib qo„yiladi.
Bunday
«inqilobiy» tadbirlaming tashabbuskorlari va ijrochilari Kompartiya a‟zolari
edilar. Albatta bu kabi noinsoniylik, dahriylik
va qonunsizliklardan xalq
ommasi g„azabga keladi. Xorazm xalqi bunday zulm va adolatsizliklarga
toqat qila olmay 1924-yil yanvar oyida Junaidxon
atrofida uyushadi va
Sho„ro hamda kommunistlar bedodligiga qarshi bosh ko„taradi. Xorazm
xalqining Sho„ro va Kommunistik partiya siyosatiga
qarshi nafrat his-
tuyg„usining mislsiz darajada kuchayganligining yana bir sababi Sho„ro qizil
askarlarining xalq ommasiga nisbatan amalga oshirgan beboshligi va qirgin -
barotligi boidi.
Do'stlaringiz bilan baham: