Yangi Konstitutsiyaga asosan davlatni boshqarish tizimida ham ba‟zi
bir o„zgarishlar yuz berdi. Oikada
amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va
sotsial sohadagi o„zgarishlami hisobga olib Butunxorazm Sho„rolarining IV
qurultoyi Xorazm Xalq Sho„ro Respublikasi o„zining «Yangi
sotsialistik
davri»ga kirdi, deb hisoblandi va davlatning nomini Xorazm Sho„ro
Sotsialistik Respublikasi, deb buyruq eion qildi
1
.
1923-
yil 22-oktabrda XShSRning qaroriga asosan XXShR
Nozirlari Kengashi vazifalarini XShSR MIQ xodimlari
bajarishi belgilandi
va bu ishni amalga oshirish uchun maxsus komissiya ham tashkil etildi
2
.
XShSR MIQ tarkibi 9 kishidan iborat boidi: Bular: Karim Sapaev
(MIQ raisi),
Ahmad Mahmudov, Matkarim Abdusalomov,
Qalandar
Odinayev, Dmitriy Bryuxanov,
Bekchon Nazarov, Seyli- xon Sarsonboyev,
X.Sa‟dullayev va Ali Mullayarovlar. Nozirlar
Kengashi raisi lavozimi
tugatildi, bu vazifani MIQ raisi bajaradigan boidi. MIQ a‟zolari ayni vaqtda
Nozirlik vazifalarini ham bajarish- lari belgilab qo'yildi. Ammo XShSR
MIQning a‟zolari o„zlariga yuklatilgan barcha vazifalami uddalay olmadilar.
Shu munosabat bilan nozirlar Kengashining
raisi lavozimi va barcha
Nozirliklar qaytadan tiklanib, nozirlar tayin etildi. Qaytadan ta‟sis
etilgan
nozirlar Kengashining raisi lavozimiga Sa‟dulla Tursunxo„jayev
3
tayin-
1
0‘zR. MDA, R-80-fond, 1-ro‘yxat, 4-ish, 45-varaq.
2
O'sha manba, 46-varaq.
3
Sa’dulla Tursunxo'jayev (1891-1940) 0‘zbekistonning davlat va Kompartiya arbobi.
Do'stlaringiz bilan baham: